Samarqandda soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori fuqaroning qarzdorligini kamaytirib berish evaziga undan 15 ming dollar olgani aytilmoqda. Namanganda esa advokat sud ishini ijobiy hal qilib berish uchun fuqarodan 7 ming dollar olgani gumon qilinmoqda.
Karam barglaridan golupsi, qovurma lag‘mon, frikadelkali turkcha sho‘rva, klassik lazanya, mampar va boshqalar — Zira.uz iftorlik uchun tayyorlash mumkin bo‘lgan mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Samarqand viloyati prokuraturasi Urgut tumani prokuraturasining 19 yoshli kelinning fotosurati “Telegram” tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini o‘zi osib qo‘ygan bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini bekor qildi.
Prokuratura vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishini qayta malakaladi. Qalampir ma’lumotlariga ko‘ra, Mannopov operatsiya qilingan Toshkentdagi xususiy klinikada plastik jarroh, laborant va UZI-mutaxassisi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Yomg‘irli o‘tadigan dam olish kunlari, “Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari, Toshkent viloyatida buziladigan 23 ta eski “dom”, Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga yangi avtobus, Sirdaryo viloyatining yangi hokimi, Qoraqalpog‘istonda 8 gektar dalani suv bosgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Prezident 2022-yil aprelida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish haqidagi qarorini bekor qilgan edi. Biroq oradan bir yil o‘tib, yangi qaror bilan ushbu yo‘nalishda takliflar kiritish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni topshirdi.
Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot a’zolari Qirg‘izistonda aksilterror mashqlari hamda internetdan terroristik, separatistik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha birinchi qo‘shma axborot operatsiyasini o‘tkazishga kelishib olindi.
Xorazmdagi oilaviy mehribonlik uyi rahbari o‘quvchilarni tungi klublarda fohishalik yo‘li bilan pul ishlashga majburlagan bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi qizlar o‘qigan maktab direktori. Maktab o‘qituvchisi jabrlanuvchilardan birini asrab olmoqchi bo‘lgan, biroq rasmiylar unga ruxsat bermagan.
Xitoyga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat yetakchisi Si Szinpinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi. XXR rahbari tinchlik muzokaralari erta boshlanishiga umid bildirib, tomonlarni vazminlikni saqlash, tinch aholiga hujumlardan qochishga chaqirdi.
Oliy Majlis Senati Madaniy meros agentiligiga muammo va kamchiliklar yuzasidan yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qo‘yilgan parlament so‘rovi yubordi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.
O‘zgidromet 8−11-aprel kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatida hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Joylarda shamol kuchayib, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi ham mumkin.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga 2022-yil noyabr oyidan beri hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Mahmudaliyev nomzodi tasdiqlandi.
Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘larida 8−11-aprel kunlari qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati aholisi farovonligini oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbusni ilgari surdi. 20 ta yo‘nalishdagi loyihalarga imtiyozlar joriy etiladi, 11 ta tuman va shahar sanoatga ixtisoslashadi, viloyat yirik logistika xabiga, Guliston shahri esa “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.
Ellikqal’a tumanida kanaldan suv chiqishi oqibatida 8 gektar dalani suv bosgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi fermer kanalga noqonuniy suv olish trubasini o‘rnatgan va o‘sha trubalar qo‘yilgan qisimdan suv sizib chiqqan. Natijada, kanal qirg‘og‘i yemirilib suv chiqqan. Holat bo‘yicha o‘rganish boshlangan.
Senatorlar “Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Endi ushbu jinoyatlarda aybdor deb topilganlar jazo muddatidan ilgari ozod qilinmaydi va yengil jazoga almashtirilmaydi.
Samarqand shahrida AQSh va Kanadaga fuqarolarni noqonuniy ravishda jo‘natmoqchi bo‘lib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduzi +22…+27 darajani tashkil etadi.
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 1-mavsumiga ovoz berish 7-aprelda yakunlandi. Jami 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,6 trln so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hududlarda odatdagidek odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting