Surxondaryoda 33 yoshli mast haydovchi Labo`da kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi
3 yanvar 2023, 11:14

Surxondaryoda 33 yoshli mast haydovchi Labo`da kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi

Angor tumanida Labo kanalga tushib ketishi oqibatida 33 yoshli haydovchi vafot etdi. Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinada kanalga tushib ketgan.

O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi
3 yanvar 2023, 10:46

O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.

Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga «osmon fonusi» sababchi bo‘lgani aniqlandi
2 yanvar 2023, 22:55

Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga «osmon fonusi» sababchi bo‘lgani aniqlandi

«Buxoro-Toshkent» reysining Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga bayram kunlari temir yo‘l yaqinida uchirilgan «osmon fonusi» sabab bo‘lgani aniqlandi. U elektrovoz kollektoriga urilib, qisqa tutashuv va kontakt simining uzilishiga olib kelgan.

Toshkentdagi 31 ta OTMda darslarning boshlanish vaqti o‘zgaradi
2 yanvar 2023, 21:59

Toshkentdagi 31 ta OTMda darslarning boshlanish vaqti o‘zgaradi

Toshkentda metro bekatlari yaqinida joylashgan 31 ta oliy o‘quv yurtida darslarning boshlanish vaqti o‘zgartirildi. Ushbu qaror metrodagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida qabul qilindi. OTMlar ro‘yxati.

“Dok-1 Maks” siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 baravar yuqori bo‘lgan
2 yanvar 2023, 19:59

“Dok-1 Maks” siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 baravar yuqori bo‘lgan

Hindiston dori vositasi O‘zbekistonda kamida 19 bolaning hayotiga zomin bo‘lgan Marion Biotech kompaniyasining guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Farmatsevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga “Dok-1 Maks” tarkibidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi yo‘lovchilari jabrlandi
2 yanvar 2023, 17:48

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi yo‘lovchilari jabrlandi

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti kuchli turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yetti nafar yo‘lovchi jabrlandi.

O‘zbekistonda 3 yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmoqda
2 yanvar 2023, 15:41

O‘zbekistonda 3 yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmoqda

2 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqasidan antitsiklon kirib keladi. 3 yanvar kuni esa qariyb butun mamlakat hududini qamrab oladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 4 yanvarda antitsiklon chekinishni boshlaydi. Hafta oxiriga borib iliydi.

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida 2155 chaqaloq dunyoga keldi
2 yanvar 2023, 12:05

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida 2155 chaqaloq dunyoga keldi

2023 yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 2155 chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il bolalardir. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi.

To‘xtab qolgan Afrosiyob poyezdi yo‘lovchilariga chipta pullari qaytarib beriladi
2 yanvar 2023, 11:39

To‘xtab qolgan Afrosiyob poyezdi yo‘lovchilariga chipta pullari qaytarib beriladi

1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.

Farg‘onada «Dok-1 Maks» siropidan zaharlangan 3 yoshli bola davolanayotgani aytildi
1 yanvar 2023, 18:44

Farg‘onada «Dok-1 Maks» siropidan zaharlangan 3 yoshli bola davolanayotgani aytildi

RSHTYOIM Farg‘ona viloyat filialida quvasoylik 3 yoshli bemor bola «Dok-1 Maks» siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgani ma’lum qilindi. Uning umumiy ahvoli og‘ir, hushida.

«Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
1 yanvar 2023, 18:14

«Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2−4 yanvar kunlari Toshkent viloyatidagi «Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Humo Air aviakompaniyasi xususiylashtirilmoqda
1 yanvar 2023, 17:11

Humo Air aviakompaniyasi xususiylashtirilmoqda

Shveysariyadagi xususiy investitsiya kompaniyasi O‘zbekistonning Humo Air avikompaniyasini sotib oldi. Kelishuv miqdori 2,4 mln dollarga yaqinroqni tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi shifoxonalarga bordi
1 yanvar 2023, 16:17

Sog‘liqni saqlash vaziri Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi shifoxonalarga bordi

30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.

«Yangi yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yuqori bosqichga ko‘taramiz» — prezident
1 yanvar 2023, 00:00

«Yangi yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yuqori bosqichga ko‘taramiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2022 yilda erishilgan yutuqlar uchun yurtdoshlarga minnatdorchilik bildirib, 2023 yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

Prezident yangi tarkibdagi hukumat oldida turgan vazifalarni belgilab berdi
30 dekabr 2022, 22:36

Prezident yangi tarkibdagi hukumat oldida turgan vazifalarni belgilab berdi

Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi tarkibdagi hukumat oldidagi vazifalar belgilab berildi. Xususan, sanoatda 5%, qishloq xo‘jaligida 3% va xizmatlar sohasida 14% dan ziyod o‘sishga erishish, biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shamollashga qarshi sirop ichgan yana bir bola vafot etdi
30 dekabr 2022, 22:01

Shamollashga qarshi sirop ichgan yana bir bola vafot etdi

Toshkentda shamollashga qarshi sirop iste’mol qilish bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etildi. Jizzax viloyatidan bo‘lgan bola buyrak yetishmovchiligi belgilari bilan poytaxt shifoxonasiga yotqizilgan. Aynan qaysi dori ekani aytilmadi.

Sobiq vazirlar o‘rinbosar lavozimlariga tayinlandi
30 dekabr 2022, 20:45

Sobiq vazirlar o‘rinbosar lavozimlariga tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan sobiq vazirlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Sherzod Xidoyatov, Nozim Xusanov, Agrippina Shin, Narzullo Oblamurodov va Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Ulug‘bek A’zamov yangi tashkil etilgan vazirliklar rahbarlarining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi
30 dekabr 2022, 19:31

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.

Prezident bir qator qo‘mita va agentliklarga yangi rahbarlar tayinladi
30 dekabr 2022, 18:53

Prezident bir qator qo‘mita va agentliklarga yangi rahbarlar tayinladi

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 9 ta qo‘mita va agentliklarga rahbarlar tayinlandi.

O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)
30 dekabr 2022, 18:40

O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting