«Nogironlarning erkin harakatlanishlari uchun sharoitlar yetarli emas» — Senat ishchi guruhi Xorazmdagi holat haqida
22 oktabr 2022, 10:01

«Nogironlarning erkin harakatlanishlari uchun sharoitlar yetarli emas» — Senat ishchi guruhi Xorazmdagi holat haqida

UrDU kutubxonasida lift ishlamasligi sababli nogiron talaba ikkinchi qavatdagi o‘quv zaliga kira olmagan, brayl yozuvidagi barcha adabiyotlar o‘sha yerda joylashgan. Urganchdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi oldida esa ovozli svetofor va bekatlar yo‘q, avtobuslarga maxsus moslamalar o‘rnatilmagan — Senat ishchi guruhi.

Sirdaryodagi harbiy omborxonada portlash yuz berdi: uning to‘lqini binolardagi oynalarni sindirdi
22 oktabr 2022, 08:26

Sirdaryodagi harbiy omborxonada portlash yuz berdi: uning to‘lqini binolardagi oynalarni sindirdi

Tunda Sirdaryodagi harbiy omborxonada portlash sodir bo‘ldi. Hech kim jabrlanmagani aytilmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan video va fotolardan portlash to‘lqini binolardagi oynalar va konstruksiyalarga zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.

21 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 oktabr 2022, 22:23

21 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Turkmaniston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidentiga kuchuk sovg‘a qilgan Gurbanguli Berdimuhamedov, harorat yana pasayishi, rahbarlarni ogohlantirgan prezident, Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ayolni jarohatlagan miltiq va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Teatrga ajratilgan mablag‘larning 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga o‘tkazildi
21 oktabr 2022, 19:50

Teatrga ajratilgan mablag‘larning 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga o‘tkazildi

Toshkent shahar hokimi mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar xarajatlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Davlat musiqali komediya teatriga ajratilgan mablag‘lardan 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar bo‘limiga o‘tkazildi.

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini 30 davlatdan 28 tasi ma’qullab ulgurdi
21 oktabr 2022, 19:21

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini 30 davlatdan 28 tasi ma’qullab ulgurdi

NATOning qariyb barcha a’zolari Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishini ratifikatsiya qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berishdi. Yaqin kelajakda qolgan ikki davlat — Turkiya va Vengriyaning bu borada qaror qabul qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Ashxobodda «Toshkent» bog‘ini ochib berdi
21 oktabr 2022, 19:05

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Ashxobodda «Toshkent» bog‘ini ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Ashxobodda «Toshkent» bog‘ining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Shu yerda «Xorazm — Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tdi.

«Toshkentdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlarga moslashtirilmagan» — Senat
21 oktabr 2022, 19:04

«Toshkentdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlarga moslashtirilmagan» — Senat

Poytaxtdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlar to‘siqsiz foydalanishiga moslashtirilmagan. Metro bekatlarining ko‘plarida panduslar yo‘q, borlarida ham 45 gradus qilib o‘rnatilgan. Nogironlarning 93 foizi yerusti jamoat transportini qoniqarsiz deb baholadi. Senatorlar shaharsozlarni tanqid qildi.

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
21 oktabr 2022, 18:54

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Ta’til 9 noyabrgacha davom etib, darslar 10 noyabrdan boshlanadi.

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
21 oktabr 2022, 18:48

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.

Termizning sobiq hokimi va o‘rinbosarlari davlat va jamiyatga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan — Bosh prokuratura
21 oktabr 2022, 18:40

Termizning sobiq hokimi va o‘rinbosarlari davlat va jamiyatga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan — Bosh prokuratura

Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Samarqandda $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbar aniqlandi
21 oktabr 2022, 18:17

Samarqandda $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbar aniqlandi

Nurobod tumanida xususiy korxona rahbari $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Namangan va Andijonda esa jami 5,8 mlrd so‘m kredit mablag‘i boshqa maqsadlarga sarflab yuborilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.

Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi
21 oktabr 2022, 17:53

Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi

Shavkat Mirziyoyevga Maxtamquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. «O‘zbekistonda, Turkmanistonda bo‘lgani kabi, ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda», — deya ta’kidladi prezident oliygohga tashrifi davomidagi nutqida.

Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i va bug‘doy yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirdi
21 oktabr 2022, 17:43

Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i va bug‘doy yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirdi

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat O‘zbekistonga bug‘doy, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi
21 oktabr 2022, 17:12

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi

Olot tumanida mashinadagi qurol o‘z-o‘zidan otilib ketishi oqibatida ayol oyog‘idan jarohat oldi.

Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlandi
21 oktabr 2022, 16:10

Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlandi

Prezident qarori bilan 1 yanvardan Kadastr agentligining o‘zi hududiy tuzilmalar faoliyatini tashkil etadi. Hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar aralashishi yoki ta’sir o‘tkazishi qat’iy taqiqlanadi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga alabay kuchugini sovg‘a qildi
21 oktabr 2022, 16:02

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga alabay kuchugini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbariga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi.

Hafta oxirida harorat yana pasayadi
21 oktabr 2022, 15:28

Hafta oxirida harorat yana pasayadi

O‘zgidrometning xabar berishicha, shanba kuni havo iliq, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Yakshanbadan ob-havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
21 oktabr 2022, 15:15

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

22 oktabr soat 12:00 dan 23 oktabr soat 24:00 gacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasayadi va vaqtincha ta’minotdan uziladi. Mahallalar ro‘yxati.

Diplomat University hujjatlarni qabul qilishni davom etmoqda
21 oktabr 2022, 15:00

Diplomat University hujjatlarni qabul qilishni davom etmoqda

Diplomat University xususiy oliygohi 2022−2023 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish muddatini 28 oktabrgacha uzaytirdi.

Suv xo‘jaligi vaziridan viloyatlar hokimlarigacha: Prezident ayrim rahbarlarni ogohlantirdi
21 oktabr 2022, 12:43

Suv xo‘jaligi vaziridan viloyatlar hokimlarigacha: Prezident ayrim rahbarlarni ogohlantirdi

Prezident qarori bilan bir qator amaldorlar ogohlantirildi. Ularning orasida suv xo‘jaligi vaziri, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi ham bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting