Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga parvozlar uchun 40 foizgacha chegirmalarni e’lon qildi.
28 maydan kuchga kiradigan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX xodimlari haydovchilarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanadi.
«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi «Qoraqalpoq viloyati» tarzida namoyish etildi. Telekanal xatolik montaj jarayoni bilan bog‘liq ekanini bildirib, uzr so‘radi va «aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini» qo‘shimcha qildi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quvasoy shahridagi korxona 2022 yilning iyunidan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln so‘m zarar keltirdi.
Turkiyadagi Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasi Hatay viloyatida 100 ta yig‘ma turar joy konteyneri o‘rnatadi. Konteynerlarda yotoqxona, oshxona, hammom va hojatxona bor. Unga bemalol bir oila sig‘ishi mumkin.
Soliq qo‘mitasi budjetdan noqonuniy undirilgan 27,1 mlrd so‘mlik foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarilishini ma’lum qildi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hisobdan chiqarish 367 ta korxonaga ta’sir ko‘rsatdi.
Tijorat banklari 29 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 470 so‘m.
Prokuror protestidan so‘ng apellyatsiya sudi avvalroq 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilib, 10 yilga qamalgan Toshkentda yashovchi erkakka nisbatan jazoni kuchaytirdi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Yana o‘rinbosarlikka qaytgan Baxtiyor Rahmonov, tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘i qaytarilishi, gaz portlab, vafot etgan er-xotin va 2 nabira, yana qimmatlayotgan pomidor narxi, apreldan pensiyalar, maydan davlat xodimlari oyligi oshishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ommaviy norozilik va ish tashlashlarga sabab bo‘lgan sud-huquq islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishni kechiktirdi. Loyiha tanqidchilari islohot mamlakatdagi nazorat va muvozanat tizimiga putur yetkazishini ta’kidlamoqda.
Prezident O‘zbekistonda davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladigan 40 ta yirik korxona va bank ro‘yxatini tasdiqladi. Ilk bor NKMK va OKMK, O‘zmetkombinat, «O‘ztelekom», Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi.
Olmazor tumanida Spark yo‘ldan o‘tayotgan er-xotinni urib, zarbdan so‘ng yerga yiqilgan ayolni bosib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi.
O‘zbekiston prezidenti 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan boshlab esa davlat xizmatchilarining ish haqi va bazaviy hisoblash miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. O‘sish o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi.
Germaniya Qurolli Kuchlari Termiz aeroportida xavfsizlik va kuzatuv texnologiyalarini yangilash uchun 1 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi.
1 maydan boshlab to‘lov tashkilotlari jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun elektron hisob-varaqalarni rasmiylashtirishi kerak. Adliya ekspertizasi vaqtida qaror loyihasida bu band bo‘lmagan. Adliya vaziri Akbar Toshqulov vaziyatga izoh berdi.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. YeIning Toshkentdagi delegatsiyasi «Gazeta.uz»ga tashrif aprel oyi oxirida bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan Hi-tech bank bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.
Xo‘jayli tumanida fuqaro shox-shabba va o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida terak butalari zararlandi. Unga nisbatan 1,5 mln so‘m jarima va tabiatga keltirgan zararni qoplash uchun 1,8 mln so‘m da’vo hisoblandi.
Buxorodagi «Somoniylar» istirohat bog‘ida uch kishi, jumladan, yosh bola qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting