Rossiyaning Dnepr bo‘ylab uchirgan ballistik raketasida portlovchi moddalar bo‘lmagan — Reuters
27 noyabr 2024, 18:10

Rossiyaning Dnepr bo‘ylab uchirgan ballistik raketasida portlovchi moddalar bo‘lmagan — Reuters

O‘tgan hafta Rossiya tomonidan Ukrainaning Dnepr daryosi bo‘ylab uchirilgan “Oreshnik” o‘rta masofali ballistik raketasida portlovchi moddalar bo‘lmagan va “sezilarsiz” zarar yetkazgan, deb xabar berdi Reuters.

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi
27 noyabr 2024, 17:15

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi

O‘zbekistonga Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdi keltirildi, deya xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev. Prezident yangi yil arafasida Buxoro va Xiva o‘rtasidagi elektrlashtirilgan liniyani ham ishga tushirishi kutilmoqda.

Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi
27 noyabr 2024, 15:43

Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi

Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

“Yo‘ldosh” mavzesi hududida dendropark tashkil etish rejalashtirilmoqda — Toshkent shahar hokimligi
27 noyabr 2024, 14:44

“Yo‘ldosh” mavzesi hududida dendropark tashkil etish rejalashtirilmoqda — Toshkent shahar hokimligi

“Yo‘ldosh” mavzesi hududidagi yog‘och uylar buzilishi rejalashtirilgandi. Poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent Invest kompaniyasi mavzeda zamonaviy daraxtzor barpo etish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Yog‘och uylarda yashayotgan aholi “Yo‘ldosh” mavzesidan 1,5 km uzoqlikdagi “Gulshonobod” mahallasiga ko‘chiriladi.

Mahallalardagi faol nuroniylar har oy rag‘batlantiriladi
27 noyabr 2024, 13:53

Mahallalardagi faol nuroniylar har oy rag‘batlantiriladi

Endilikda har oy mahallalardagi faol uch nafar nuroniyga 577,5 ming so‘m pul beriladi. Buning uchun ular oilalarni kambag‘allikdan chiqarishi, farzandlarini ta’lim olishga ko‘maklashishi va piyoda yurishni targ‘ib qilishi kerak. Keksalarni sportga jalb qilish uchun mahallalarga yiliga 10 mln so‘m ajratiladi.

Isroil va “Hizbulloh” Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
27 noyabr 2024, 11:35

Isroil va “Hizbulloh” Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Isroil va “Hizbulloh” Livan-Isroil chegarasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi. Endi Isroil 60 kun ichida Livandan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kerak bo‘ladi. Netanyahu agar “Hizbulloh” kelishuvning biror qismini buzsa, Isroil zarba berishda ikkilanmasligini aytdi.

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan 30 ga yaqin sayt bloklandi
27 noyabr 2024, 11:28

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan 30 ga yaqin sayt bloklandi

Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritdi. Shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklandi.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi
27 noyabr 2024, 11:26

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Vengriya, Xorvatiya va Sloveniyadagi elchisi bo‘lgan Oybek Shaxavdinov Chernogoriyadagi birinchi elchi etib tayinlandi.

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish tartibi tasdiqlandi
27 noyabr 2024, 11:06

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish tartibi tasdiqlandi

Hukumat “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat bilan avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Andijonda 300 metrli osma ko‘prik qurilmoqda (foto)
27 noyabr 2024, 11:00

Andijonda 300 metrli osma ko‘prik qurilmoqda (foto)

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda uzunligi 300 metr bo‘lgan osma ko‘prik qurilmoqda. U turistik maskanga tegishli bo‘lib, tez orada foydalanishga topshiriladi. Ko‘prik bitgach, undan bir vaqtning o‘zida 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.

Terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 17 yoshli yigit va uning 16 nafar tanishi qo‘lga olindi
27 noyabr 2024, 10:41

Terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 17 yoshli yigit va uning 16 nafar tanishi qo‘lga olindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va DXX xodimlari tomonidan ISHID terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar aniqlandi.

Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas olib chiqildi
27 noyabr 2024, 10:24

Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas olib chiqildi

FVV qutqaruvchilari Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas`ni suvdan olib chiqdi. Haydovchi va ikki yo‘lovchining o‘zi suvdan chiqib olgan.

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
27 noyabr 2024, 01:19

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namanganning Chust tumanida transformatorni qasddan uzib, 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi mas’ullari ushlandi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Temiryo‘l va aviatsiya xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim — prezident
27 noyabr 2024, 01:02

Temiryo‘l va aviatsiya xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim — prezident

Prezident temiryo‘l va aviatsiya kompaniyalari transformatsiyasi jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. U yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, tannarxni kamaytirish muhim ekanini qayd etdi va sohaga konsalting kompaniyasi jalb qilib, aniq dastur ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.

Toshkentdagi YTHda yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi
27 noyabr 2024, 00:13

Toshkentdagi YTHda yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkent halqa avtoyo‘lida qayrilib olayotgan vaqtida boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi.

“Tolibon” hukumati davrida 250 dan ortiq holatda jurnalistlar hibsga olindi — BMT
26 noyabr 2024, 23:41

“Tolibon” hukumati davrida 250 dan ortiq holatda jurnalistlar hibsga olindi — BMT

BMTning Afg‘onistondagi missiyasi “Tolibon” uch yil avval hokimiyatni qo‘lga olganidan buyon jurnalistlarni o‘zboshimchalik bilan 256 marta hibsga olganini ma’lum qildi. Shuningdek, u yerdagi rasmiylarni ommaviy axborot vositalarini himoya qilishga chaqirdi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
26 noyabr 2024, 23:28

Rossiyada qarovsiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk va Moskva shaharlarida qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular ota-onasining ishonchnomasi asosida yaqin qarindoshlari bilan RFga borgan, ammo bu yuridik kuchga emas, deb tushuntirdi IHMA.

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi
26 noyabr 2024, 23:10

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi.

Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan uch bosh Buxoro bug‘usi ovlangani aniqlandi
26 noyabr 2024, 20:55

Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan uch bosh Buxoro bug‘usi ovlangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo hududida uch bosh Buxoro bug‘usi miltiq bilan otib o‘ldirilgani aniqlandi. Hayvonot dunyosiga 3,4 mlrd so‘m zarar hisoblanib, ovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Italiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
26 noyabr 2024, 20:37

Italiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting