«Yangi yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yuqori bosqichga ko‘taramiz» — prezident
1 yanvar 2023, 00:00

«Yangi yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yuqori bosqichga ko‘taramiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2022 yilda erishilgan yutuqlar uchun yurtdoshlarga minnatdorchilik bildirib, 2023 yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

Prezident yangi tarkibdagi hukumat oldida turgan vazifalarni belgilab berdi
30 dekabr 2022, 22:36

Prezident yangi tarkibdagi hukumat oldida turgan vazifalarni belgilab berdi

Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi tarkibdagi hukumat oldidagi vazifalar belgilab berildi. Xususan, sanoatda 5%, qishloq xo‘jaligida 3% va xizmatlar sohasida 14% dan ziyod o‘sishga erishish, biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shamollashga qarshi sirop ichgan yana bir bola vafot etdi
30 dekabr 2022, 22:01

Shamollashga qarshi sirop ichgan yana bir bola vafot etdi

Toshkentda shamollashga qarshi sirop iste’mol qilish bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etildi. Jizzax viloyatidan bo‘lgan bola buyrak yetishmovchiligi belgilari bilan poytaxt shifoxonasiga yotqizilgan. Aynan qaysi dori ekani aytilmadi.

Sobiq vazirlar o‘rinbosar lavozimlariga tayinlandi
30 dekabr 2022, 20:45

Sobiq vazirlar o‘rinbosar lavozimlariga tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan sobiq vazirlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Sherzod Xidoyatov, Nozim Xusanov, Agrippina Shin, Narzullo Oblamurodov va Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Ulug‘bek A’zamov yangi tashkil etilgan vazirliklar rahbarlarining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi
30 dekabr 2022, 19:31

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.

Prezident bir qator qo‘mita va agentliklarga yangi rahbarlar tayinladi
30 dekabr 2022, 18:53

Prezident bir qator qo‘mita va agentliklarga yangi rahbarlar tayinladi

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 9 ta qo‘mita va agentliklarga rahbarlar tayinlandi.

O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)
30 dekabr 2022, 18:40

O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashkilotga budjetdan mablag‘ ajratilganiga izoh berdi
30 dekabr 2022, 18:22

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashkilotga budjetdan mablag‘ ajratilganiga izoh berdi

Kasaba uyushmalari federatsiyasi «Gazeta.uz»ning tashkilotga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilayotgani qanchalik qonuniy ekani to‘g‘risidagi materialiga javob qaytardi. Ta’kidlanishicha, davlat subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalardan tashqari, uning faoliyatiga boshqa shakllarda ham yordam ko‘rsatishi mumkin.

Timur Ishmetov va Abdukodir Toshqulov lavozimidan ozod etildi
30 dekabr 2022, 17:57

Timur Ishmetov va Abdukodir Toshqulov lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Moliya vaziri Timur Ishmetov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri Abdukodir Toshqulov lavozimidan ozod etildi. Ular prezidentning maslahatchilari o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston hukumatlarning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida 79-o‘rinni egalladi
30 dekabr 2022, 17:06

O‘zbekiston hukumatlarning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida 79-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik indeksi bo‘yicha 44,51 ball bilan 181 ta mamlakat ichida 79-o‘rinni egalladi. MDH davlatlari o‘rtasida esa quyi o‘rinda qayd etilib, tashkilotga a’zo 9 mamlakat ichida 4-o‘rinni band etdi.

O‘zbekiston davlat qarzi 26 mlrd dollardan oshdi
30 dekabr 2022, 14:38

O‘zbekiston davlat qarzi 26 mlrd dollardan oshdi

Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning III choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarzi $26,2 mlrdni (YAIMga nisbatan 34,1%) tashkil etmoqda. Shundan davlat tashqi qarzi — $23,1 mlrd bo‘lib, asosiy kreditor tashkilotlar OTB ($5,4 mlrd), JB ($4,4 mlrd) va ITB (0,9 mlrd) hisoblanadi.

Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari faoliyati vaqtincha cheklandi
30 dekabr 2022, 14:23

Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari faoliyati vaqtincha cheklandi

Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari faoliyati qalin tuman tushishi sababli cheklandi. Parvozlar o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi
30 dekabr 2022, 13:43

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Baxtiyor Saidov TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ketdi.

Yangi yil kechasi sharqiy viloyatlarda qor yog‘ishi mumkin
30 dekabr 2022, 13:07

Yangi yil kechasi sharqiy viloyatlarda qor yog‘ishi mumkin

Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi +2…+7 darajagacha iliydi.

Samarqandda Cobalt va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi
30 dekabr 2022, 12:57

Samarqandda Cobalt va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jomboy tumanida Cobalt va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomobillarning bir nafardan yo‘lovchilari vafot etdi.

O‘zbekistonda Marion Biotech kompaniyasining barcha turdagi dorilari savdosi to‘xtatildi
30 dekabr 2022, 12:22

O‘zbekistonda Marion Biotech kompaniyasining barcha turdagi dorilari savdosi to‘xtatildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lum qilishicha, Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha turdagi dori vositalari, jumladan, yo‘talga qarshi «Ambronol» siropi savdosi vaqtincha to‘xtatildi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda «aqlli tartibga solish» loyihasi joriy etiladi
30 dekabr 2022, 11:19

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda «aqlli tartibga solish» loyihasi joriy etiladi

Prezident qarori bilan Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish belgilandi. Institutga normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bosqichida «aqlli tartibga solish» loyihasini joriy qilish yuklatiladi.

Bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi
30 dekabr 2022, 10:46

Bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

Yangi yil bayrami kunlari respublikadagi barcha tibbiyot muassasalari xodimlari navbatchilik asosida tunu kun ishlaydi. «Muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan», — deyiladi SSV xabarida.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi
30 dekabr 2022, 10:12

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 30 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 140 — 11 240 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 280 so‘m.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portladi
30 dekabr 2022, 09:48

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portladi

Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa sabab bir kishi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting