O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga boradi
14 mart 2023, 19:10

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi.

Toshkentda qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi
14 mart 2023, 18:20

Toshkentda qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi

Toshkentda kuzatilgan uzluksiz yog‘ingarchiliklar tufayli Olmazor tumanidagi qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi. Faqatgina devor oldida turgan Nexia 3 avtomobili shikastlangan.

Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni referendumga qo‘yishni ma’qulladi
14 mart 2023, 17:08

Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni referendumga qo‘yishni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qulladi. Qonun uch kun ichida matbuot va boshqa OAVlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Konstitutsiyaviy sud qarorida Konstitutsiyaning yangi tahriri mansabdor shaxslarga qanday qo‘llanilishi tushuntirildi
14 mart 2023, 15:54

Konstitutsiyaviy sud qarorida Konstitutsiyaning yangi tahriri mansabdor shaxslarga qanday qo‘llanilishi tushuntirildi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining qarorida referendumda qanday savolga javob berish so‘ralishi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, Konstitutsiya yangilangandan so‘ng, davlat amaldorlari ushbu lavozimlarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda saylanishi va tayinlanishi mumkinligi tushuntirildi.

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
14 mart 2023, 15:18

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Andre Karstens Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari qabul qilindi.

Uzbekistan Airways yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi
14 mart 2023, 14:59

Uzbekistan Airways yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways 23−31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi. Chegirma Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan taqdim etilmoqda.

Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi
14 mart 2023, 14:32

Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi. Adib “Mening bola qalbim”, “Ko‘ngildagi qo‘shiqlar”, “Umidli dunyo” kitoblari muallifi hisoblanadi. “Gunoh” romani mustaqillikning 17 yilligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovida 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi
14 mart 2023, 14:19

Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi

O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
14 mart 2023, 14:08

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda qoniqarsiz ishlagan davlat idoralari ma’lum qilindi
14 mart 2023, 13:03

Korrupsiyaga qarshi kurashishda qoniqarsiz ishlagan davlat idoralari ma’lum qilindi

Ekspertlar Suv xo‘jaligi, Energetika vazirligi hamda Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini qoniqarsiz deb baholadi. Bunga rahbarlarning ushbu yo‘nalishda shaxsiy tashabbusi yetarli emasligi ham sabab bo‘lgan. Eng yaxshi natija Soliq qo‘mitasida qayd etildi.

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi
14 mart 2023, 12:50

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi
14 mart 2023, 12:45

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi

Qonun bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilandi. MJtK va JKga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi ushbu jinoyatni sodir etganlar 6 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilga qamalishi mumkin.

Jizzaxda YPX xodimlari haqida video suratga olgan fuqarolar qamaldi — IIV
14 mart 2023, 11:12

Jizzaxda YPX xodimlari haqida video suratga olgan fuqarolar qamaldi — IIV

Tarmoqlarda jizzaxlik ikki fuqaro YPX xodimlari haqida suratga olgan hazilomuz video tarqaldi. IIV ma’lum qilishicha, ularning biri 15 sutka, boshqasi esa 10 sutkaga qamaldi.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
14 mart 2023, 11:09

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 14 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 430 — 11 480 so‘m.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14 mart 2023, 10:57

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Olmazor tumanida Epica, 2 ta Cobalt va Matiz to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida 2 haydovchi va yo‘lovchilar jarohatlandi.

“O‘zbekneftgaz” AYOQSHlarida Ai-92 benzini 7500 so‘mdan sotilmoqda
14 mart 2023, 10:53

“O‘zbekneftgaz” AYOQSHlarida Ai-92 benzini 7500 so‘mdan sotilmoqda

14 martdan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 benzini bir litri uchun 7500 so‘mdan sotilmoqda. Shu vaqtgacha uning narxi 9000 so‘m atrofida edi.

Navoiyda tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 mart 2023, 10:39

Navoiyda tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Nyu-Yorkda 2017 yil terakt amalga oshirgan Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
14 mart 2023, 10:26

Nyu-Yorkda 2017 yil terakt amalga oshirgan Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. U 2017 yilda Nyu-Yorkda yuk mashinasida 8 nafar insonni bosib ketib o‘ldirgan va o‘nlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi.

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketdi
14 mart 2023, 10:07

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketdi

Bir yil avval Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangan Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi. Uning jinoyat ustida qo‘lga olingan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi.

Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
14 mart 2023, 09:52

Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ahmed Faruq Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda undan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilib olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting