O‘zbekiston yengil atletikachilari U-18 Osiyo chempionatida 12 ta medal oldi
1 may 2023, 16:05

O‘zbekiston yengil atletikachilari U-18 Osiyo chempionatida 12 ta medal oldi

Toshkentda yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta — 3 oltin, 3 kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston BMTning Rossiya tajovuzkorligi qayd etilgan rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi
1 may 2023, 15:42

O‘zbekiston BMTning Rossiya tajovuzkorligi qayd etilgan rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi

BMT Bosh assambleyasining Yevropa kengashi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya 122 ta ovoz bilan qabul qilindi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi tilga olingan. Qozog‘iston, Xitoy va Turkiya rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf qoldi.

Murad Buildings biznes toifasidagi Regnum Plaza majmuasida sotuv boshlanganini e’lon qildi
1 may 2023, 15:00

Murad Buildings biznes toifasidagi Regnum Plaza majmuasida sotuv boshlanganini e’lon qildi

Regnum Plaza, Murad Buildings`dan yangi turar-joy majmuasining hududida katta sport va bolalar maydonchasi, alohida bolalar xonasi, choyxona va boshqalar mavjuddir.

O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi
1 may 2023, 14:53

O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi

Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi. Mahsulotlar orasida pomidor narxi 21,3 foizga, guruch 14,1 foizga, sabzi 13,2 foizga va shakar 10,5 foizga oshdi.

Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
1 may 2023, 13:05

Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 18 va 23 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Paralimpiyachilar esa uchinchi o‘rinni qayd etdi.

Prezident davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
1 may 2023, 12:30

Prezident davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident imzolagan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilandi. Uni samarali boshqarish uchun 3 yillik strategiya tasdiqlanadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga, davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga (YAIMga nisbatan 36,4 foiz) yetgan.

O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayib boradi
1 may 2023, 11:42

O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayib boradi

1−5-may kunlari Qozog‘istondan O‘zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi hisobiga harorat biroz pasayadi. Kunduzi harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘lib, ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi
1 may 2023, 11:39

Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda saylovchilarning 84,54 foizi ishtirok etdi, dedi MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni yoqlab saylovchilarning 90,21 foizi ovoz berdi, 9,35 foizi qarshi chiqdi.

1-maydan BHM 330 ming so‘m etib belgilandi
1 may 2023, 11:29

1-maydan BHM 330 ming so‘m etib belgilandi

O‘zbekistonda 1-maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.

MSK referendum urnasiga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani aks etgan videoga izoh berdi
1 may 2023, 11:22

MSK referendum urnasiga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani aks etgan videoga izoh berdi

Toshkent shahridagi 649-referendum uchastkasidan olingan videolarda urnaga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani e’tiborni tortdi. Markaziy saylov komissiyasi bu muddatidan oldin ovoz berishdan olingan byulletenlarni qo‘shishning standart tartibi ekanini ma’lum qildi.

Foto: Referendumga borgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar
1 may 2023, 11:07

Foto: Referendumga borgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar

O‘zbekistonda 30-aprel kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz” ovoz berish jarayonida qatnashgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar suratlarini jamladi.

Toshkentda komissiya a’zosining 16 ta byulletenga belgi qo‘yish holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda — BP
1 may 2023, 10:53

Toshkentda komissiya a’zosining 16 ta byulletenga belgi qo‘yish holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda — BP

Toshkentdagi 772-saylov uchastkasida referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket 16 byulletenni to‘ldirib, “Ha” katagiga belgi qo‘ygani holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda.

Qashqadaryodagi ikki YTH oqibatida olti kishi vafot etdi
1 may 2023, 09:31

Qashqadaryodagi ikki YTH oqibatida olti kishi vafot etdi

Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida 13 kun ichida ikki YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 nafar shaxs vafot etdi.

Oliy ta’lim vazirligi talabalarni saylov huquqlari buzilgani haqida xabar berishga chaqirdi
30 aprel 2023, 20:58

Oliy ta’lim vazirligi talabalarni saylov huquqlari buzilgani haqida xabar berishga chaqirdi

Oliy ta’lim vazirligi universitetlar ma’muriyatlari talabalarni referendumda ovoz berishga majburlayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik talabalarni huquqlari buzilgan taqdirda, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.

16 ta byulletenni to‘ldirgan ayol buni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirgan — MSK
30 aprel 2023, 20:38

16 ta byulletenni to‘ldirgan ayol buni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirgan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket bir nechta saylov byulletenining “Ha” katakchasiga belgi qo‘ygani aks etgan videoga munosabat bildirdi. MSKning ma’lum qilishicha, u o‘zboshimchalik bilan 16 ta byulletenni oila a’zolari nomidan to‘ldirgan. Tergovga prokuratura jalb qilingan.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirma bekor qilinmaydi
30 aprel 2023, 18:48

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirma bekor qilinmaydi

Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

Referendum: Soat 17:00 holatiga ovoz berganlar ulushi 81,39 foizga yetdi
30 aprel 2023, 18:38

Referendum: Soat 17:00 holatiga ovoz berganlar ulushi 81,39 foizga yetdi

Referendumda ovoz berganlar ulushi 17:00 holatiga 81,39 foizga yetdi, deya ma’lum qildi MSK vakili Bahrom Qo‘chqorov. U ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan qonun buzilishi holatlari borligini tan oldi, ayni vaqtda qonunbuzarliklar haqidagi xabarlar orasida haqiqatga zidlari ham borligini aytdi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatiladi
30 aprel 2023, 16:42

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatiladi

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tomonidan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan boshlab to‘xtatildi. Aksiya davomida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘mdan sotildi.

Referendum uchun ro‘yxatga olingan o‘zbekistonliklarning 73,17 foizi ovoz berib bo‘ldi
30 aprel 2023, 16:26

Referendum uchun ro‘yxatga olingan o‘zbekistonliklarning 73,17 foizi ovoz berib bo‘ldi

Eng yuqori faollik Sirdaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilmoqda — soat 15:00 holatiga qariyb 80 foiz fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Vladivostok, Tokio, Seul, Kvangjuda ovoz berish yakuniga yetdi. MSK internetda berilayotgan qonun buzilishi holatlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Bosh prokuratura referendumdagi qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishni so‘radi
30 aprel 2023, 15:59

Bosh prokuratura referendumdagi qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishni so‘radi

O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Shohrux Aminov jurnalistlar va kuzatuvchilarni ehtimoliy qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishga chaqirib, aynan qanday holatlar qonun buzilishi deb hisoblanishini eslatib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting