AQSh Kongressining Vakillar palatasi defoltga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat qarziga qo‘yilgan yuqori chegarani oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun 2025-yilning 1-yanvarigacha federal hukumatga qo‘yilgan chegaradan ko‘proq miqdorda qarz olish imkonini beradi.
Vohid Hamidov yaqinda tashkil etilgan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori bo‘ldi. Ilgari u AOKAning Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi va Avtotest Mirobod kompaniyasiga rahbarlik qilgan. U Novda Edutainment rahbari sifatida ham qayd etilgan.
O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etib, yillik inflyatsiya 10,4 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqatlar, nooziq-ovqatlar va xizmatlar bir xilda — 0,5 foizga qimmatlashdi.
Senat tomonidan ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yer uchastka egasi yoki uning oila a’zolariga mehnat staji hisoblanadi. Buning uchun ular tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida soliq to‘lab boriladi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha Norvegiya turnirining ikkinchi turida Aryan Tarini mag‘lub etib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Hindiston iyul oyida bo‘ladigan SHHT sammitini virtual formatda o‘tkazadi. Dastlab tadbir Nyu-Dehlida o‘tkazilishi kerak edi. The Hindu nashrining yozishicha, format o‘zgarishiga bir qator yetakchilarning vaqt jadvalidagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Havo isishi sababli yerusti temiryo‘llarining rels va po‘lat qismlarida harorat yuqorilashi mumkin. Bunday kunlarda Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishlarida harakat tezligi pasaytiriladi. Relslar harorati +60 daraja bo‘lganda, tezlik 40 km/soatdan, +65 darajada 25 km/soatdan oshmaydi.
2015-yildan buyon O‘zbekistonda yozgi havo harorati me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, bu yilgi iyun oyida harorat me’yordan 2−3 daraja issiq bo‘ladi. Ayrim kunlarda hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Antikorrupsiya agentligi tomonidan 2021-yil va 2022-yilning 5 oyi davomida 429,3 mlrd so‘mlik 5805 ta davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Metro vagonida tutqichni ushlab turgan qizga shilqimlik qilib, “prank” video olgan ikki blogerning har biriga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Anhor Lokomotiv bog‘ida TMZ xodimlari kasb bayrami “O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni nishonladi.
MHTI tadqiqotiga ko‘ra, uyda kir yuvish mashinalarining bo‘lishi iqtisodiy faol ayollar sonini oshiradi. Ekspertlar qurilma suv va energiya sarfini kamaytirish bilan birga, ayollarga haftasiga 4 soat vaqtini tejash imkonini berishini, bu vaqtni ular farzandlari uchun sarflashi mumkinligini bildirdi.
Jahon bankiga ko‘ra, 2022-yilda aholining 2,3 foizi yoki 845,3 ming kishi nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan. 60 yoshdan kattalarning 54 foizi nogironlikning ma’lum shakliga ega. Bunday shaxslar turli sohalarda qiyinchiliklarga uchramoqda, hukumat esa vaziyatni yaxshilashga urinyapti, deyiladi tadqiqotda.
“O‘zbekneftgaz”ga qarashli “UNG Petro” MJCHning 100 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi. Davaktiv agentligi mamlakatdagi eng yirik “zapravka”lar tarmog‘ini xususiylashtirishga konsultant jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qildi.
Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Endilikda ushbu munosabatlarni tartibga solish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakolatli organ bo‘lib, sohadagi faoliyatni muvofiqlashtiradi hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda sudga da’vo kiritadi.
Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi. O‘zbekiston tomonidan tashkiliy qo‘mita o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tadbirlar dasturi, kun tartibi, reglamenti va rejalarni muhokama qilish uchun Madridda tashkilot bosh kotibi bilan uchrashdi.
O‘zbekistonda yil oxirigacha maktabgacha va maktab ta’lim hududiy boshqarmalari rahbarlari uchun xorijiy maslahatchilar jalb etiladi.
O‘zbekistonning 11 nafar hunarmandi jahonga mashhur Homo Faber ma’lumotnomasiga kiritildi. U Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn platforma bo‘lib, Yevropa va undan tashqarida hunarmandchilikning zamonaviy rivojlanishi bilan bog‘liq tajribalarni taqdim etadi.
Vengriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida “Sevilya” jamoasi penaltilar seriyasidagi ustunlik evaziga 7-marta ushbu kubokka ega chiqdi. Ispan klubi bu bilan Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto).
Tijorat banklari 1-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 345 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 410 — 11 465 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting