350 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi oshiriladi
20 sentabr 2022, 10:57

350 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi oshiriladi

1 yanvardan boshlab pensiyani hisoblash uchun foydalaniladigan maksimal o‘rtacha oylik ish haqi miqdori oshiriladi. Jami 352 ming fuqaroning pensiya miqdori qayta hisoblab chiqiladi.

Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil aprelidan beri eng past darajaga tushdi
20 sentabr 2022, 10:49

Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil aprelidan beri eng past darajaga tushdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari avgust oyida ham kamayishda davom etib 34,08 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Zaxiralar ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2021 yil apreldan beri eng past darajaga yetdi.

Toshkent xalqaro aeroportida MIB bo‘limi tashkil etildi
20 sentabr 2022, 10:44

Toshkent xalqaro aeroportida MIB bo‘limi tashkil etildi

Toshkent xalqaro aeroportida Majburiy ijro byurosining xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etildi. Bo‘limda yo‘lovchilar xorijga chiqishini cheklaydigan qarz bor yoki yo‘qligini tekshirtirishi mumkin. Qarz to‘langandan so‘ng, xodim taqiqni olib tashlaydi.

Surxondaryodagi fermer xo‘jaligida 17 tup archa va ko‘kterak kesib tashlandi
20 sentabr 2022, 10:35

Surxondaryodagi fermer xo‘jaligida 17 tup archa va ko‘kterak kesib tashlandi

Boysun tumanidagi fermer xo‘jaligiga biriktirilgan tog‘li hududda 10 tup Zarafshon archa, 7 tup ko‘k terak daraxtlari tag qismidan kesilganligi aniqlandi. Buning ortidan o‘simlik dunyosiga 105 mln so‘m zarar yetkazilgan. Uni fermer xo‘jaligi qoplaydigan bo‘ldi. Shuningdek, ish bo‘yicha hujjatlar sudga oshirildi.

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» tranzit yo‘nalishi bo‘ylab birinchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
20 sentabr 2022, 10:32

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» tranzit yo‘nalishi bo‘ylab birinchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» multimodal yo‘lagini rivojlantirish maqsadida «Qashg‘ar-O‘sh-Andijon-G‘alaba-Hayraton» yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab yuk poyezdini sinov o‘tkazish boshlandi. Yuk tarkibiga oziq-ovqat, maishiy texnika va xo‘jalik mollari kiradi.

Navoiyda 2,2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20 sentabr 2022, 09:24

Navoiyda 2,2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Navoiy viloyatida bir guruh shaxslar issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,2 gektar yerni 200 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda. Gumondorlar kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

19 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 sentabr 2022, 22:00

19 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Poytaxtni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja, Qashqadaryo hokimiga turizm sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan bergan prezident, Toshkentda rashk sabab talaba qizni «samosud» qilgan ayol, Shavkat Mirziyoyevning transport sohasidagi ishlar sustligi haqida gapirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisini ogohlantirdi
19 sentabr 2022, 19:29

Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisini ogohlantirdi

Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi Husnutdin Hosilovni 3 oyda tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirdi. Mutasaddilarga vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirdi.

Prezident turizm bo‘yicha 1 trlnlik kreditlar tadbirkorlarga yetib bormagani uchun MBni tanqid qildi
19 sentabr 2022, 19:27

Prezident turizm bo‘yicha 1 trlnlik kreditlar tadbirkorlarga yetib bormagani uchun MBni tanqid qildi

Prezident MBga berilgan 1 trln so‘mlik kredit resurslarini ajratish, yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha $100 mln xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish topshirig‘i bo‘yicha mablag‘lar tadbirkorlarga yetib bormaganini tanqid qildi. Pul banklarga joylanmasa, MB rahbariyatiga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi.

Buxoroda ziyorat turizmi obyektlarini yaxshilash uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi
19 sentabr 2022, 19:20

Buxoroda ziyorat turizmi obyektlarini yaxshilash uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident Buxoroda ziyorat turizmi obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetga 40 mlrd so‘m ajratish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Indoneziya, Malayziya, Hindiston va arab davlatlaridan aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Xakerlar Asakabank`dan $700 ming o‘g‘riladi
19 sentabr 2022, 19:10

Xakerlar Asakabank`dan $700 ming o‘g‘riladi

Ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar Asakabank hisob raqamidan 700 ming dollar o‘g‘rilagani haqida xabarlar tarqaldi. Bank matbuot xizmati holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazilgani, hodisa mijozlar jamg‘armalariga ta’sir ko‘rsatmasligini qayd etdi.

“Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi O‘zbekistonning sakkizta shahrida bo‘lib o‘tadi
19 sentabr 2022, 19:00

“Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi O‘zbekistonning sakkizta shahrida bo‘lib o‘tadi

26 sentabrdan 24 oktabrgacha O‘zbekistonning sakkizta shahrida “Ta'lim va kasb-2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar to‘gridan to‘gri universitet xodimlaridan dolzarb ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston «ArMI-2022» o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi
19 sentabr 2022, 18:41

O‘zbekiston «ArMI-2022» o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

Mudofaa vazirligi 2022 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallagan milliy terma jamoa harbiylarini taqdirladi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

«O‘zbekneftgaz» o‘z korxonalari ehtiyojlari uchun ochiq taqdimot o‘tkazdi
19 sentabr 2022, 18:36

«O‘zbekneftgaz» o‘z korxonalari ehtiyojlari uchun ochiq taqdimot o‘tkazdi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi burg‘ilash, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining 2023 yil uchun ehtiyojlari ochiq taqdimotini o‘tkazdi. Kompaniya xarid portfeliga ko‘ra, 2023 yilda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi xo‘jalik faoliyati uchun umumiy ehtiyojlar qariyb 3,6 trnl so‘mni tashkil etadi.

«Transport vaziri uyg‘onadigan vaqt keldi». Prezident — transport sohasidagi ishlar sustligi haqida
19 sentabr 2022, 17:48

«Transport vaziri uyg‘onadigan vaqt keldi». Prezident — transport sohasidagi ishlar sustligi haqida

Shavkat Mirziyoyev transport vazirligiga Samarqand aeroportida aviareyslar va yo‘nalishlarga bo‘lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini barcha davlatlarning aviatsiyaga mas’ul idoralariga yetkazishni buyurdi. Shuningdek, vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan kuniga kamida 1 ta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.

Toshkentda ayol rashk sabab talaba qizni «samosud» qildi
19 sentabr 2022, 17:06

Toshkentda ayol rashk sabab talaba qizni «samosud» qildi

Toshkentda ayol rashk sabab Pedagogika universiteti talabasini «samosud» qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliygoh matbuot xizmatiga ko‘ra, holat talabaga ham tushunarsiz bo‘lgan. Qiz voqea yuzasidan IIOga ariza yo‘llagan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Prezident Qashqadaryo hokimiga turizm sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan berdi
19 sentabr 2022, 16:56

Prezident Qashqadaryo hokimiga turizm sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan berdi

Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirishda ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga hayfsan berdi. Shuningdek, 14 ta tuman hokimini bugun ishdan olib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati berilishini aytdi.

Qamchiqda ag‘darilib ketgan yuk mashinani FVV xodimlari qutqarib qoldi
19 sentabr 2022, 16:45

Qamchiqda ag‘darilib ketgan yuk mashinani FVV xodimlari qutqarib qoldi

Dushanba kuni «Qamchiq» dovonida sigareta chekib harakatlangan Volvo yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa urilishi oqibatida mashina ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Andijon va Farg‘onada psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘yildi
19 sentabr 2022, 16:35

Andijon va Farg‘onada psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Andijonda IIB bilan hamkorlikda 994 dona «Lirika» hamda umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari, Farg‘onada esa DXX tomonidan 240 dona «Tropikamid» psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
19 sentabr 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,60 so‘mga qimmatlab, 10 979,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting