Nemolchi.uz loyihasi muallifi unga qilingan tahdidlar sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etdi
3 may 2023, 14:40

Nemolchi.uz loyihasi muallifi unga qilingan tahdidlar sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etdi

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko unga noma’lum shaxslar o‘lim bilan tahdid qilgani sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etganini ma’lum qildi. U bu haqda huquq-tartibot idoralariga ham ariza bilan murojaat yo‘llagan.

Senat tadbirkorlar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
3 may 2023, 14:31

Senat tadbirkorlar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilashni ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

O‘zbekistonda daraxtlarni raqamlashtirish loyihasi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda
3 may 2023, 14:20

O‘zbekistonda daraxtlarni raqamlashtirish loyihasi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda daraxtlarni raqamli inventarizatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Loyiha 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Tabiat resurslari vazirligi sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni tahlil qilib, mamlakatning “Yashil indeks”ini aniqlamoqchi. Hozir Sirdaryo viloyatida sinov ishlari ketmoqda.

Elektromobillarning uzluksiz harakatlanishi uchun TOK BOR infratuzilma yaratishni rejalashtirmoqda
3 may 2023, 13:00

Elektromobillarning uzluksiz harakatlanishi uchun TOK BOR infratuzilma yaratishni rejalashtirmoqda

TOK BOR tarmoqni rivojlantirish va O‘zbekistonning yirik shaharlari va chekka burchaklarini tez quvvatlantirish stansiyalari bilan jihozlashning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi.

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li ochganlarga sud hukmi o‘qildi
3 may 2023, 12:37

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li ochganlarga sud hukmi o‘qildi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida maxfiy yo‘l ochgan farg‘onalik shaxs va yana 5 kishiga sud hukmi o‘qildi. Yo‘l orqali Qirg‘izistonda noqonuniy tovarlar, O‘zbekistondan esa xorijiy valyutalar o‘tkazib turilgan. Sud hukmi bilan 3 nafar ayblanuvchi 6−7 yilga qamaldi, yana 3 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi
3 may 2023, 11:59

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga 1,5 yoshli bolasi bilan o‘zini tashlagan ayolni PPX xodimlari qutqarib qoldi. Ushbu harakatga “og‘ir hayotiy vaziyat” sabab bo‘lgan. 20 yoshli ayol ishidan afsusdaligi va ularni qutqarganlardan minnatdor ekanini aytdi. Bola vaqtincha mehribonlik uyiga topshirildi.

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin
3 may 2023, 11:58

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin

Senat endilikda daraxtlar va butalarni shikastlantirganlar va bu borada loyihalar tayyorlaganlarni ham javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi
3 may 2023, 11:42

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash uchun 200 mln yevro ajratadi. Mablag‘lar Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz shaharlarining suv tizimini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Endi garovga qo‘yuvchining iltimosi bilan mol-mulkni auksionga qo‘yish kechiktirilmaydi
3 may 2023, 11:33

Endi garovga qo‘yuvchining iltimosi bilan mol-mulkni auksionga qo‘yish kechiktirilmaydi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan undiruv qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo‘yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi
3 may 2023, 10:53

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi

Rassom Inkuzart Orol dengizining qurigan qismida diametri 100 m bo‘lgan tinchlik ramzini chizib, o‘sha yerga ming tupdan ortiq saksovul ko‘chatlarini o‘tqazdi. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u buning uchun hech kimdan moddiy yordam so‘ramagani va loyiha uchun avvaldan pul yig‘ib yurganini aytdi.

Jizzaxda soxta Green Card tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs 9 yilga qamaldi
3 may 2023, 10:35

Jizzaxda soxta Green Card tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs 9 yilga qamaldi

Jizzax viloyatida 3 nafar shaxs soxta Green Card hujjatlarini tayyorlab, 103 kishining 2 mlrd 597 mln so‘mini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Ularning biri 9 yilga qamaldi, 2 nafariga qidiruv e’lon qilindi.

Qashqadaryoda “Jiguli” haydovchisi bilan birga yonib ketdi
3 may 2023, 10:27

Qashqadaryoda “Jiguli” haydovchisi bilan birga yonib ketdi

Qarshi tumanida “Jiguli” yonib ketdi. Haydovchi o‘rindig‘ida 22 yoshli yigitning jasadi borligi aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha ekspertizalar tayinlandi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana oshdi
3 may 2023, 10:18

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana oshdi

Tijorat banklari 3-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 425 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 495 so‘m.

Toshkentda 3-may kuni kuchli ultrabinafsha nurlanish kuzatilishi mumkin
3 may 2023, 10:04

Toshkentda 3-may kuni kuchli ultrabinafsha nurlanish kuzatilishi mumkin

3-may kuni Toshkent shahrida quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 balli shkalada 10 ball bo‘lishi kutilmoqda. Nurlanish qoq tush payti maksimal darajaga yaqinlashadi. SSV soat 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik va boshqa tavsiyalarni berdi.

Mirziyoyev Erdog‘anga prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi
3 may 2023, 09:34

Mirziyoyev Erdog‘anga prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda unga bo‘lajak saylovda muvaffaqiyat tiladi. Erdog‘an ham O‘zbekiston rahbarini umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi
3 may 2023, 09:26

AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi

AQSh elchisi Jonatan Henik “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabriklash maqsadida jurnal tahririyatida bo‘ldi. U “Mushtum”ning muxlisi ekanini va elchixona jurnalga obuna bo‘lganini aytgan. “Elchining tashrifidan boshimiz osmonga yetdi”, — dedi jurnal bosh muharriri Nosirjon Toshmatov.

Shavkat Mirziyoyev Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi
3 may 2023, 08:05

Shavkat Mirziyoyev Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Berlinda Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tashrif davomida turli sohalarga oid 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
2 may 2023, 23:56

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Toshloq tumanida qiziga ota-onasi bilan maktabga kelishini talab qilgani uchun sinfxonada pedagogni haqoratlab, kaltaklagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayol qilmishi uchun uzr so‘ramagan va endilikda 6 mln so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

“Surxon” qo‘riqxonasidan noyob Buxoro tog‘ qo‘yini olib ketishga uringan brakonerlar ushlandi
2 may 2023, 23:08

“Surxon” qo‘riqxonasidan noyob Buxoro tog‘ qo‘yini olib ketishga uringan brakonerlar ushlandi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini noqonuniy olib ketishga uringan ikki erkak ushlandi. Tezkor reyd tadbiri davomida qo‘lga olingan huquqbuzarlar Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida istiqomat qilishi aniqlandi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, lekin plyuralizm bo‘lmadi”. YeXHT DIIHB — referendum jarayoni haqida
2 may 2023, 23:06

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, lekin plyuralizm bo‘lmadi”. YeXHT DIIHB — referendum jarayoni haqida

O‘zbekistonda referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, biroq kampaniyada plyuralizm bo‘lmadi, deya ma’lum qildi YeXHT DIIHB monitoring missiyasi. Missiyaning dastlabki hisobotida aytilishicha, OAV saylovchilarga “xolis, muvozanatli va tanqidiy ma’lumot” yetkazib bera olmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting