Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi.
Yandex Go ilovasida Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushdi. Buyurtmalar, jumladan, qahva, fastfud, yangi sabzavot va mevalar oshxonalari bo‘lgan uchta ombordan yetkazib beriladi. Lavka 2025-yil oxirigacha shaharda 12 tagacha shunday darkstorlar ochishni rejalashtirmoqda.
Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori — 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum?
“Adolat” va Ekopartiya tomonidan ishlab chiqilgan madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ushbu tashabbus prezident tomonidan ma’qullangandi.
BAAda o‘tgan hafta bedarak yo‘qolgan ravvin Zvi Kogan o‘lik holda topildi. Isroil uni Eron bilan aloqador O‘zbekiston fuqarolari o‘ldirgan deb gumon qilmoqda. BAA Ichki ishlar vazirligi gumonlanuvchilar hibsga olingani haqida xabar berdi, ammo ular haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi.
O‘zbekistonda 10 oy ichida oiladagi zo‘ravonlik uchun 15 mingdan ortiq odam ma’muriy javobgarlikka, 399 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan qo‘mitalar yig‘ilishlarida 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qo‘mitalar faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib muhokama qilindi va konseptual jihatdan ma’qullandi.
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning yordamchisi va qabulxonasi mudiri Sarvar Ashurov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shuhrat Ibragimov egalladi.
Sho‘rchi tumanida 40 yoshli erkak pul ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tanishining pullarini o‘zlashtirish maqsadida uni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Fuqaro jabrlanuvchining murdasini hovlisidagi chuqurga ko‘mib qo‘ygan. Sud ayblanuvchini 19 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.
Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi turida o‘ta o‘ng, YeI va NATOni tanqid qilgan mustaqil nomzod Kelin Jeorjesku kutilmaganda yetakchiga aylandi. Keyingi o‘rinni amaldagi bosh vazir Marchel Cholaku egalladi. Ikkinchi tur 8-dekabrga belgilangan.
O‘zbekistonning katta qismida haftaning birinchi yarmi iliq o‘tadi, harorat kunduzi +15…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa nam havo kirib kelishi boshlanadi va juma kuni +10 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev barcha davlat ijro hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkentga ko‘chirish rejalarini ma’lum qildi. “Tasavvur qiling, katta mashinalar kelmaydi, tirbandlik bo‘lmaydi, odamlar esa bundan faqat foyda ko‘radi”, — dedi u.
Prezident farmoni bilan qonunchilikka tadbirkorlar faoliyatini tekshirish jarayonida biznes ombudsmanni xabardor qilish talabi kiritilmoqda. Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
O‘zbekiston hafta boshida Turkmaniston issig‘i va Qozog‘iston sovug‘i orasida qolib ketadi. Janubda harorat +24 gacha ko‘tariladi, vodiy esa tumanlar hisobiga kunduzi ham sovuq bo‘ladi. Hafta oxiri Kaspiydan yog‘ingarchilik kelib, butun mamlakatda harorat pasayadi. Shu hafta ko‘p joylarga ilk qor tushishi mumkin.
IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Axrorjon Atxamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayev va IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi.
Bokuda o‘tgan COP29 iqlim sammitida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda yordam sifatida yiliga 300 mlrd dollar ajratishga kelishildi. Ammo qatnashchilarning ayrimlari tashabbusni tanqid qilib, bu miqdor muammo ko‘lami uchun yetarli emas, demoqda.
Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bungacha vazirlik rahbarining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
2024-yil 22 va 23-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i Yangi Nafas umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan keng ko‘lamli sport tadbiri — Talaba Yugur talabalar ommaviy yugurish musobaqasining yakuniy bosqichi markaziga aylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting