IIV va SSV: Tez tibbiy yordam mashinalariga yozilgan jarimalar bekor qilinadi
9 yanvar 2023, 18:27

IIV va SSV: Tez tibbiy yordam mashinalariga yozilgan jarimalar bekor qilinadi

Tez tibbiy yordam avtomobillariga jarima belgilanayotgani va ular bekor qilinmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV va SSV holat bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilib, ushbu turdagi jarimalar bekor qilinishini ma’lum qildi.

Anomal sovuqdan chorva mollari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini qanday asrash mumkin?
9 yanvar 2023, 17:21

Anomal sovuqdan chorva mollari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini qanday asrash mumkin?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10−15 yanvar kunlari kuzatiladigan anomal sovuqda chorva mollari va xo‘jalik ekinlarini qanday asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xususan, ekin maydonlari ustini plyonka qoplamalari bilan qoplash kerakligi keltirib o‘tildi.

Samarqand va Toshkent viloyatidagi YTHda 4 nafar piyoda halok bo‘ldi
9 yanvar 2023, 17:02

Samarqand va Toshkent viloyatidagi YTHda 4 nafar piyoda halok bo‘ldi

Samarqand va Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisalar oqibatida 4 kishi vafot etdi.

Matematika darsliklari muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi
9 yanvar 2023, 16:47

Matematika darsliklari muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi

Xalqaro toifadagi ekspert, matematik Shuhrat Ismoilov vafot etdi. Marhum 1-, 2-, 3- va 6-sinf matematika fani darsliklari muallifi bo‘lgan.

Deyarli barcha hokimliklar 2023 yilgi budjetlarni jamoatchilik muhokamasisiz qabul qildi
9 yanvar 2023, 14:49

Deyarli barcha hokimliklar 2023 yilgi budjetlarni jamoatchilik muhokamasisiz qabul qildi

O‘zbekistondagi deyarli barcha hokimliklar 2023 yil uchun budjetni o‘tgan yil oxirida, hatto yangi yilda ham soliq to‘lovchilar fikrini hisobga olmasdan qabul qildi. Andijon va Sirdaryo hokimliklari budjet loyihalarini e’lon qilgandi, biroq loyiha muhokama vaqti tugamay turib qabul qilindi.

Dekabrda 177 mingdan ortiq xonadon iste’moliga teng elektrdan noqonuniy foydalanilgan — Energetika vazirligi
9 yanvar 2023, 14:34

Dekabrda 177 mingdan ortiq xonadon iste’moliga teng elektrdan noqonuniy foydalanilgan — Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 2022 yil dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu Sirdaryo viloyati aholisining bir haftalik elektr iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy holatlar ko‘proq Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

UzAuto Motors: avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga to‘xtatildi
9 yanvar 2023, 13:01 4

UzAuto Motors: avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga to‘xtatildi

UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Kompaniya jarayon 4−5 kundan ortiq davom etmasligini va’da qilgandi. Biroq 9 yanvar kuni jarayon yana uzaytirilgani ma’lum qilindi.

Braziliyada tartibsizliklar sabab favqulodda holat e’lon qilindi
9 yanvar 2023, 12:48

Braziliyada tartibsizliklar sabab favqulodda holat e’lon qilindi

Yanvar oxirigacha Braziliya poytaxtida sobiq prezident tarafdorlari uyushtirgan tartibsizliklar sabab favqulodda holat joriy etildi. Voqea fonida shtat gubernatori ishdan bo‘shatildi. Namoyishchilar hukumat binolariga bostirib kirdi, yuzlab odamlar hibsga olindi. Prezident namoyishchilar jazolanishini aytdi.

Bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz — SSV
9 yanvar 2023, 12:15

Bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz — SSV

SSV tarmoqlarda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zidligini ma’lum qildi. «COVID-19`ga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgandi», — deyiladi xabarda. Vazirlik 15 dekabrdan buyon kasallanishlar statistikasini e’lon qilmay qo‘ydi.

Anomal sovuq kunlari keksalar va bolalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etildi
9 yanvar 2023, 11:29

Anomal sovuq kunlari keksalar va bolalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etildi

O‘zbekistonga 9 yanvardan Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 10−15 yanvar kunlari anomal sovuq kuzatiladi. Bunday sharoitda keksalar va bolalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etildi. SSV, shuningdek, sovuqdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Toshkentda 6 ta yo‘nalishda qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
9 yanvar 2023, 11:10

Toshkentda 6 ta yo‘nalishda qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda 4 yanvar kuni MAN A22 CNG avtobuslarining navbatdagi 16 donasi foydalanish uchun topshirilgandi. Yangi avtobuslar 6 ta yo‘nalishda harakatlanish uchun qatnovga chiqarildi.

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. O‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin
9 yanvar 2023, 10:08

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. O‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin

Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.

Banklarda dollarning sotish kursi 20 so‘mga tushdi
9 yanvar 2023, 09:58

Banklarda dollarning sotish kursi 20 so‘mga tushdi

Tijorat banklari 9 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 355 so‘m.

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yuklamalari kamaytirildi
9 yanvar 2023, 09:22

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yuklamalari kamaytirildi

Amaldagi sanitariya-epidemiologik normalariga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, maktablarda dars soatlari qisqaradi.

Control Union sertifikatlash kompaniyasi eksportyorlarga xalqaro bozorga chiqishga yordam bermoqda
9 yanvar 2023, 09:00

Control Union sertifikatlash kompaniyasi eksportyorlarga xalqaro bozorga chiqishga yordam bermoqda

Control Union Quality kompaniyasi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalar uchun xalqaro miqyosda sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi.

OAVda dori reklamasini cheklash kerak — «Yuksalish»
9 yanvar 2023, 08:09

OAVda dori reklamasini cheklash kerak — «Yuksalish»

«Dok-1 Maks» iste’moli natijasida bolalarning hayotdan ko‘z yumgani O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolar mavjudligini ko‘rsatib berdi, deya ma’lum qildi «Yuksalish» harakati. U dorilarni nazoratsiz qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish va OAVda ular reklamasini cheklashni taklif qildi.

Bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning qush ovlagani tanqidlarga sabab bo‘ldi
8 yanvar 2023, 20:57

Bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning qush ovlagani tanqidlarga sabab bo‘ldi

Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarovning qush ovlagani aks etgan video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqardi. Bokschi holat yuzasidan «Gazeta.uz»ga izoh berdi. «[Qushlar] Qizil kitobga kiritilmagan-ku. Odamlar gapiraveradi, e’tibor qilmanglar», — dedi sportchi.

O‘zbekistonda 1 hafta ichida 11 ta YTHda 21 kishi vafot etdi
8 yanvar 2023, 17:19

O‘zbekistonda 1 hafta ichida 11 ta YTHda 21 kishi vafot etdi

Respublika yo‘llarida 7 kun ichida o‘lim bilan yakunlangan 11 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ularda 21 nafar odam vafot etdi, shundan 3 nafari bolalar.

DXX Navoiyda 360,9 mln so‘mlik qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi
8 yanvar 2023, 16:02

DXX Navoiyda 360,9 mln so‘mlik qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi

DXX Navoiyda toshkentlik fuqaroning Cobalt avtomobilida 221,1 mln so‘m miqdorida qalbaki 100 ming so‘mlik pullar borligini aniqladi. Tadbir davomida jami 360,9 mln so‘mlik qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi.

Yana bir bolaning «Dok-1 Maks» iste’mol qilgandan keyin vafot etgani tasdiqlandi
8 yanvar 2023, 15:42

Yana bir bolaning «Dok-1 Maks» iste’mol qilgandan keyin vafot etgani tasdiqlandi

«Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan yana bir bolaning o‘limi haqidagi ma’lumot tasdiqlandi. Bu haqda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi oradan 18 kun o‘tib — xabarlar internetda paydo bo‘lganidan keyin ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting