Jahon tillari universitetining 0,5 gektar yeri davlat zaxirasiga qaytarildi
29 dekabr 2022, 17:30

Jahon tillari universitetining 0,5 gektar yeri davlat zaxirasiga qaytarildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga «sog‘lomlashtirish va dam olish maskani» qurilishi uchun ajratilgan 0,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyati tasarrufiga qaytarildi.

Bolalar o‘limi haqida xabar bergan Samarqand viloyati bolalar tibbiyot markazi bosh shifokori ishdan bo‘shatildi
29 dekabr 2022, 16:47

Bolalar o‘limi haqida xabar bergan Samarqand viloyati bolalar tibbiyot markazi bosh shifokori ishdan bo‘shatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, «Dok-1 Maks» siropini qabul qilib vafot etgan bolalar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan professor Mamatqul Azizov ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.

O‘zbekistonda yana ikkita OTM rahbari lavozimidan ozod etildi
29 dekabr 2022, 16:45

O‘zbekistonda yana ikkita OTM rahbari lavozimidan ozod etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Termiz davlat pedagogika instituti direktori Eshbolta Qobulov va Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Abduqahhor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etildi.

Viloyat va tuman XTBlarni yo‘q qilishni istayapman — Shavkat Mirziyoyev
29 dekabr 2022, 16:07

Viloyat va tuman XTBlarni yo‘q qilishni istayapman — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat va tuman XTBlarni tanqid qildi. «Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, o‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak?» — dedi prezident.

«Shanba-yakshanba kunlari nevaralarimning darslari bilan shug‘ullanaman» — Shavkat Mirziyoyev
29 dekabr 2022, 15:45

«Shanba-yakshanba kunlari nevaralarimning darslari bilan shug‘ullanaman» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Xalqaro kongress markazida boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan darsliklar taqdimoti bilan tanishgach, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari bolalarning ta’lim jarayonida ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirish kerakligini ta’kidlab, bunda o‘zini shaxsiy misol qilib ko‘rsatdi.

«Yangi darsliklarni shunday mukammal tayyorlash kerakki, keyinchalik bunga yana qaytmaylik» — prezident
29 dekabr 2022, 15:05

«Yangi darsliklarni shunday mukammal tayyorlash kerakki, keyinchalik bunga yana qaytmaylik» — prezident

Shavkat Mirziyoyev «Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» nomli zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Prezident darsliklarda milliy g‘oya, ajdodlar merosi ham bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizlik va nazorat reglamenti tasdiqlandi
29 dekabr 2022, 15:00

Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizlik va nazorat reglamenti tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan ta’lim muassasalari uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash, ularni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish, shuningdek, matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanish taqiqlanmoqda.

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi
29 dekabr 2022, 14:36

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.

Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochildi
29 dekabr 2022, 13:36

Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochildi

Hindistonda O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga aloqador «Dok-1 Maks» dori vositasini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi ish ochildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot berish so‘raldi.

O‘zbekistonda 2 ta OTM rektorlari lavozimidan ozod etildi
29 dekabr 2022, 12:57

O‘zbekistonda 2 ta OTM rektorlari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ketdi.

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
29 dekabr 2022, 12:44

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonning 14 ta hududida yangi darsliklar tajriba asosida o‘qitiladi
29 dekabr 2022, 12:31

O‘zbekistonning 14 ta hududida yangi darsliklar tajriba asosida o‘qitiladi

Boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar 1 yanvardan 14 ta hududda tajriba asosida o‘qitiladi. «Keyingi bosqichda 5−11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi prezident.

Toshkent shahrida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan gaz «zapravka»lari aniqlandi
29 dekabr 2022, 12:18

Toshkent shahrida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan gaz «zapravka»lari aniqlandi

Energetika vazirligi Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida noqonuniy faoliyat olib borayotgan gaz quyish shoxobchalarini aniqladi. Ulardan biri ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda, boshqa biri esa gaz hisoblagich parametrlarini o‘zgartirgan holda ish olib borgan.

Qashqadaryoda piyoda vafotiga sabab bo‘lgan YTHda haydovchi aybsiz deb topildi
29 dekabr 2022, 10:58

Qashqadaryoda piyoda vafotiga sabab bo‘lgan YTHda haydovchi aybsiz deb topildi

Qarshi tumanida Lacetti urib ketishi oqibatida voyaga yetmagan piyoda vafot etgan. Avtomomobil video kamerasidagi tasvir ko‘rib chiqilgandan so‘ng haydovchi aybsiz deb topilgan.

Qashqadaryoda «Dok-1 Maks» sabab yana bir bola vafot etdi
29 dekabr 2022, 10:48

Qashqadaryoda «Dok-1 Maks» sabab yana bir bola vafot etdi

Qashqadaryoda yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab vafot etdi. 1 yoshli bolaga sirop 5 kun davomida uyida ichirib turilgan.

31-dekabr kuni Toshkent metropoliteni bir soat ko‘proq ishlaydi
29 dekabr 2022, 10:19

31-dekabr kuni Toshkent metropoliteni bir soat ko‘proq ishlaydi

31-dekabr kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan bir soat ko‘proq ishlaydi. 1−2−3 yanvar kunlari soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Toshkentda vagon ustiga chiqqan 11 yoshli bolani 27 ming voltli tok urdi
29 dekabr 2022, 10:17

Toshkentda vagon ustiga chiqqan 11 yoshli bolani 27 ming voltli tok urdi

Toshkent shahrida 11 yoshli bola poyezd vagoni ustiga chiqqach, uni 27 ming voltli tok urdi. Oqibatda tanasining 80 foizi kuydi. Hozirda uning ahvoli stabil og‘ir deb baholanmoqda.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi ko‘tarildi
29 dekabr 2022, 09:43

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi ko‘tarildi

Tijorat banklari 29 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 120 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 250 so‘m.

Toshkentda 31-dekabr kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanadi
29 dekabr 2022, 09:21

Toshkentda 31-dekabr kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanadi

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 31-dekabr — Yangi yil bayrami kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2-yanvarda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3-yanvarda esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash IIVga o‘tkazilmoqda
28 dekabr 2022, 22:39

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash IIVga o‘tkazilmoqda

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ushbu litsenziya uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari miqdorida belgilanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting