11 yanvar kuni O‘zbekistondagi ko‘p maktablarda ustozlar o‘quvchilar kelmagani tufayli, bo‘sh sinf xonalariga dars o‘tdi. Bunga bir kun avval yarim tunda chiqqan maktablarda o‘qish boshlanishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» tarmoqdagilar bu holatga bildirgan munosabatlarni bir materialga jamladi.
«Yangihayot» blokmaskani (Surum)da 2 fuqaro mashinada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan bir bosh Yevropa kiyigini hujjatsiz olib yurgani aniqlandi. Jonivor vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’til kunlarida ham bolalar bog‘chalarining barcha xodimlari (oshpazlar bundan mustasno) ish joylarida bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. «Qo‘shimcha ta’til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchun», — deyiladi xabarda.
Uzbekistan Airways noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarga qo‘yilgan reyslar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, mahalliy aviaqatnovlarning ham ayrimlari bekor qilindi.
Tijorat banklari 11 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 so‘m.
Vazirlar Mahkamasi bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklarga ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi. Shu munosabat bilan darslar viloyatlarda turlicha — 11, 12, 13, 16 hamda 18 yanvardan boshlanmoqda (ro‘yxat).
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron tumanida noqonuniy faoliyat yuritayotgan «zapravka»larni aniqladi. AGTKSHlarning uskunalari foydalanishga yaroqsizligi, elektr energiyasidan jami 111 mln so‘m qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.
Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda avtomobilsozlik tarmog‘ida o‘sishni ta’minlash uchun 2023 yil 1 sentabrga qadar Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini to‘liq quvvatga chiqarish topshirildi.
Paxtachi tumanida VAZ-21013 haydovchisi avtobus yo‘liga chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana uch kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent shahar hokimi poytaxtning 10 ta markaziy ko‘chasida birinchi pullik avtoturargohlar tizimini yaratishni ma’qulladi. Loyiha 10 yilga tuzilgan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi asosida Kasy Park kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yangi kun boshlanishiga 2 soatgina vaqt qolganida Toshkent rasmiylari anomal sovuq tushishi sabab uzaytirilgan qishki ta’til tugagani va maktablarda o‘qishlar boshlanishi haqida xabar bera boshladi. Bosh muharrir munosabati.
Qorli Toshkent, talabalar va o‘quvchilar muddatidan oldin o‘qishga qaytishi, hafta oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo, litsenziyasi to‘xtagan Marion Biotech kompaniyasi, hokimliklarga yo‘llarni tozalashni topshirgan prezident, «Ippodrom» bozorida qulab tushgan soyabon va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha sud yakunlovchi bosqichga o‘tmoqda: sud tergovi yakunlandi, endi navbat — muzokaralarga. So‘nggi kunlarda tomonlar ish bo‘yicha videomateriallar va boshqa ashyoviy dalillarni o‘rganishdi.
O‘zgidromet markazi 11−16 yanvar kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev barcha darajadagi hokimlarga noqulay ob-havo davomida yo‘llarni tozalash ishlari va transport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etishni topshirdi. Hukumatga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish va muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.
Anomal sovuq sabab ta’tili cho‘zilgan o‘quvchi-talabalar aynan sovuq kunlarda yana qayta o‘qishga chaqirib olindi. Ijtimoiy tarmoq faollari orasida bu qaror keng muhokamalarga, xususan, tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» holatga bildirilgan munosabatlarni bir yerga jamladi.
«Chilonzor buyum savdo kompleksi»dagi soyabonlar qalin qorni ko‘tara olmay qulab tushdi. Hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar evakuatsiya qilindi. Savdo do‘konlari vaqtinchalik yopildi. Qolaversa, «Bek baraka» savdo kompleksi ham noqulay ob-havo tufayli 3 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Hindistonda O‘zbekistonda bolalarning ommaviy o‘limiga aloqador yo‘tal siropini ishlab chiqargan kompaniya — Marion Biotech litsenziyasi to‘xtatildi. Hozirgacha «Dok-1 Maks» siropidan O‘zbekistonda 20 dan ortiq bola vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting