Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin
21 sentabr 2022, 18:18

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin

Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.

Forbes ilk bor O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi
21 sentabr 2022, 18:17

Forbes ilk bor O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi

Forbes Russia tomonidan e’lon qilingan O‘zbekistondagi eng ishonchli 10 ta bank reytingida NBU, Ipoteka bank, Sanoat qurilish bank peshqadam bo‘lishdi.

O‘zbekiston YeI va Janubiy Koreyadan 40 tagacha poyezd xarid qilishi mumkin
21 sentabr 2022, 17:51

O‘zbekiston YeI va Janubiy Koreyadan 40 tagacha poyezd xarid qilishi mumkin

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi va 100 dan ortiq yangi yo‘lovchi vagonlarni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Tashkilot bu borada Alstom, Siemens, Ssoda va Hyundai kabi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.

Prezident kimyo zavodlaridagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
21 sentabr 2022, 16:57

Prezident kimyo zavodlaridagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda Kimyo zavodlarida ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi
21 sentabr 2022, 16:50

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolaridan ruxsat berilmagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘radi. Avvalroq «Vesna» harakati 21 sentabr kuni e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi norozilik namoyishi qilishga chaqirgandi.

Yangihayot tumanida 500 ming kishilik yangi shaharcha quriladi
21 sentabr 2022, 15:46

Yangihayot tumanida 500 ming kishilik yangi shaharcha quriladi

Toshkentning Yangihayot hamda Bektemir tumanlarining jami 1400 gektar maydonida yangi shaharcha bunyod etiladi, dedi Yangihayot hokimi Hayot Inog‘omov. Hozirda uning master rejasi ishlab chiqilmoqda. «Toshkent markaziga chiqmay, shu yerda ishlab, shu yerda yashasa bo‘ladi», — dedi hokim.

Qozog‘iston va boshqa davlatlar banklari “Мир” kartalariga xizmat ko‘rsatishni cheklamoqda
21 sentabr 2022, 15:29

Qozog‘iston va boshqa davlatlar banklari “Мир” kartalariga xizmat ko‘rsatishni cheklamoqda

Qozog‘iston, Armaniston, Turkiya va Vetnamdagi ayrim banklar AQSh Moliya vazirligining ikkilamchi sanksiyalar xavfi haqidagi ogohlantirishi ortidan Rossiyaning “Мир” to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni cheklamoqda. O‘zbekiston Markaziy banki hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Fuqarodan 8 ming dollar pora olgan ikki advokat ushlandi
21 sentabr 2022, 15:04

Fuqarodan 8 ming dollar pora olgan ikki advokat ushlandi

Fuqarodan ko‘rilayotgan jinoyat ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilgan advokatlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Qishloqlarda chet tillarini o‘rgatuvchi markazlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
21 sentabr 2022, 14:08

Qishloqlarda chet tillarini o‘rgatuvchi markazlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi. Talabgor subsidiya olish uchun elektron tartibda murojaat yo‘llaydi. Mazkur yangilik 1 oktabrdan amalga kiritiladi.

Toshkentda 7 qavatli turar-joy tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani aniqlandi
21 sentabr 2022, 12:38

Toshkentda 7 qavatli turar-joy tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani aniqlandi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida fuqarolar yetti qavatli uyning tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani yuzasidan norozilik bildirdi. Kompaniya mansarda qavat va tom qismiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritgan, shu bois tegishli da’vo arizasi sudga yuboriladi, deya ma’lum qildi Qurilish vazirligi.

Tijorat banklari 21-sentabr kungi dollar kursini yangiladi
21 sentabr 2022, 12:16

Tijorat banklari 21-sentabr kungi dollar kursini yangiladi

Markaziy bank 21-sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 950,46 so‘m etib belgiladi. Ushbu qiymatdan kelib chiqib tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.

Rossiyada qisman safarbarlik holati e’lon qilindi
21 sentabr 2022, 11:33

Rossiyada qisman safarbarlik holati e’lon qilindi

Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilindi, u 21 sentabrdan boshlanadi. Zaxirada turgan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar safarbarlikka jalb etiladi.

Sirdaryoda 4,5 gektar yerni $240 mingga sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi
21 sentabr 2022, 10:54

Sirdaryoda 4,5 gektar yerni $240 mingga sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyatida daryo qirg‘og‘idagi 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotishga uringan shaxslar kelishilgan pulning 13 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tadbirkorlarga xodimning homiladorlik nafaqasini davlat qanday to‘lab berishi tushuntirildi
21 sentabr 2022, 10:09

Tadbirkorlarga xodimning homiladorlik nafaqasini davlat qanday to‘lab berishi tushuntirildi

Hukumat qarori bilan xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lash tartibi belgilandi. Nafaqa farzand tug‘ilgunigacha 1 992 000 so‘mga yaqin miqdorda beriladi. Plastik karta orqali oyning 10-sanasigacha, naqd ko‘rinishda esa 27-sanasigacha taqdim etiladi.

FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
21 sentabr 2022, 09:57

FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

21 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Samarqand yo‘nalishidagi ilk havo kemasi kutib olinadi. Aviakompaniya tomonidan yangi yo‘nalishdagi parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi
21 sentabr 2022, 09:50

O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi

Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi.

«Yashil makon» millionlab daraxt ekishgina emas, balki to‘g‘ri joyga ekish va parvarish qilish hamdir — Matilda Dimovska
20 sentabr 2022, 22:58

«Yashil makon» millionlab daraxt ekishgina emas, balki to‘g‘ri joyga ekish va parvarish qilish hamdir — Matilda Dimovska

BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida «Yashil Makon» tashabbusi doirasida Orolbo‘yi va Surxondaryoni o‘rmonzorlashtirish, ularning qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish hamda O‘zbekiston shaharlarini ko‘kalamzorlashtirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasi boshlandi.

Rossiya armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklar uchun fuqarolikni olishni osonlashtiradi
20 sentabr 2022, 22:34

Rossiya armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklar uchun fuqarolikni olishni osonlashtiradi

Rossiya Davlat Dumasi RF armiyasida shartnoma bo‘yicha xizmat qiladigan chet elliklar mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkinligi to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Moskvadagi «Saxarova» migratsiya markazida xorijliklarni harbiy xizmatga qabul qilish uchun infratuzilma yaratiladi.

20 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 sentabr 2022, 22:00

20 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Onlayn maktab shahodatnomasi, Toshkent xalqaro aeroportida ishga tushgan MIB bo‘limi, tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni ikki davlat prezidentlari bilan muhokama qilgan Shavkat Mirziyoyev, AQSh kelishuv evaziga O‘zbekistonga afg‘on samolyotlarini berishi mumkinligi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Rossiya qonunchiligiga «safarbarlik» tushunchasi kiritilmoqda
20 sentabr 2022, 21:36

Rossiya qonunchiligiga «safarbarlik» tushunchasi kiritilmoqda

Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmatga qarshi jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Unga ko‘ra, xizmat davri safarbarlik yoki harbiy holat hisoblanib, bunda buyruqlarni bajarmaganlik, dezertirlik va xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting