Farg‘ona shahridagi turistik firma xodimi rahbarining ko‘rsatmasi asosida fuqarodan Hajga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollar olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand shahri “Shukrona” mahallasidagi hokim yordamchisi 1500 dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroga bankdagi tanishi orqali 150 mln so‘m miqdoridagi kredit olib bermoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat biroz pasayishi, kunduzi +33…+38 darajagacha tushishi mumkin. Ammo pasayish uzoq davom etmay, yangi hafta boshida +41…+42 darajagacha bo‘lgan qiymatlarga qaytadi.
Toshkentdagi yana 7 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi. May oyi boshidan beri 14 ta yo‘nalish yangi tizim bo‘yicha ishlay boshlagan. Yoz oxirigacha barcha yo‘nalishlarni brutto-shartnomalarga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tijorat banklari 9-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380−11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440−11 490 so‘m.
Ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Toshkent shahrining Chilonzor, Bektemir, Yashnobod (17:00 gacha) va Mirzo Ulug‘bek (12:00 gacha) tumanlarining ayrim joylarida elektr energiyasi bo‘lmaydi.
Shavkat Mirziyoyev Rimda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Syuy Dun’yuy bilan uchrashdi. Tomonlar 2030-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti va Italiya Vazirlar Kengashi raisi Rimda Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi. Muzokaralarda iqtisodiyot, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarella Rimdagi muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, gumanitar aloqalarni rivojlantirish, Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qildilar.
Toshkentda elektrobus ishtirokida bir hafta ichida uchinchi YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv mast holatdagi Lacetti haydovchisining aybi bilan ro‘y berdi.
May o‘rtalaridan Bishkekda, ayniqsa shahar cheti va janubiy qismida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashdi. Mavzelardan birida aholi norozilik namoyishi uyushtirdi. Meriya taqchillikni iste’mol hajmi ortgani hamda tomorqalarni sug‘orishda ichimlik suvidan foydalanilayotgani bilan bog‘ladi.
Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi unda qatnashayotgan tadbirkorlarning hujjatlari elektron platformaga xarid komissiyasi foydalangan kompyuter IP-manzili orqali yuklangani uchun bekor qilindi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyadagi mehnat muhojirlari soni bo‘yicha yetakchilar qatorida bormoqda. 2022-yilda mamlakatdagi mavsumiy ishchilarning qariyb chorak qismi Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondan kelgan.
“Yuksalish” umummilliy harakati ichki ishlar idoralarida qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqqanini e’lon qildi. Unda qiynoq holatlari yuzasidan IIV rahbariyati jamoatchilikka batafsil axborot berishi, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish isloh qilinishi kabi takliflar joy olgan.
O‘zbekistonda OIV kasalligi bilan bugungi kunda 48 mingdan ortiq shaxs yashab kelmoqda. So‘nggi 10 yillikda ko‘rsatkichlarda pasayish bo‘lsa-da, 2020-yildan buyon kasallikka chalinish soni ketma-ket oshib bormoqda.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari aprel oyidagi kabi may oyida ham kamaydi. Zaxiradagi oltin hajmi oy davomida 9,3 tonnaga pasaygan.
Toshkentdagi uchta tumanning bir qator aholi massivlari nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzilishi sabab suvsiz qoldi.
O‘zbekistonda 2-iyun kunining o‘zida 5 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi. To‘rt viloyatda ikki erkak va ikki ayol osilgan holda topilgan, yana bir erkak esa derazadan sakragan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 171-maktab hovlisidagi o‘nlab daraxtlar kesib tashlandi. Ekologiya vazirligi, shahar va tumanlar hokimliklari vaziyatni o‘rganmoqda. Xabar qilinishicha, daraxtlar maktab yonida joylashgan garaj xo‘jaligi vakili tomonidan kesib tashlangan.
Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelib, uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgan kollej o‘quvchisi va bog‘cha tarbiyachisi 1,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting