Akramjon Abduxamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yashnobod tumanida tunda 19 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Cobalt ag‘darilib, yonib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. YTH oqibatida u shifoxonaga yotqizildi.
Buxoro shahrida yashovchi ayol bir guruh shaxslar bilan birga 42 nafar Nepal fuqarosining 124,5 ming dollarini olib, aldab ketgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tijorat banklari 2-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 350 — 11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 475 so‘m.
O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati jinoyatlarda gumonlanib qo‘lga olingan ikki fuqaro qiynoqqa solingani haqida post e’lon qildi. IIV xabarga munosabat bildirdi.
Seshanba kuni ertalab Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzilaning ta’siri O‘zbekistonning Yangiqo‘rg‘on (2−3 ball) va Kosonsoy (2 ball) tumanlarida ham sezildi.
Toshkent shahrida avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan haydovchi, shuningdek, bir qator avtobus saroylari rahbar xodimlari ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Bunga ularning transport vositalari ish tartibini to‘g‘ri tashkil etmagani kabi sabablar asos bo‘ldi.
Jarimalarga chegirmalar taqdim etiladi, BHM oshiriladi, ayrim shaxslarga barcha xududlarda imtiyozli transport kartalari beriladi, ba’zi qurilish materiallari bojxona bojidan ozod qilinadi, dori narxlari ustidan monitoring o‘rnatiladi — 1-maydan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi. “Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga intilaman”, — deydi diplomat.
Toshkent shahrida 1-maydan 4-avgustgacha issiq suv ta’minoti o‘chirilmagan holda isitish tarmoqlarining gidravlik sinovlari o‘tkaziladi. Fuqarolar sinovlar davomida issiq suv yo‘l va yo‘laklarga chiqishi hamda quvurlarning shikastlanishi mumkinligidan ogohlantirildi.
Davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzolagan prezident, 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya, uni yoqlagan 90,21 foiz referendum qatnashchilari, daraxtga urilib qoplamasi chiqib ketgan yani “garmoshka” avtobuslar, may oyidan 330 ming so‘m bo‘lgan BHM va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri 1-maydan kuchga kirdi. U 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat bo‘ladi.
Toshkentda Yengil atletika bo‘yicha tashkil etilgan yoshlar o‘rtasidagi V Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston jamoasi hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallab, 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Yashnobod tumanida 21 yoshli Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda boshqa avtomobillarning yo‘lovchini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turganini ko‘rish mumkin.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jamoat transportiga ajratilgan yo‘lda harakatlangan 2 yangi “gormoshka” avtobusining gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi daraxtga urilib, qo‘porilib tushdi. “Toshshahartransxizmat” obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, kamchilikni bartaraf etganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilishi, ya’ni keshbek olish Islom diniga zidligi borasida video tarqalgandi. Fatvo markazi bunday xulosani rad etib, ulardan foydalanish mumkinligini bildirdi.
Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi. Unda tadbirkorlarning pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlash, xodimlarni kasbiy xavf-xatardan himoya qilish hamda Tojikiston bilan havo hududi va aerodromlardan foydalanish bitimi to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Markaziy saylov komissiyasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarda katta o‘zgarishlar bo‘lmadi. Saylovda ishtirok etganlar ko‘rsatkichi — 84,5%. Asosiy qonunni o‘zgartirishni saylovchilarning 90,2 foizi yoqladi, 9,35 foizi qarshi ovoz berdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarmoqlarda hajga jo‘natishga oid asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan turfirmalardan ogohlantirdi. Bu vazifa qo‘mita va Musulmonlar idorasi zimmasiga yuklangani eslatildi. Noqonuniy safarlar uchun Saudiya Arabistonidan deport qilish va 10 yilga kirishni taqiqlash jazosi ko‘zda tutilgan.
Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonida qonunbuzarlik kuzatilgan Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan 3 ta referendum uchastkasidagi ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting