Germaniya kansleri Olaf Shols ikkinchi muddatga saylanmoqchi, uning potensial raqibi nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi
22 noyabr 2024, 15:14

Germaniya kansleri Olaf Shols ikkinchi muddatga saylanmoqchi, uning potensial raqibi nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bo‘lajak saylovlarda Sotsial-demokratik partiyadan kanslerlikka nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortdi va amaldagi kansler Olaf Sholsni qo‘llab-quvvatladi. Partiya a’zolari avvalroq Pistoriusni o‘z nomzodini ko‘rsatishga chaqirgandi.

Xorijdagi faol o‘zbekistonliklarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy qilindi
22 noyabr 2024, 14:10

Xorijdagi faol o‘zbekistonliklarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy qilindi

Xorijda yashab O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy hayotida faol bo‘lgan vatandoshlarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy etildi. Guvohnoma olgan nomzod va uning oila a’zolariga mamlakat vizasi, ayrim davlat xizmatlari va turar joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish masalalarida imtiyozlar beriladi.

Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. Asosiy ma’lumotlar
22 noyabr 2024, 13:12

Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. Asosiy ma’lumotlar

Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. “Hukumatni chinakam xalq xizmatchisiga aylantirish, oddiy insonlarning muammolarini hal etish — faoliyatimizning asosiy mezoni”, — dedi u. “Gazeta.uz” hukumat rahbarining nutqidagi asosiy tezislarni keltiradi.

“O‘zbekistonda kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi” — MHTI
22 noyabr 2024, 11:08

“O‘zbekistonda kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi” — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlillarga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan.

“T-Bank”: Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha qanday o‘tkazish mumkin
22 noyabr 2024, 11:00

“T-Bank”: Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha qanday o‘tkazish mumkin

Endi “T-Bank” bilan Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish mumkin.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
22 noyabr 2024, 10:56

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +10…+15, kechalari 0…−3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi
22 noyabr 2024, 10:52

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi

Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni yaxshilashga qaratilgan farmon imzolandi. Unga ko‘ra, yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi. 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Homiladorlar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Umra tadbirlarini o‘tkazish uchun litsenziya olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi
22 noyabr 2024, 09:38

Umra tadbirlarini o‘tkazish uchun litsenziya olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

Diniy qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya qo‘lga kiritgan 12 ta turfirma ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda bo‘lmagan firmalarning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Toshkentda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasi ishga tushdi
21 noyabr 2024, 23:36

Toshkentda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasi ishga tushdi

IHMA Toshkentda Yandex Go bilan birgalikda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasini ishga tushirdi. Xizmat ilovada narx o‘zgarmagan holda maxsus funksiyalarni, masalan, nogironlar aravachasidagi foydalanuvchilarga yordam, nutqi va eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun chatni o‘z ichiga oladi.

Toshkentdagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlari 19 kunga yopiladi
21 noyabr 2024, 23:15

Toshkentdagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlari 19 kunga yopiladi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari boshlangani sababli Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlarida 22-noyabrdan 10-dekabrgacha harakat cheklanadi.

Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador qiz operatsiya vaqtida vafot etdi
21 noyabr 2024, 23:00

Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador qiz operatsiya vaqtida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida shifokorlar aybi bilan homilador qiz va uning homilasi halok bo‘lgani haqida video tarqaldi. SSV shifokorlar bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli operatsiya qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashdi
21 noyabr 2024, 22:36

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashdi

Prezident Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar ikki mamlakat bosh prokuraturalarining terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyadagi elchi etib ham tayinlandi
21 noyabr 2024, 22:29

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyadagi elchi etib ham tayinlandi

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov bir vaqtning o‘zida Niderlandiyadagi elchi etib ham tayinlandi. U Niderlandiya TIV Protokol departamenti direktori Xans Akerbumga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

2025-yilda 200 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborish rejalashtirilmoqda — bosh vazir
21 noyabr 2024, 22:19

2025-yilda 200 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborish rejalashtirilmoqda — bosh vazir

O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Abdulla Aripov kasbiy mahorat va chet tillariga o‘qitish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda payshanbani “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda
21 noyabr 2024, 22:07

O‘zbekistonda payshanbani “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda har payshanba kunini “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilindi. OTMlar va hokimliklarda yoshlar sport ligalari tashkil etish, sport klublari ochish rejalashtirilmoqda.

Gaaga sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
21 noyabr 2024, 20:06

Gaaga sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi

Gaagadagi xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berdi. Ular G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar sodir qilishda ayblanmoqda.

O‘zbekiston hukumati a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi va tayinlandi. Barcha vazirlar o‘z joyida qoldi
21 noyabr 2024, 17:34

O‘zbekiston hukumati a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi va tayinlandi. Barcha vazirlar o‘z joyida qoldi

Qonunchilik palatasi deputatlari hukumat a’zoligiga 24 nafar nomzodlarni ma’qulladi (to‘liq ro‘yxat). Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.

UzAuto Motors 22-noyabrda Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi
21 noyabr 2024, 16:20

UzAuto Motors 22-noyabrda Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 22-noyabr kuni soat 10:00 da Cobalt Style va Midnight modifikatsiyalari uchun onlayn shartnoma ochilishini e’lon qildi.

Lotte City Hotel Tashkent mehmonxonasi 20 mln dollarga xususiylashtirildi
21 noyabr 2024, 16:17

Lotte City Hotel Tashkent mehmonxonasi 20 mln dollarga xususiylashtirildi

Toshkentdagi Lotte mehmonxonasining davlat ulushi 20 mln dollarga sotildi, deb xabar qildi Davaktiv. Uning xaridori Alfa Invest sug‘urta kompaniyasi bo‘ldi.

Rossiya Ukrainaga o‘rta masofali ballistik raketa bilan hujum qildi
21 noyabr 2024, 15:58

Rossiya Ukrainaga o‘rta masofali ballistik raketa bilan hujum qildi

Ukraina havo kuchlari 21-noyabr kuni ertalab Rossiya Dnepr shahriga turli xil raketalar, jumladan, ballistik raketa bilan hujum qilganini bildirdi. Vladimir Putin zarbani tasdiqladi va Rossiya eng yangi o‘rta masofali ballistik raketani ishlatganini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting