«Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating» — Bola ombudsmani
11 aprel 2022, 16:58

«Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating» — Bola ombudsmani

Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlariga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola ombudsmani Aliya Yunusova esa «bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni» so‘rab chiqdi. «Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim», — dedi u. Vakil holatni o‘z nazoratiga oldi.

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda
11 aprel 2022, 15:13 1

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Tinkoff Global kompaniyasi O‘zbekistonda CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Onlayn to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tizim allaqachon kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan va mahalliy korxonalar bilan muzokaralarni boshlagan.

Uyushmalarga berilgan imtiyozlar sohadagi barcha ishlab chiqaruvchilarga tadbiq etiladi
11 aprel 2022, 14:59

Uyushmalarga berilgan imtiyozlar sohadagi barcha ishlab chiqaruvchilarga tadbiq etiladi

«O‘zbekipaksanoat», «O‘zcharmsanoat» va boshqa uyushmalar tomonidan qo‘llanilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari mazkur tarmoqlarning barcha subyektlariga ham tatbiq etiladi. Mazkur imtiyozlar 2017−2019 yillarda berilgan bo‘lib, ularning muddati 2023 yil 1 yanvarda tugaydi. «Gazeta.uz» ushbu imtiyozlar va sohalar ro‘yxatini e’lon qiladi.

Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etadi
11 aprel 2022, 13:40

Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etadi

Qozog‘iston ichki bozorda taqchillik yuzaga kelmasligi uchun 15 apreldan 15 iyungacha bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etmoqda.

British Management University Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda
11 aprel 2022, 13:00

British Management University Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda

Britaniya menedjment universiteti bitiruvchilari ikkita diplom, IT va biznes tahlili bo‘yicha qo‘shimcha mutaxassislik hamda ACCA, CFA, PMI va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi
11 aprel 2022, 12:59

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi

Mudofaa vazirligi havo desant xizmati harbiylarining parashyutda sakrash bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi.

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda
11 aprel 2022, 12:19

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Ayni paytda bir qator bank ilovalarida Humo kartalari bilan ishlashda uzilishlar kuzatilmoqda. To‘lov tizimi ushbu muammolar yaqin kelajakda hal qilinishi hamda uzilishlar mobil ilovalarning hammasiga ham ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

«Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz» — «o‘quvchilarimiz» izohlari
11 aprel 2022, 12:17

«Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz» — «o‘quvchilarimiz» izohlari

«Prezidentimiz birinchi raqamli», «Mirziyoyevga ehtirom», «Orzularingiz ushalsin, Shavkat Miromonovich» — bu kabi izohlar prezident bilan bog‘liq xabarlar ostida tez-tez uchrab turadi. Bu kim tomonidan nima uchun qilinayotgani va bu borada nima qilish kerakligini bilmaymiz. Ammo bunday sharhlarni o‘qish har doim qiziqarli.

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi
11 aprel 2022, 11:59

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi

Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
11 aprel 2022, 11:49

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Birinchi chorakda respublika dehqon bozorlari 2014 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht va 3583 kg ichki organlar topilib, yo‘q qilindi. Toshkent veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi poytaxtga aylanma yo‘llar bilan kirib kelayotgan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar asosan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatilishini ma’lum qildi. Eshak go‘shti masalasiga ham izoh berildi.

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi
11 aprel 2022, 11:01

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

8 aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetib kelgan. Zakarpatska viloyati rahbari Viktor Mikita ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan. Ukrainaga gumanitar yordam yuborilganligi haqida hozircha O‘zbekistonning rasmiy idoralari tomonidan xabar berilmadi.

Fransiyada prezidentlik saylovi: Makron va Le Pen ikkinchi turga o‘tdi
11 aprel 2022, 10:48

Fransiyada prezidentlik saylovi: Makron va Le Pen ikkinchi turga o‘tdi

Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi turida amaldagi davlat rahbari Emmanuel Makron 27,4 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni esa 23,41 foiz ovoz to‘plagan o‘ta o‘ngchi «Milliy birlik» partiyasidan nomzod Marin Le Pen egalladi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 aprel 2022, 09:50

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryoda viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Dilmurod Abduraxmanov tayinlandi. U bunga qadar Sayxunobod tumanidagi to‘qimachilik klasteriga rahbarlik qilgan.

Zirhli transport vositalari, kema va zenit raketalari: Britaniya Ukrainaga yordam beradi
11 aprel 2022, 09:24

Zirhli transport vositalari, kema va zenit raketalari: Britaniya Ukrainaga yordam beradi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurdi. U prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, Kiyevni aylanib chiqdi va 120 ta zirhli texnika, kemaga qarshi raketa tizimlari va Jahon banki krediti kafolati sifatida 500 mln dollar berishga va’da berdi.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi
11 aprel 2022, 09:11

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi

Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi
10 aprel 2022, 17:58

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini bildirgan muxolifat partiya uni pandemiya fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan holi qilish va’dalarini bajarmaganlikda ayblagan.

Prezident farmoni bilan bir qator eksklyuziv huquqlar bekor qilinmoqda
10 aprel 2022, 17:54

Prezident farmoni bilan bir qator eksklyuziv huquqlar bekor qilinmoqda

Prezidentning tadbirkorlik muhitini yaxshilash to‘g‘risidagi farmoni bilan bir qator kompaniya va tashkilotlarga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinmoqda. Jumladan, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha «Hududgazta’minot», haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha davlat tibbiyot muassasalarining monopoliyasiga barham berilmoqda.

MB: «Davrbank» tomonidan fuqarolarning bank kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olingani aniqlandi
10 aprel 2022, 15:42

MB: «Davrbank» tomonidan fuqarolarning bank kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olingani aniqlandi

«Davrbank» tomonidan kafil yoki birgalikda qarz oluvchi hisoblanmagan fuqarolarning bank kartalari ularning roziligisiz jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun biriktirilib, mablag‘lar yechib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Markaziy bank «Davrbank"ka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi.

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi
10 aprel 2022, 15:07

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

«Bahor qaytmaydi» videofilmi bosh qahramoni Alimardon To‘rayev rolini ijro etgan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Raqobat to‘g‘risidagi yangi qonun parlamentga may oyida taqdim etiladi
10 aprel 2022, 14:29

Raqobat to‘g‘risidagi yangi qonun parlamentga may oyida taqdim etiladi

Raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan kompaniyalarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunda moliyaviy jarimalarning aniq miqdorlari va ularni qo‘llash tartiblari bayon etiladi. Avval taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar qayta ko‘rib chiqilib, qisman bekor qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting