O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Avstriya va Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashish uchun migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tuzish masalasi muhokama qilindi.
Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan «Zangiota-2» yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yildi. Avvalroq xodimlar va bemorlar transport yo‘qligidan shikoyat qilgandi.
Yashnoboddagi 152-maktabda o‘qituvchi darsga xalaqit bergani uchun bolani urib, darsdan chiqarib yubordi. Tuman sudi pedagogga 900 ming so‘m jarima tayinladi. O‘qituvchi esa mazkur holat maktab direktori tomonidan uyushtirilgani va majburiy ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.
Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Viloyat IIB uning shaxsiga aniqlik kiritib, 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.
Bosh vazir matbuot kotibi lavozimiga avval hukumatning Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri lavozimida ishlagan Bekzod Shukurov tayinlandi.
Pekinda Eron va Saudiya Arabistoni vakillari diplomatik munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha bayonot imzoladi. Rasmiylar ikki oy ichida elchixonalarni qayta ochishga kelishib oldi. Munosabatlar 2016 yil Saudiyada shia ruhoniysi qatl etilishi va Tehrondagi qirollik elchixonasiga o‘t qo‘yilishi ortidan uzilgandi.
Yalpizli aralashma qo‘shib tayyorlangan, bodring va karamli salat, gruzincha, no‘xat va sabzavotli salat va boshqalar — Zira.uz foydali va tez tayyorlanadigan bahoriy salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Tijorat banklari 11 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 400 — 11 450 so‘m.
Hukumat qarori bilan xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri shakllantiriladi. Unga kirish uchun Investitsiyalar vazirligiga ariza yuborish kerak bo‘ladi va sertifikat 1 yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston hukumati farmoyishi bilan 11 mart (ish kuni)da o‘tkazilishi rejalashtirilgan hashar 18 martga ko‘chirildi.
Tarmoqlarda Yuqori Chirchiqdagi xonadonlarning birida itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xaqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Yassaviy kolxozidagi uyda sodir bo‘lgani va xonadon egasi 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelganini ma’lum qildi.
Oqdaryo tumanida 18 yoshli talaba qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi. Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilgan videolar tarqaldi. Shahar IIO FMB holatga aniqlik kiritish uchun tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.
Internetda mashinasining yon oynasiga sichqon tutishga mo‘ljallangan yopishqoq qopqonga tushgan chittakni boshiga chertib qiynayotgan erkak videosi tarqaldi. Keyinroq u o‘z qilmishini qush mashina oynalarini tirnalayotgani bilan izohlab, kechirim so‘radi. Ekologlar tegishli hujjatlarni IIBga topshirdi.
30 aprelda o‘tkazilishi kutilayotgan Yangi Konstitutsiya referendumi, ayollarning kiyinishini tanqid qilgan qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilgani, O‘zbekistonda ishga tushadigan 5G mobil interneti, bir haftaga qoldirilgan umumxalq hashari, marafonga yopiladigan ko‘chalar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qirg‘iziston hukumati rahbarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 15 dan ortiq hujjat, jumladan, avtomobil va tijorat uskunalarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, qo‘shni mamlakatda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi Qonunchilik palatasining Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rib chiqishga kirishdi. Hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha yig‘ilish 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Qonunning o‘zini ko‘rib chiqish haqida esa sudga murojaat qilinmagan.
Yoshlar siyosati va sport vazirligida V International Tashkent Marathon va Yangi Nafas yugurish musobaqasi tashkilotchilari ishtirokida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.
Xatirchi tumanida Matiz va Damas o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab 49 yoshli Matiz haydovchisi vafot yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting