Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yangi rahbar tayinlandi
8 yanvar 2025, 11:04

Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yangi rahbar tayinlandi

Ilyas Nurimbetov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi
8 yanvar 2025, 10:56

Iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
8 yanvar 2025, 09:46 1

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sochi — Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyotda mast erkak bort kuzatuvchi qizning tanasini bir necha marta ushlab, shahvoniy shilqimlik qildi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi
8 yanvar 2025, 01:12 3

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi

O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi.

Tungi barni reklama qilish uchun qizlarning ketiga urgan yigit 5 sutkaga qamaldi
7 yanvar 2025, 23:34 2

Tungi barni reklama qilish uchun qizlarning ketiga urgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkent sudi bar reklamasida yetti qizning keti va oyog‘iga urgan yigitni 5 sutkaga qamadi. U bar reklama uchun pul to‘lamaganini aytib, qilgan ishi qanday oqibatlarga olib kelishini tushunganini bildirdi va holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi. Bar ma’muriyatiga nisbatan jazo belgilanmadi.

Toshkent hokimi issiqlik ta’minoti subsidiyalari uchun 100 mlrd so‘m ajratish qarorini yashirib qo‘ydi, ammo uy olgan yetim bolalar ma’lumotlarini e’lon qildi
7 yanvar 2025, 20:16

Toshkent hokimi issiqlik ta’minoti subsidiyalari uchun 100 mlrd so‘m ajratish qarorini yashirib qo‘ydi, ammo uy olgan yetim bolalar ma’lumotlarini e’lon qildi

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov issiqlik ta’minotiga subsidiya uchun 100 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror imzoladi va hujjatni cheklashni talab qiluvchi ma’lumotlar bo‘lmasa-da, uni yashirib qo‘ydi, yozdi Daryo. Yetim bolalarga uy-joy ajratish qarori esa ism-shariflar va manzillar ochiq holda e’lon qilindi.

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi
7 yanvar 2025, 19:27

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yuz bergan zilzila yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi
7 yanvar 2025, 19:03 1

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yuz bergan zilzila yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy janubi-g‘arbidagi kuchli zilzila oqibatida yuzga yaqin inson halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. U qurbonlar oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezroq shifo topishini tiladi.

Utair’ning Peterburg-Samarqand reysi Vnukovoga favqulodda qo‘ndi
7 yanvar 2025, 18:45

Utair’ning Peterburg-Samarqand reysi Vnukovoga favqulodda qo‘ndi

Utair aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchayotgan samolyoti stabilizatordagi nosozlik tufayli Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Qibrayda dorilarni elektron retsept asosida berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
7 yanvar 2025, 18:12

Qibrayda dorilarni elektron retsept asosida berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatining Qibray tumanida dorilar retseptini elektron yozish va berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Pilot loyihada tuman markaziy poliklinikasi va 8 ta dorixona qamrab olingan.

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari sonini 20 tagacha chekladi
7 yanvar 2025, 17:48

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari sonini 20 tagacha chekladi

Markaziy bank bir mijozga beriladigan bank kartalari sonini vaqtincha chekladi. Endi bir bankda 5 tagacha, jami esa 20 tagacha, shu jumladan, virtual va kobeydjing kartalarini (valyuta kartalaridan tashqari) olish mumkin. Agar bir yil davomida kartadan foydalanilmasa, banklar ularni bloklaydi.

Koreya sudi prezident Yun Sok Yolning hibsga olinishiga oid orderni uzaytirdi
7 yanvar 2025, 17:26

Koreya sudi prezident Yun Sok Yolning hibsga olinishiga oid orderni uzaytirdi

Seul okrug sudi mamlakatda harbiy holat joriy etilgani uchun impichment e’lon qilingan prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini uzaytirdi. Tergovchilarning Yunni ushlashga bo‘lgan avvalgi urinishlari qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi
7 yanvar 2025, 16:36

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Toshkentdagi Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazilgani oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

Islom taraqqiyot banki guruhi O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratadi
7 yanvar 2025, 15:59

Islom taraqqiyot banki guruhi O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratadi

O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun bank va Islom birdamligi taraqqiyot jamg‘armasi 40 mln dollar ajratadi.

O‘zbekiston noyabr oyida oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi
7 yanvar 2025, 15:53

O‘zbekiston noyabr oyida oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib oldi va ushbu qimmatbaho metallni eng ko‘p xarid qilgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotidan so‘ng Daniya o‘z gerbini o‘zgartirdi
7 yanvar 2025, 15:06

Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotidan so‘ng Daniya o‘z gerbini o‘zgartirdi

Daniya qiroli Trampning orolni sotib olish haqidagi bayonotidan keyin mamlakat gerbini o‘zgartirib, unda Grenlandiya ramzini kattalashtirdi. Dizayn Farer orollari va Grenlandiya ustidan nazoratni saqlab qolish niyatini ko‘rsatadi. Avvalroq Daniya bosh vaziri Trampga “Grenlandiya sotilmaydi” deya javob bergandi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
7 yanvar 2025, 14:47

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Davlat qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Hukumat qaroriga ko‘ra, “yashil” iste’mol kreditlari ajratiladigan xizmatlar turi ko‘paytirilmoqda.

Qanot Sharq aviakompaniyasi 20 dan ortiq reysini bekor qildi
7 yanvar 2025, 14:31

Qanot Sharq aviakompaniyasi 20 dan ortiq reysini bekor qildi

Qanot Sharq aviakompaniyasi A320 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish tufayli yanvar-mart oylariga mo‘ljallangan 20 dan ortiq reysini to‘xtatadi. Ularning aksariyati O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga borib qaytish reyslaridir.

Tibetda 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
7 yanvar 2025, 13:52

Tibetda 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Tibetning baland tog‘li tumanlaridan birida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kamida 53 kishi halok bo‘ldi, 62 kishi jarohat oldi. Zilzilalar Nepal, Butan va Hindistonda ham sezildi.

O‘zbekistondagi vazirlik va hokimliklarga mebel va ofis jihozlari xarajatlarini qisqartirish topshirildi
7 yanvar 2025, 13:12

O‘zbekistondagi vazirlik va hokimliklarga mebel va ofis jihozlari xarajatlarini qisqartirish topshirildi

O‘zbekiston prezidenti vazirlik, idora va hokimliklarga 2025-yilda budjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi. Davlat organlariga ish haqini oshirish, xizmat avtomobillari, qimmatbaho mebel va ofis jihozlarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish taqiqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting