Markaziy Osiyo davlatlari mintaqadagi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashmoqda — O‘zbekiston TIV
18 oktabr 2022, 16:24

Markaziy Osiyo davlatlari mintaqadagi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashmoqda — O‘zbekiston TIV

Dushanbeda chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yaqin munosabatlar mintaqadagi umumiy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish imkonini berishini ta’kidladi.

Yeyskda Su-24 samolyotining qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
18 oktabr 2022, 15:42

Yeyskda Su-24 samolyotining qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

17 oktabr kuni Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qiruvchi samolyoti quladi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etildi
18 oktabr 2022, 15:31

Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etildi

O‘zbekiston vakillari Indoneziyaning Garuda Group aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta — Buxoro — Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.

Rustam Saparbayev Jo‘qorg‘i Kenges raisi o‘rinbosari etib saylandi
18 oktabr 2022, 15:14

Rustam Saparbayev Jo‘qorg‘i Kenges raisi o‘rinbosari etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining rais o‘rinbosari etib Saparbayev Rustam Tursinbayevich saylandi. Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqandda maktab direktori tarsaki tushirgan o‘quvchining quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda
18 oktabr 2022, 14:32

Samarqandda maktab direktori tarsaki tushirgan o‘quvchining quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda

Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchini urgani sabab uning quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda. Voqeaga sinfxonada bolalarning paqildoq portlatishi sabab bo‘lgan. Samarqand IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtiroki kengaytiriladi
18 oktabr 2022, 14:27

Qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtiroki kengaytiriladi

Prezident huzurida 17 oktabr kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtirokini kengaytirish, obyektlarni qabul qilish komissiyalariga mahalla raislarini kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Sello o‘zining bir yilligini nishonladi va asosiy yutuqlari haqida so‘zlab berdi
18 oktabr 2022, 13:00

Sello o‘zining bir yilligini nishonladi va asosiy yutuqlari haqida so‘zlab berdi

Sello marketpleysida xarid qilish qanday afzalliklarga ega va ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma berish qanday xavf tug‘diradi — shu va boshqa masalalar haqida Sello kompaniyasininig bosh direktori Iskandar Yusupov so‘zlab berdi.

Hujjatlarda qariyb 2,2 mlrd so‘mlik tovar olib ketayotgani ko‘rsatilgan yuk mashinasi bo‘sh ekani aniqlandi
18 oktabr 2022, 12:30

Hujjatlarda qariyb 2,2 mlrd so‘mlik tovar olib ketayotgani ko‘rsatilgan yuk mashinasi bo‘sh ekani aniqlandi

Qo‘qon bojxona postida hujjatlarda 23 tonna 540 kg og‘irlikdagi «reeksport» sifatida qayd etilgan tovarlarni olib ketayotgan ko‘rsatilgan yuk mashinasi tekshirilganda ichida hech nima yo‘qligi aniqlandi. Bojxona xodimlarining bu holatga aloqadorligini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

OTB O‘zbekistonning to‘rtta shahrini rivojlantirish uchun $59 mln kredit ajratdi
18 oktabr 2022, 12:17

OTB O‘zbekistonning to‘rtta shahrini rivojlantirish uchun $59 mln kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Xovosda ko‘p funksiyali jamoat markaziga ega istirohat bog‘i, Xivada raqamli muzeyga ega tashrif buyuruvchilar markazi, Jizzaxda suv tarmoqlarini rivojlantirish va to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash uchun $59 mln dollarlik kredit ajratdi.

Qo‘qon kimyo zavodidagi ishchini bunker bosib qoldi
18 oktabr 2022, 11:06

Qo‘qon kimyo zavodidagi ishchini bunker bosib qoldi

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals zavodida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida ustiga bunker qulab tushgan ishchi vafot etdi.

Kaltaklangan «Tez yordam» haydovchisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
18 oktabr 2022, 10:53

Kaltaklangan «Tez yordam» haydovchisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Mirobod tumanida «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olib, davolanayotgan haydovchi bilan ko‘rishdi. Behzod Musayev uni «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Tijorat banklari dollarni 11 200 so‘mdan sotishni boshladi
18 oktabr 2022, 10:48

Tijorat banklari dollarni 11 200 so‘mdan sotishni boshladi

Markaziy bank 18 oktabr uchun 1 AQSh dollarini 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Yangilangan kurs ortidan tijorat banklari mijozlarga dollarni 11 200 so‘mdan taklif qilmoqda.

Prezident matbuot xizmati taqdimot slaydlarining fotosuratlarini xiralashtirmoqda
18 oktabr 2022, 10:42

Prezident matbuot xizmati taqdimot slaydlarining fotosuratlarini xiralashtirmoqda

«Gazeta.uz» prezident matbuot xizmati fotosuratlarida taqdimot slaydlari xiralashtirilayotganiga e’tibor qaratdi. Taqdimot suratlari tufayli jurnalistlar muhim loyihalar haqidagi xabarlarni to‘ldirish imkoniga ega bo‘lishardi. UPD: Prezident matbuot kotibi vaziyat o‘nglanishini ma’lum qildi.

Farg‘onada yuk mashinasi yashash uyiga borib urildi
18 oktabr 2022, 10:20

Farg‘onada yuk mashinasi yashash uyiga borib urildi

18 oktabr kuni tong soat 06:55 larda Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, aholi yashash uylaridan biriga borib urildi. YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Livingood majmuasida sotuvlar maxsus 30% chegirma bilan boshlandi
18 oktabr 2022, 09:00

Livingood majmuasida sotuvlar maxsus 30% chegirma bilan boshlandi

NovaStroy kompaniyasi yangi loyiha Livingood majmuasida sotuv jarayonini cheklangan muddatli maxsus chegirma bilan boshladi.

17 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 oktabr 2022, 22:27

17 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ifloslangan Toshkent havosi, 20−21 oktabrda Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi, kaltaklangan Toshkentdagi «Tez yordam» xodimlari, vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim bo‘layotgani, yomg‘irli kunlar, 5 kunga yopiladigan ko‘chalar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qulab tushdi
17 oktabr 2022, 21:46

Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qulab tushdi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi yaqiniga Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushdi. Yong‘in binoning beshinchi qavatgacha qismini qamrab oldi.

O‘zgidromet havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
17 oktabr 2022, 21:31

O‘zgidromet havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Ko‘chalarda tirbandlik, katta qurilishlar, daraxtlarni kesish, magistral yo‘llar va maysazorlarga keng ko‘lamda suv sepilmasligi, shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. O‘zgidromet vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi
17 oktabr 2022, 21:04 1

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

1 dekabrdan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqarib tashlanadi. Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olishda ma’lumotlar subsidiya.idm.uz dasturida yig‘iladi.

Toshkentda Farhod ko‘chasining bir qismi 5 kunga yopiladi
17 oktabr 2022, 19:15

Toshkentda Farhod ko‘chasining bir qismi 5 kunga yopiladi

Toshkent shahrida Farhod ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 17−21 oktabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib boriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting