Kuchli yog‘ingarchiliklar Toshkentni suv bosishiga olib kelmoqda. Drenaj tizimini ta’mirlash 2015-yildan buyon yuqori saviyada muhokama qilinmoqda. Yaqinda prezident muammoni hal etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish yuzasidan yana bir bor topshiriq berdi. Xo‘sh, drenaj tizimida nima noto‘g‘ri va uni qanday hal qilish kerak?
Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank Shavkat Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘iga binoan Togg brendi ostidagi birinchi milliy elektromobilni topshirdi. Davlat rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.
O‘zbekistonda endi ayollarga shilqimlik qilganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin, xotinini do‘pposlaganlar javobgarlikka tortiladi. Jinsiy zo‘ravonlik qilganlar esa “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha” o‘tirishadi. Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti — “Gazeta.uz” materialida.
Namangan shahrida yashovchi fuqaro Malibu avtomobiliga soxta raqam taqib, bir nechta qoidabuzarliklar sodir etdi. Uning aytishicha, soxta raqamni tanishi orqali Moskvada yasattirgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlarining 2 nafar hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ulardan biri 1,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani, ikkinchisi esa auksionga chiqib ketgan yer maydonini fuqaroga qoldirib berish evaziga 500 dollar olgani aytilmoqda.
Toshloq tumanida fuqaro xonadonida tug‘ilgan ikkita tulki bolasi qutqarildi. Parvarishga muhtoj ikki oylik jonivorlar Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘iga topshirildi.
30-aprel kungi referendumda 14-Toshkent shahar okrugidagi ayrim uchastkalarda fuqarolar biometrik identifikatsiyadan o‘tadi. Bunda ular pasport yoki ID-kartasini skanerdan o‘tkazib, kvitansiya oladi. So‘ng byulletenda ovoz beradi. “Komissiya avvalgidek fuqaroni ro‘yxatdan izlamaydi”, dedi MSK raisi o‘rinbosari.
Prezident 12-aprel kuni Falastin elchisi Javad Avvad, Yaponiya elchisi Xatori Takashi, Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim, Slovakiya elchisi Viktor Boretski va Pokiston elchisi Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Prezident Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tashkilot yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, turli samarasiz anjumanlar o‘tkazish bilan bandligi, shuningdek, internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yo‘qligi tanqid qilindi.
Endilikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari tibbiy xizmatdan umrbod bepul foydalanadi. 1-iyuldan Sport vazirligida 2 mln 940 ming so‘mlik stipendiya joriy qilinadi. Uni oladiganlarga o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi. Qolaversa, sportchilarga beriladigan mukofot pullari ham tasdiqlandi.
sentabr oyida Toshkent ko‘chalarida yangi transport kollapsi bo‘lishi kutilmoqda. Hokimiyat bunga hozirlik ko‘rmoqda va chorrahalarda aqlli svetoforlar o‘rnatgan holda 13 ta magistral ko‘chalarda avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklarni joriy etish ustida ishlamoqda.
O‘zbekistondagi viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi. U yerlarda kibersport, sport o‘yingohlari, karaoke, teatr, moda podiumlari, buk-kafe va boshqa ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.
Peshku tumanida qo‘shnisiga tegishli eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgan.
Tijorat banklari 12-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 355 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 475 so‘m.
To‘raqo‘rg‘on tumanida erkak uyiga 27 mln so‘mlik bank krediti va boshqa qarzlarini undirish uchun kelgan MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi. Xodim o‘zini himoya qilib, o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat oldi. Holat bo‘yicha fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xo‘jayli tumanidagi 41-maktabda o‘quvchilarga berilgan shokolad ichidan qum, keks ichidan esa qizlar sochiga taqadigan vosita chiqdi. Bolalarga berilgan “Stel” shokoladi tashqi ko‘rinishidan “Step” shokoladiga juda o‘xshash va u kontrafakt mahsulot bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston XTV holat o‘rganilayotganini bildirdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ishchi guruhi So‘x tumanidagi yerosti gaz saqlash inshootini tiklash loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Chiroqchi tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Avvalroq jonivor ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i bilan “aholi xavfsizligi uchun” otilgani xabar qilingandi.
Putin bilan telefonda gaplashgan Shavkat Mirziyoyev, Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qilgan prezident, yoshlar “yaxshi”, “o‘rta”, “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratilishi, Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani, import tovarlarga iste’mol krediti berilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Samarqandlik tadbirkor Xurshid To‘rayev Toshkent shahri markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolarini sotib olgan kompaniyaga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu yerda savdo va ko‘ngilochar majmua paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting