JSST mamlakatlarni o‘limga sabab bo‘luvchi siroplarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
24 yanvar 2023, 15:50

JSST mamlakatlarni o‘limga sabab bo‘luvchi siroplarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni Gambiya, Indoneziya va O‘zbekistonda 300 dan ortiq bola o‘limiga sabab bo‘lgan siroplarga qarshi kurashishga chaqirdi. O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropidan kamida 20 nafar bola vafot etgan.

Paxta maydonlarini nasos bilan sug‘organlarga elektr xarajatlarining yarmi qoplab beriladi
24 yanvar 2023, 15:27

Paxta maydonlarini nasos bilan sug‘organlarga elektr xarajatlarining yarmi qoplab beriladi

O‘zbekistonda paxta yetishtirishni yaxshilash maqsadida mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlari yana 3 yilga uzaytirilishi mumkin. QQSni o‘z vaqtida to‘lamagan fermerlarning penyalari hisobdan chiqariladi. Qolaversa, paxta maydonlarini nasos bilan sug‘organlarga elektr xarajatlarining 50 foizi davlatdan qoplanadi.

Qirg‘izistonda aholi uchun elektr energiyasi narxi oshiriladi
24 yanvar 2023, 15:16

Qirg‘izistonda aholi uchun elektr energiyasi narxi oshiriladi

Qirg‘iziston aholisi uchun elektr energiyasi narxi 2023 yilning may oyidan boshlab 30 foizga oshadi, dedi prezident Sadir Japarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu bajarilmasa, mamlakat energetika sanoatini abadiy yo‘qotish xavfi bor.

Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi
24 yanvar 2023, 15:12

Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi
24 yanvar 2023, 12:47

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi

Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi
24 yanvar 2023, 12:26

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 26−27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Xorazmda mast haydovchi urib ketgan piyoda vafot etdi
24 yanvar 2023, 11:48

Xorazmda mast haydovchi urib ketgan piyoda vafot etdi

Yangibozor tumanida haydovchilik guvohnomasi yo‘q mast fuqaro Damas avtomobilini boshqarib ketayotganda piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab vafot etdi.

Bosh prokuratura akademiyasi binosi sotuvga qo‘yildi
24 yanvar 2023, 11:30

Bosh prokuratura akademiyasi binosi sotuvga qo‘yildi

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘m, bo‘nak puli (zakalat) esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi
24 yanvar 2023, 10:45

Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi

Qarshi shahrida Nexia-3 haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi. Yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. YTHni Kasbi tumanida yashovchi fuqaro sodir qilgani aniqlandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 345 so‘mgacha tushdi
24 yanvar 2023, 10:04

Banklarda dollarning sotish kursi 11 345 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 24-yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 365 so‘m.

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi
24 yanvar 2023, 09:50

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi

Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 yanvar 2023, 23:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddatining ma’lum qilingani, Xitoyda bir haftada qariyb 13 ming kishining koronavirusdan vafot etgani, Nursulton Nazarboyevning yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqqani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi
23 yanvar 2023, 23:17

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 1991 yilgacha qurilgan 31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalari hisobiga issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Yangi quriladigan uylarga energiya samaradorligi yuqori qurilish materiallari va jihozlaridan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi
23 yanvar 2023, 22:26

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari qayta ochildi, ammo nomsiz holda. Peshlavhalarda rus tilida yozilgan «Biz ochiqmiz» so‘zlaridagi «M» harfi esa sariq rangga bo‘yalgan bo‘lib, avvalgi logotipni eslatadi. Taomlar assortimenti va ta’mlari o‘zgarmagan.

Veolia toshkentliklarga sifatsiz isitish uchun to‘lovlarni o‘zi qayta hisoblab chiqadi
23 yanvar 2023, 22:11

Veolia toshkentliklarga sifatsiz isitish uchun to‘lovlarni o‘zi qayta hisoblab chiqadi

VeoliaToshkentda sifatsiz issiqlik ta’minoti uchun to‘lovni mustaqil ravishda qayta hisoblab chiqadi. Biroq agar isitish yoki issiq suv bilan bog‘liq muammolar uy ichidagi infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lsa, unda qayta hisoblash bo‘lmaydi, deya ogohlantirdi kompaniya.

«Davlatlar o‘rtasidagi statistik farqlar normal va tabiiy» — Statistika agentligi
23 yanvar 2023, 21:07

«Davlatlar o‘rtasidagi statistik farqlar normal va tabiiy» — Statistika agentligi

Statistika agentligi davlatlar o‘rtasidagi statistik ma’lumotlardagi tafovutlarni «normal va tabiiy» deb atadi. Bu tovar nomenklaturasi kodlarini belgilashga yondashuvlar bilan tovarlarning bojxona qiymatini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari va tovarlarni hisobga olish vaqtlaridagi farq bilan bog‘liq.

Toshkentda havoning ifloslanishi me’yordan oshmagan — O‘zgidromet
23 yanvar 2023, 18:20

Toshkentda havoning ifloslanishi me’yordan oshmagan — O‘zgidromet

O‘zgidromet ma’lum qilishicha, 23 yanvar ertalab Toshkentdagi hisoblagichlar havoning yuqori darajada ifloslanganini (jahon AQI reytingida 1-o‘rin) ko‘rsatdi. Zararli ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligi ruxsat etilgan chegaralardan oshmadi, deyiladi xabarda.

Alisher Usmonov nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi
23 yanvar 2023, 18:10

Alisher Usmonov nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi

Milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi byurosi a’zoligidan chiqishga ariza topshirdi. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, u «nafaqaga chiqqan va faol mehnat faoliyatini yakunlashga qaror qilgan».

O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha statistika o‘n millionlab dollarga farq qilmoqda
23 yanvar 2023, 17:51

O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha statistika o‘n millionlab dollarga farq qilmoqda

O‘zbekiston va Xitoyning gaz eksporti bo‘yicha ma’lumotlari 159,5 mln dollarga farq qilmoqda. Energetika vaziri Xitoy statistikada turkman gazining tranzitini hisobga olganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» hisoblab, hatto tranzitni qo‘shganda ham statistika keskin farq qilayotganini aniqladi.

31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi
23 yanvar 2023, 17:27

31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi

Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigidagi 31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting