Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
24 noyabr 2024, 11:38

Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Uch politsiyachi yaralandi, hujum qilgan shaxsning o‘zi o‘ldirildi. Hududda mahalliy aholining G‘azodagi harakatlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez bo‘lib turadi.

Toshkentda uy-joy bozorida daromadlilik tushib bormoqda — MHTI
24 noyabr 2024, 10:18

Toshkentda uy-joy bozorida daromadlilik tushib bormoqda — MHTI

Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiya daromadliligi tushib bormoqda. Fevral oyida ko‘chmas mulkka investitsiyalarning rentabelligi o‘rtacha 32,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida u 12,2 foizga tushdi, deya qayd etadi MHTI.

Toshkentda fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
24 noyabr 2024, 09:08

Toshkentda fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan “Men dunyoni shunday ko‘rdim” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishdan tabiat va odamlarni aks ettiruvchi 50 ta asar o‘rin olgan.

O‘zbekiston va Kuvayt savdo tartiblarini osonlashtirishga kelishib oldi
24 noyabr 2024, 08:52

O‘zbekiston va Kuvayt savdo tartiblarini osonlashtirishga kelishib oldi

Toshkentda O‘zbekiston va Kuvayt delegatsiyalari Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazdi. Tomonlar savdo tartib-qoidalarini soddalashtirishga kelishib oldi va imtiyozli savdo bitimini imzolash imkoniyatlarini muhokama qildi.

Xitoyning CAMCЕ kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi
24 noyabr 2024, 08:38

Xitoyning CAMCЕ kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi

Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazildi
23 noyabr 2024, 20:59

Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazildi

Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi. DXXning sobiq rahbari general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ixtiyoriga o‘tkazildi.

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi
23 noyabr 2024, 19:24

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi
23 noyabr 2024, 19:14

DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan olindi. U 2019-yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 noyabr 2024, 17:50

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda. Ulardagi rahbar va o‘qituvchilar malakasini oshirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Prezident Toshkentda “yashil belbog‘” yaratish loyihasi doirasida daraxt ekdi (foto)
23 noyabr 2024, 14:40

Prezident Toshkentda “yashil belbog‘” yaratish loyihasi doirasida daraxt ekdi (foto)

Prezident Toshkent atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida daraxt o‘tqazdi. Yangi bog‘ poytaxt halqa yo‘li bo‘ylab yaratilmoqda. Tadbirda hukumat a’zolari, jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar ishtirok etdi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham shunday bog‘lar barpo etilmoqda.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
23 noyabr 2024, 13:53

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi (2−3 ball).

“Aholi rozi bo‘lsa, ko‘chirish choralari ko‘riladi”. Hukumat — Boysundagi Kofrun aholisini evakuatsiya qilish haqida
23 noyabr 2024, 13:42

“Aholi rozi bo‘lsa, ko‘chirish choralari ko‘riladi”. Hukumat — Boysundagi Kofrun aholisini evakuatsiya qilish haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryoning Boysun tumaniga texnogen falokatdan so‘ng ikki marta bordi, deydi uning matbuot xizmati. Hukumat rahbari mahalliy aholi bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda
23 noyabr 2024, 13:00

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Ispaniya va Portugaliyaga tashrif buyurib, top universitetlar hamda mashhur Real Madrid fondi bilan shartnomalar imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Nima tayyorlaymiz: pechenye
23 noyabr 2024, 10:53

Nima tayyorlaymiz: pechenye

“Alfaxores” pechenyesi, zanjabilli pryaniklar, “Qahva donalari” pechenyesi, olmali pechenye va boshqa pechenye retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” xodimlari 1600 dollar bilan ushlandi
22 noyabr 2024, 23:42

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” xodimlari 1600 dollar bilan ushlandi

DXX Olmaliq shahrida “Toshkent viloyati suv ta’minoti"ning ikki nafar mutaxassisini 1600 dollar pora bilan qo‘lga oldi. Ular shifoxonaga qo‘llangan dalolatnoma va hisob-kitob qilingan zararni bartaraf qilib berishni va’da qilgan.

Xitoylik investorlar Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi
22 noyabr 2024, 23:31

Xitoylik investorlar Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid rejalarga ko‘ra, kelasi yilda 425 ming aholini ishli qilib, 320 mln dollar eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, xitoylik investorlar mis va kumush konlariga investitsiya kiritish orqali ikki ming ish o‘rni yaratishni taklif qilmoqda.

Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
22 noyabr 2024, 23:15

Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi

Toshkent aeroportida ilk bor eshitish qobiliyati cheklangan sakkiz nafar fuqaro yuk aravachasi operatori sifatida ish boshladi. Uzbekistan Airports frontlayn personallarni imo-ishora tiliga o‘qitish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Xorazmga 2025-yilda 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2024, 23:01

Xorazmga 2025-yilda 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

Prezident huzurida 2025-yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, bu orqali ish o‘rinlari va korxonalar yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 44 ta maktab va bog‘cha ta’mirlanib, DXSh asosida yangilari quriladi.

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini vaqtincha chekladi
22 noyabr 2024, 22:28

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini vaqtincha chekladi

Qirg‘iziston YOIIdan tashqariga ko‘mir eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi. Cheklov “O‘zkimyoimpeks” 2023-yilda ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan “Qirg‘izko‘mur"ga ta’sir qilmaydi. Mamlakat toshko‘mir eksportining 85%, qo‘ng‘ir ko‘mirning 95,7% qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

2025-yildan madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshlarini oshirish rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2024, 22:12

2025-yildan madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshlarini oshirish rejalashtirilmoqda

Prezidentga madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimot qilindi. Rejaga ko‘ra, hududlardagi teatr binolari mukammal ta’mirlanib, ta’lim muassasalarida teatr jamoalari tuziladi. 2025-yildan shu soha xodimlarining ish haqi oshirilib, moddiy manfaat KPI ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting