Boeing rahbarlari kompaniyaning eng katta inqiroziga olib kelgan samolyotlar xavfsizligi bo‘yicha bir qator mojarolardan so‘ng iste’foga chiqadi. So‘nggi baxtsiz hodisa yanvar oyida bo‘lgan: Alaska Air aviakompaniyasining 737 MAX 9 samolyotidagi eshik paneli parvoz paytida chiqib ketgandi.
24 yoshli jizzaxlik yigit Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangani ortidan O‘zbekistonga deport qilingandi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston Yaponiyada o‘tadigan Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy pavilon qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yilda Tadao Ando loyihasi bo‘yicha Davlat san’at muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi.
Xitoyning China Mining Energy Group kompaniyasi Namangan viloyati Chust tumanida mis rudalarini qazib olish va qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 million dollarga baholanmoqda.
Prezident Namangandagi yig‘ilishda viloyatning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish va Nanay qishlog‘idagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportidagi bo‘sh maydonda yuk terminali ishga tushiriladi.
Qonunchilik palatasi Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat ziyoratni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya turini joriy etishni nazarda tutadi.
Qarshi shahrida shifoxonadagi zina ostiga 20 kunlik chaqaloq tashlab ketildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Chaqaloq Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga joylashtirildi.
Prezident Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari bilan uchrashuvda mahallalarda Sayxunobod tajribasidan foydalanish topshirig‘ini berdi. Bunda asosiy e’tibor tomorqa va xonadonlar imkoniyatlaridan foydalanishga qaratiladi.
Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Jidda shahridagi bosh konsul bo‘lib ishlagan.
Qutqaruvchilar kechasi Toshkent ko‘chalaridan birida oyog‘i ariq ustidagi temir panjaraga tiqilib qolgan yigitga yordam berdi. Shunga o‘xshash holatlar doimiy ravishda sodir bo‘ladi.
26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yo‘nalishining “Olmazor” — “Yangihayot” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. “Yangihayot” va “Chinor” bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus yo‘lga qo‘yiladi.
Uzum raqamli ekotizimi 100 mln dollardan ortiq mablag‘ni jalb qildi va O‘zbekiston tarixidagi birinchi texnologik “yakkashox” kompaniya bo‘ldi, uning bahosi 1 mlrd dollardan oshdi. Yig‘ilgan mablag‘ning yarmi kapitalga investitsiyalar, qolgani esa qarz mablag‘laridir.
Xiva tumanida mast holatdagi haydovchi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketdi. Ulardan 2 nafari voqea joyida halok bo‘ldi. Sud haydovchini 9 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etdi.
Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr energiyasi va benzin ishlab chiqarish hajmi pasaydi. Oy davomida gaz qazib olish 284,4 mln kub metrga, benzin ishlab chiqarish 8,1 ming tonnaga, elektr ishlab chiqarish 626,6 mln kVt/soatga kamaydi. Neft ishlab chiqarish hajmi ketma-ket yettinchi oy pasaydi.
BMT Xavfsizlik Kengashi ilk bor G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 14 davlat qo‘llab-quvvatladi, AQSh betaraf qoldi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga zarurat bo‘lmaganda Rossiyaga vaqtincha bormaslikni tavsiya qildi. Rossiyadagi fuqarolardan odamlar gavjum joylarda harakatlanmaslik so‘raldi.
Toshkentda sud voyaga yetmagan o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan 67 yoshli musiqa o‘qituvchisini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi — Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Sud yigitni 1 yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilib, 3 mln 300 ming so‘m jarimaga tortdi.
Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik marosimida ishtirok etib, yer yuzida tinchlik-osoyishtalik bo‘lishini niyat qildi va “Dinimizda belgilab berilgan to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik”, deb duo qildi. Foto va video.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida quvvati 228 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar kaskadi va har biri 500 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyalar yil oxirigacha tarmoqqa ulanadi, shundan so‘ng viloyatdagi ishlab chiqarish hajmi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting