O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
9 yanvar 2025, 06:58

O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va oliy darajadagi tashrifni tashkil etishni rejalashtirmoqda, deyiladi 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida. Mamlakat AQSh bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi mumkin
9 yanvar 2025, 06:45

Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, Kanadada bosh konsulxona ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Braziliya, Argentina va Amerika qit’asining boshqa davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston shaharlaridan qo‘shni mamlakatlar, xususan, Xitoyga yangi avtobus qatnovlari joriy etiladi
8 yanvar 2025, 22:23

O‘zbekiston shaharlaridan qo‘shni mamlakatlar, xususan, Xitoyga yangi avtobus qatnovlari joriy etiladi

O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Xususan, Buxoro — Turkiston, Toshkent — Ufa, Nukus — Urumchi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchilarga hamkorlik taklif qildi.

Noma’lum shaxslar reyd vaqtida Yangiyo‘l tumani ekobo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi
8 yanvar 2025, 22:04

Noma’lum shaxslar reyd vaqtida Yangiyo‘l tumani ekobo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nazorat reyd tadbiri vaqtida 4 nafar noma’lum shaxs tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi. Ular mashinasida yo‘lni to‘sib, inspektorlar faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Xodimlarga shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatildi, IIB vaziyatni o‘rganmoqda.

Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi
8 yanvar 2025, 20:53

Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan turistik klasterlarni tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Turoperator — mehmonxona — transport xizmatlarini ko‘rsatadigan, mehmonlarni saqlash va hunarmandchilik mahsulotlari sotish uchun sharoiti mavjud tadbirkorlar turistik klaster maqomini olishga ariza yuborishi mumkin.

O‘zbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri paydo bo‘ladi
8 yanvar 2025, 20:23

O‘zbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri paydo bo‘ladi

Deputatlar majburiyatlar reyestrini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Unda sud va boshqa hujjatlar bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmaydigan qarzdorlar ma’lumotlari bo‘ladi. Bunda joriy etilgan cheklovlar majburiyat bajarilgunga qadar o‘z kuchida qoladi.

Daniya, Grenlandiya va Kanada Donald Trampning hududiy da’volariga javob berdi
8 yanvar 2025, 20:06

Daniya, Grenlandiya va Kanada Donald Trampning hududiy da’volariga javob berdi

Daniya, Grenlandiya va Kanada bosh vazirlari AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning ushbu hududlar ustidan nazorat o‘rnatish istagini bildirgan bayonotlariga izoh berdi. “Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli”, — deb javob berdi grenland hukumati rahbari.

Metapnevmovirus yangi bo‘lmagan, mavsumiy va keng tarqalgan virus — JSST
8 yanvar 2025, 20:01

Metapnevmovirus yangi bo‘lmagan, mavsumiy va keng tarqalgan virus — JSST

JSST metapnevmovirus bo‘yicha izoh berarkan, u yangi virus emasligini ta’kidladi. U keng tarqalgan bo‘lib, qish va bahorda aylanib yuradi va shamollashga o‘xshash respirator alomatlarni keltirib chiqaradi. Virusli infeksiya uchun odatiy profilaktika choralari — qo‘llarni yuvish va xonani shamollatish.

BAA Isroil va AQSh bilan G‘azoni vaqtincha boshqarishni muhokama qilmoqda — Reuters
8 yanvar 2025, 19:47

BAA Isroil va AQSh bilan G‘azoni vaqtincha boshqarishni muhokama qilmoqda — Reuters

BAA Isroil va AQSh bilan Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha yopiq muzokaralar olib bormoqda, deb yozdi Reuters. Abu Dabi Falastin ma’muriyatini isloh qilish, huquq va vakolatlarini kengaytirish tarafdori.

2024-yilda 263 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilgan — Antikorrupsiya agentligi
8 yanvar 2025, 19:03

2024-yilda 263 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilgan — Antikorrupsiya agentligi

2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik 234 ta davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilgani aniqlanib, natijalari bekor qilindi, deb Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring xulosalarini e’lon qildi. Ularning aksariyati SSV, Transport vazirligi hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish taklif qilinmoqda
8 yanvar 2025, 17:38

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish taklif qilinmoqda

Qonunchilik palatasida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hujjat bilan sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxati yangilandi
8 yanvar 2025, 17:25

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxati yangilandi

Oliy sud ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Ular orasida Telegram, YouTube, Instagram`dagi va audio, video va matn formatdagi materiallar bor.

“Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi, Kanada Amerika shtatiga aylanishi kerak”. Trampning nutqidagi asosiy gaplar
8 yanvar 2025, 17:01

“Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi, Kanada Amerika shtatiga aylanishi kerak”. Trampning nutqidagi asosiy gaplar

Donald Tramp Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligi, buning uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilmasligini aytdi. U, shuningdek, Kanadani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shish uchun “iqtisodiy kuch” bilan tahdid qildi. AQShning saylangan prezidenti yana nimalar dedi — “Gazeta.uz” obzorida.

Attraksionlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi
8 yanvar 2025, 15:53

Attraksionlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan attraksionlar xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament va ularning davlat reyestrini yuritish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati asosan to‘rtta idora tomonidan amalga oshiriladi.

Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi
8 yanvar 2025, 15:44

Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi

Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
8 yanvar 2025, 15:11

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi.

Toshkent viloyatida onasi kaltaklagan 4 yoshli qiz vafot etdi
8 yanvar 2025, 13:53

Toshkent viloyatida onasi kaltaklagan 4 yoshli qiz vafot etdi

23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida fevraldan issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi
8 yanvar 2025, 12:34

Toshkent viloyatida fevraldan issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan 2025-yil fevral oyidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari narxi oshirilmoqda. Ro‘yxat.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari dekabr oyida ham kamaydi
8 yanvar 2025, 12:14

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari dekabr oyida ham kamaydi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 290 mln dollarga kamayib, 2024-yil yakuniga ko‘ra 41 mlrd 181,6 mln dollarni tashkil etdi. Yil davomida oltin narxining ko‘tarilishi fonida rezervlar qiymati 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi.

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar
8 yanvar 2025, 11:22

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting