Markaziy saylov komissiyasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarda katta o‘zgarishlar bo‘lmadi. Saylovda ishtirok etganlar ko‘rsatkichi — 84,5%. Asosiy qonunni o‘zgartirishni saylovchilarning 90,2 foizi yoqladi, 9,35 foizi qarshi ovoz berdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarmoqlarda hajga jo‘natishga oid asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan turfirmalardan ogohlantirdi. Bu vazifa qo‘mita va Musulmonlar idorasi zimmasiga yuklangani eslatildi. Noqonuniy safarlar uchun Saudiya Arabistonidan deport qilish va 10 yilga kirishni taqiqlash jazosi ko‘zda tutilgan.
Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonida qonunbuzarlik kuzatilgan Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan 3 ta referendum uchastkasidagi ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi.
Toshkentda yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta — 3 oltin, 3 kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
BMT Bosh assambleyasining Yevropa kengashi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya 122 ta ovoz bilan qabul qilindi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi tilga olingan. Qozog‘iston, Xitoy va Turkiya rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf qoldi.
Regnum Plaza, Murad Buildings`dan yangi turar-joy majmuasining hududida katta sport va bolalar maydonchasi, alohida bolalar xonasi, choyxona va boshqalar mavjuddir.
Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi. Mahsulotlar orasida pomidor narxi 21,3 foizga, guruch 14,1 foizga, sabzi 13,2 foizga va shakar 10,5 foizga oshdi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 18 va 23 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Paralimpiyachilar esa uchinchi o‘rinni qayd etdi.
Prezident imzolagan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilandi. Uni samarali boshqarish uchun 3 yillik strategiya tasdiqlanadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga, davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga (YAIMga nisbatan 36,4 foiz) yetgan.
1−5-may kunlari Qozog‘istondan O‘zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi hisobiga harorat biroz pasayadi. Kunduzi harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘lib, ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda saylovchilarning 84,54 foizi ishtirok etdi, dedi MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni yoqlab saylovchilarning 90,21 foizi ovoz berdi, 9,35 foizi qarshi chiqdi.
O‘zbekistonda 1-maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.
Toshkent shahridagi 649-referendum uchastkasidan olingan videolarda urnaga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani e’tiborni tortdi. Markaziy saylov komissiyasi bu muddatidan oldin ovoz berishdan olingan byulletenlarni qo‘shishning standart tartibi ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 30-aprel kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz” ovoz berish jarayonida qatnashgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar suratlarini jamladi.
Toshkentdagi 772-saylov uchastkasida referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket 16 byulletenni to‘ldirib, “Ha” katagiga belgi qo‘ygani holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda.
Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida 13 kun ichida ikki YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 nafar shaxs vafot etdi.
Oliy ta’lim vazirligi universitetlar ma’muriyatlari talabalarni referendumda ovoz berishga majburlayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik talabalarni huquqlari buzilgan taqdirda, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.
Markaziy saylov komissiyasi uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket bir nechta saylov byulletenining “Ha” katakchasiga belgi qo‘ygani aks etgan videoga munosabat bildirdi. MSKning ma’lum qilishicha, u o‘zboshimchalik bilan 16 ta byulletenni oila a’zolari nomidan to‘ldirgan. Tergovga prokuratura jalb qilingan.
Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
Referendumda ovoz berganlar ulushi 17:00 holatiga 81,39 foizga yetdi, deya ma’lum qildi MSK vakili Bahrom Qo‘chqorov. U ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan qonun buzilishi holatlari borligini tan oldi, ayni vaqtda qonunbuzarliklar haqidagi xabarlar orasida haqiqatga zidlari ham borligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting