Click Ramazon hayitida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ixtiyoriy ehsonlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.
Toshkent shahar IIBB 17 yoshli o‘quvchi qizga hujum qilgan erkak qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxs Samarqand viloyatida yashovchi 26 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Markaziy Osiyo — Xitoy” tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlarning birinchi yig‘ilishida 2023-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Xitoy hududlari rahbarlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.
Endi “Turonbank” orqali faqat pasport evaziga birlamchi va ikkilamchi bozordan istalgan avto, shuningdek elektromobillar uchun ham kredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlarni olish qobiliyatini aniqlash uchun esa bankka kelish shart emas, MyTuron mobil ilovasi orqali onlayn aniqlasangiz bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak ko‘chada ketayotgan o‘quvchi qizga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, hodisa Toshkent shahrining Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Erkakning shaxsi aniqlanmoqda.
YeIning inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Eymon Gilmor O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurib, adliya, ichki ishlar vazirlari va bosh prokuror, shuningdek, mamlakat prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. “Gazeta.uz” undan tashrif maqsadi va O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvolini qanday baholashini so‘radi.
21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi (ro‘yxat).
Toshkentda Nukus voqealari bo‘yicha birinchi sud jarayonida qatnashgan 22 nafar mahkumdan 16 nafarining apellatsiya ishi ko‘rib chiqiladi.
Poytaxtda “Daraxtlarni asraylik” shiori ostida ekoaksiyaga start berildi. Unda daraxtlar beton, asfalt va sun’iy qoplamalardan tozalanadi. Aksiya dastlab Olmazor tumanida, so‘ng bir oy ichida boshqa barcha hududlarda o‘tkaziladi. Keyinchalik uni butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda 20−24-aprel kunlari havo harorati iliq bo‘ladi. Mamlakat bo‘ylab quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Barcha viloyatlarda haroratning ko‘tarilishi davom etadi.
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi. 2025-yil 1-yanvardan u 500 milliard so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari 21−24-aprel kunlari ham uzluksiz ishlaydi. Mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga 10 kun qoldi. Shaharlarda fuqarolarni saylov uchastkalariga borishga undaydigan targ‘ibotlar tobora ko‘payib bormoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Toshkentdagi reklamalar va shaharning “sog‘lom fuqaro yakshanbasi”ga tayyorlanayotganini suratga oldi.
Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar 4 kun — 21−24-aprel kunlari dam oladigan bo‘ldi. 24-aprel ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 29-aprel 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga 20 dan 23-aprelga qadar, Samarqandga esa 21-apreldan 24-aprelgacha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.
Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekistonda aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda. Shu sababli prezident mutasaddilarga aholi tomorqalari uchun 500 tonna elita kartoshka urug‘larini bepul tarqatishni, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasini qo‘ydi.
Tijorat banklari 20-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 495 so‘m.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting