Yangi yil bayrami kunlari respublikadagi barcha tibbiyot muassasalari xodimlari navbatchilik asosida tunu kun ishlaydi. «Muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan», — deyiladi SSV xabarida.
Tijorat banklari 30 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 140 — 11 240 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 280 so‘m.
Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa sabab bir kishi jarohatlandi.
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 82 yoshida vafot etdi. U uch karra jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi edi.
«Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochgan Hindiston, aholini «Dok-1 Maks» dorisidan ogohlantira boshlagan SSV, viloyat va tuman XTBlarni yo‘q qilishni istayotgan prezident, tajriba asosida 14 ta hududda o‘qitiladigan yangi darslik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatga aloqador bo‘lgan 7 nafar tizim mutasaddisi va tibbiyot xodimi o‘z vazifasidan ozod etilgandi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva shifokorning ishdan bo‘shatilishi sababiga aniqlik kiritdi.
SSV Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi «Dok-1 Maks» kabi boshqa siroplar tarkibi ham chuqur o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i bolalar orasida shamollash, diareya va tana harorati ko‘tarilishi kuzatilganida nima qilish kerakligi borasida tavsiyalar berdi.
O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» dorisi oqibatida 19 nafar bola vafot etgandan so‘ng SSV aholini ommaviy ravishda ushbu dorini sotib olmaslik haqida ogohlantirishni boshladi. Lekin xabarda dori tarkibida zaharli modda — etilenglikol borligi qayd etilmagan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga «sog‘lomlashtirish va dam olish maskani» qurilishi uchun ajratilgan 0,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyati tasarrufiga qaytarildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, «Dok-1 Maks» siropini qabul qilib vafot etgan bolalar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan professor Mamatqul Azizov ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Termiz davlat pedagogika instituti direktori Eshbolta Qobulov va Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Abduqahhor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat va tuman XTBlarni tanqid qildi. «Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, o‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak?» — dedi prezident.
Prezident Xalqaro kongress markazida boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan darsliklar taqdimoti bilan tanishgach, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari bolalarning ta’lim jarayonida ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirish kerakligini ta’kidlab, bunda o‘zini shaxsiy misol qilib ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev «Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» nomli zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Prezident darsliklarda milliy g‘oya, ajdodlar merosi ham bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan ta’lim muassasalari uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash, ularni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish, shuningdek, matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanish taqiqlanmoqda.
Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.
Hindistonda O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga aloqador «Dok-1 Maks» dori vositasini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi ish ochildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot berish so‘raldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ketdi.
Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar 1 yanvardan 14 ta hududda tajriba asosida o‘qitiladi. «Keyingi bosqichda 5−11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting