Toshkent aeroporti chegarasi yaqinida quruq o‘tlar yondi. Yong‘in maydoni 300 kvadrat metrni tashkil etdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini (namunasini) tasdiqladi. Har bir tuman va shaharda ikkitadan ortiq uchastkada videotranslyatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Roodell kompaniyasi OAV vakillari va blogerlar uchun yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayviga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Yangi model o‘zgacha dizayn va texnologik jihatidan bir qancha ustunliklarga ega.
2022-yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining 47 foiziga viza berishdan bosh tortgan. AQSh elchisi Jonatan Xenik rad etishlar ko‘payganiga qaramay, rekord miqdorda viza berilayotganini ta’kidladi va AQShga Meksika orqali noqonuniy migratsiya urinishlariga izoh berdi.
Uzun tumanida fuqaro xonadonida noyob turdagi kiyik va uning bolasini saqlab kelayotgani aniqlandi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga topshirilib, ularning hududga qanday kelib qolgani o‘rganilmoqda.
Chirchiq shahridagi Deluxe hotel mehmonxonasida 23 yoshli yigit va 21 yoshli qiz vafot etdi.
Amerikaning First Republic Bank banki sobiq top-menejeri Hafize Erkan Turkiya tarixida Markaziy bank raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Erkan 2019-yildan beri bu lavozimga kelgan beshinchi odam hisoblanadi. Erdog‘anning bu qarori mamlakat pul-kredit siyosatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda. Bu prezidentlikka qaytishga urinayotgan Trampga nisbatan ikkinchi jinoiy ish hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev Milanda Lombardiya gubernatori bilan uchrashib, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini kengaytirish, Samarqandda investitsion forum o‘tkazish va hamkorlik dasturini tez fursatda tayyorlash kabi masalalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari — mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya bilan muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, ular Chirchiq shahridagi to‘qimachilik korxonasi va zirhli tank texnikalarini ta’mirlash zavodida bo‘ldi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenining shakli, matni va tavsifi tasdiqladi. Shuningdek, Toshkent shahrining tumanlari hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.
Ostona xalqaro forumida ishtirok etgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Markaziy Osiyoda hamkorlik yangi bosqichga o‘tganini qayd etdi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi kabi muammolarni sanab, hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Termiz shahri va Surxondaryoning qator tumanlarida chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Viloyat FVB shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 55 yoshli erkak 7 yoshli qizchaga uyatsiz harakatlar qilgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Nukus voqealariga oid ikkinchi sud jarayonidagi 28 nafar mahkumning apellyatsiya shikoyatlari bo‘yicha sud qarori 12-iyun kuni e’lon qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish 18-may kuni boshlangandi.
Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi. Tashkilot sudni “odil sudlov me’yorlariga javob bermagan” deb hisoblab, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi da’volari bo‘yicha samarali tergov o‘tkazilmaganini ta’kidlamoqda.
Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yonilg‘i quyish vaqtida Nexia avtomashinasida gaz balloni portlab ketdi. Yana ikkita mashina shikastlandi. Qurbonlar yo‘q.
Gruziyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova g‘olib bo‘ldi.
Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 21-iyundan Tehron va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting