17-apreldan 19-aprelgacha poytaxtning Sergeli, Yangihayot, Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim hududlarda ichimlik suvi to‘xtatildi.
Farg‘ona viloyatida 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bu pulga kvartira sotib olmoqchi bo‘lgan.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun — 22−24-aprel sanalarida dam olishi mumkin.
Tijorat banklari 17-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 370 — 11 500 so‘m.
Toshkent shahridagi 43-yo‘nalish (Isuzu) avtobusining salonida ayollar va erkaklar alohida o‘tirishi uchun joylar mavjudligi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” ular olib tashlanganini bildirib, ayollar va erkaklar teng huquqliligini eslatdi.
Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sergeli tumanida Cobalt to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.
Tarmoqlarda Qozog‘istonga import qilingan 43 tonna pomidorda xavfli virus aniqlangani haqida xabar tarqalgandi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi buni rad etib, qo‘shni mamlakatdan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagani va e’tiroznoma jo‘natmaganini bildirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi. Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan.
19-aprel kuni Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li”ning 7-bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu vaqtda yangi bekatlarni texnik jihatdan bog‘lash ishlari amalga oshiriladi. 6−7-bekatlar oralig‘ida qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent viloyatidagi Krasnogorsk qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratildi.
O‘zbekistonda pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi (22 ming so‘mgacha) va bu pasayish tendensiyasining boshlanishi hisoblanadi, demoqda EastFruit ekspertlari. Hozirda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilgidan 16% ga yuqori bo‘lsa, pushti pomidor narxi 1,5 barobar yuqoriligicha qolmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi atom energetikasi inshootlarini qurishda ishtiroki istiqbollarini muhokama qildi.
Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatining 2 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali gaplashdi. Savdo-iqtisodiy (Shovot-Toshovuz chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish), energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tarmoqlarda Shahrixon tumanida IIO xodimlari fuqarolar bilan mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Uch fuqaroga JKning 3 ta moddasi bilan hujjat rasmiylashtirildi. Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza — jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Pop tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan DAF yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, to‘liq yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Kartoshkadan tayyorlangan pishloqli toblatma, klyotskalar, chalpak, krem-sho‘rva, manti va boshqalar — Zira.uz mazali kartoshkali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘z fuqarolari uchun har ikki yo‘nalishda ham vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Vizasiz qolish muddati chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting