Qiziltepa tumanidagi “Xo‘ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib kelgani aniqlandi. Buning oqibatida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd so‘m zarar yetgan.
Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi jarlikka qulab, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holatga uning harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurgani va boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Urganchdagi mehribonlik uyining zo‘ravonlikka uchragan 3 tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi. Prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ular xavfsizlikda ekanini bildirdi. “Barcha darajadagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi”, — dedi va OAV hamda faollarga minnatdorlik bildirdi.
Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Viloyat FVB zilzila oqibatida hududdagi o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, aholi punktlari talafot ko‘rgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.
Toshkentda yakshanba kuni tushdan keyin yog‘ib o‘tgan momaqaldiroqli do‘l va yomg‘irdan so‘ng shahar ko‘chalarini suv bosdi. Poytaxt aholisi tunellar va metro bekatlari suvga to‘lgani aks etgan foto-videolani ulashdi. Metropoliten matbuot xizmati holatni ariqlarning to‘lib qolgani bilan izohladi.
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarining jinsiy ekspluatatsiya qilingani haqidagi xabarlardan xavotirini bildirdi. U bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalash va muqobil parvarish standartlarini yaxshilash uchun harakat qilishga chaqirdi.
Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev 31-mart kuni o‘tkazgan majlisda ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda. Hokimlik matbuot kotibi holatni rad etdi, biroq keyinroq o‘z xabarini o‘chirdi.
Toshkentdagi 4 ta gaz “zapravka” va Farg‘onadagi bitta ohak sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga jami 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Tanzila Narbayeva Xorazmda qizlarning zo‘rlangani bilan bog‘liq vaziyatga “davlat va jamiyatning murosasiz javobi bo‘lishi shart”ligini bildirdi. Saida Mirziyoyeva prokuraturadan holatga huquqiy baho berishni so‘radi. Irina Matviyenko esa vaziyat haqida rasmiylarga 2 oy oldin xabar berganini ta’kidladi.
Bosh prokuratura mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Xorazm viloyatining sobiq amaldorlariga nisbatan hukmni “yengil” deb topib, Oliy sudga protest kiritdi. U 29-mart kuni, voqea oshkor etilishidan ikki kun oldin chiqarilgan.
Prezident tashrifidan so‘ng Xorazm viloyatida kadrlar almashinuvi ro‘y berdi. Urganch tumaniga G‘ayratjon Sultanov, Qo‘shko‘pir tumaniga Boburbek Egamov, Bog‘ot tumaniga Jahongir Nazarov hokim bo‘ldi. Shuningdek, RSHTYOIM filiali va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbarlari o‘zgardi.
Bolalar ombudsmani Urganchdagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganayotgani ma’lum qilindi. “Bolalarga nisbatan har qanday jinsiy jinoyatlarga og‘ir jazo qo‘llanishi kerak”, — deyiladi bayonotda.
Oliy sud amaldorlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jinsiy aloqa ishi bo‘yicha Xiva sudi 7 oy avval hukm chiqarganini tasdiqladi. Mudira va mansabdorlar apellyatsiya bergan, biroq yutqazgan. Oliy sud kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgunga qadar ishga huquqiy baho bera olmasligini bildirdi.
Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvchisi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangan. Mehribonlik uyi rahbari 5 yilu 6 oyga qamalgan, mansabdor shaxslarning esa ozodligi cheklanib, qo‘yib yuborilgan.
Farg‘ona viloyatida 4 ming dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi va salkam 10 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi. Musodara qilingan dorilarning umumiy bahosi 1,5 mlrd so‘m bo‘ldi.
Majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi ayrim soha vakillari, jumladan, o‘qituvchilar “Tashabbusli budjet”ga ovoz berishga majburlanayotganini o‘rganmoqda. Xalq ta’limi vaziri ham pedagoglar jarayonga jalb etilmasligini ma’lum qilgan. Shunday ishlar ortidan Oqqo‘rg‘onda maktab direktori ishdan bo‘shatilgan.
Guruchli bo‘tqa, pishloqli sosiskalar, tvorogli ponchiklar, “Menemen”, nonushtabop galeta va boshqalar — Zira.uz saharlik uchun tayyorlash oson bo‘lgan taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
2023-yilda O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalarni yana bir bor oshirish rejalashtirilgan. Bahorgi o‘sish 7 foizni tashkil etishi allaqachon xabar qilingan. 1-sentabrdan yana 10 foiz qo‘shish rejalashtirilgan.
Toshkent hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi propagandasi bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi to‘rt kun avval imzolagan qarorini bekor qildi.
9 ta viloyatda sel kelishi xavfi, 1 va 2-aprel kuni yopiladigan ayrim ko‘chalar, 1-apreldan hayvonot bog‘iga kirish narxi oshishi, prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi tafsilotlari, Toshkentda xonadonlarning ijara narxi pasayyotgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting