Surxondaryoda 11 kg «gashish»ni O‘zbekistonga olib kirishga uringanlar ushlandi
27 oktabr 2022, 12:16

Surxondaryoda 11 kg «gashish»ni O‘zbekistonga olib kirishga uringanlar ushlandi

Surxondaryo viloyatida 11 kg «gashish» giyohvandlik moddasini mamlakatga olib o‘tishga uringanlikda gumonlangan 11 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ilon Mask nihoyat Twitter`ni sotib oldi
27 oktabr 2022, 11:10

Ilon Mask nihoyat Twitter`ni sotib oldi

Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask uzoq davom etgan murosasiz fikrlardan so‘ng Twitter`ni sotib oldi. Tadbirkor dastlab aprel oyida kompaniyaga ega chiqish istagini bildirgandi.

«Eshitish akademiyasi» «1+1» aksiyasini o‘tkazmoqda: ikkinchi eshitish apparati — bepul
27 oktabr 2022, 11:00

«Eshitish akademiyasi» «1+1» aksiyasini o‘tkazmoqda: ikkinchi eshitish apparati — bepul

«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatining yo‘qolishi qanday namoyon bo‘lishi va eshitish uskunasining taqilishi muhimligi haqida gapirib berdi. Hamda kuzning oxirigacha markazda Aurica Pixel 860 eshitish vositalariga «1+1» aksiyasi amal qiladi.

Yil oxirigacha 572 ta mahallada tibbiyot punkti tashkil etiladi
27 oktabr 2022, 10:52

Yil oxirigacha 572 ta mahallada tibbiyot punkti tashkil etiladi

Prezident 2 oyda 300 ta mahallada tibbiyot punkti ochish bo‘yicha topshiriq berdi. Martgacha punktlar oilaviy poliklinikalardan 10 km uzoqlikdagi 272 ta mahallada ham paydo bo‘ladi. Yana 640 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi. Qolaversa, shifokorlarning maoshini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi.

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani aytilmoqda
27 oktabr 2022, 10:50

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani aytilmoqda

Samarqandda IIO xodimlari mahbusga qiynoqlar qo‘llagani oqibatida uning uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari borligi aytilmoqda. Ombudsman vakili mahbus bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini SSV tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi
27 oktabr 2022, 10:14

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini SSV tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash va dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.

Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
27 oktabr 2022, 09:39

Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlari faoliyati tiklanadi. Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi
27 oktabr 2022, 09:35

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi

Markaziy bank 27-oktabr uchun dollar kursini 11 155,12 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.

Xalq banki xizmatlar va turizm sohasini rivojlantirishga yordam bermoqda
27 oktabr 2022, 09:00

Xalq banki xizmatlar va turizm sohasini rivojlantirishga yordam bermoqda

Xalq banki tomonidan turizm sohasini rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslarga mehmonxona va xostellar faoliyatini tashkil etish uchun 22 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Namangan viloyati hokimligiga tegishli mashina 5 yoshli bolani urib ketgani aytilmoqda
27 oktabr 2022, 01:57

Namangan viloyati hokimligiga tegishli mashina 5 yoshli bolani urib ketgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi Land Cruiser mashinasi 5 yoshli bolani urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bayonotiga ko‘ra, voqea 7 oktabrda sodir bo‘lgan. Shuningdek, hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani va holat IIB tomonidan rasmiylashtirilgani qayd etildi.

26 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 oktabr 2022, 22:00

26 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent metrosidagi stansiyalarda nogironligi bor shaxslarga sharoitlar yaratilishi, Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh bergan Akmal Saidov, janjal sabab xotinini urib o‘ldirgan sirdaryolik erkak, Toshkent bosh rejasini ishlab chiquvchilar bilan suhbat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

UzAuto Motors 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
26 oktabr 2022, 21:51

UzAuto Motors 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023 yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Toshkent metrosining barcha stansiyalarida nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi
26 oktabr 2022, 21:15 1

Toshkent metrosining barcha stansiyalarida nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

Senat Kengashi majlisida avtovokzallar, metro stansiyalari, bekatlarda panduslar yo‘qligi, nogironlarga sharoitlar yaratilmagani, hojatxonalar, yo‘l infratuzilmalari va ko‘priklar bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligi sharoitlar kelgusi ikki yilda yaratilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston shimolida mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha taktik o‘quv o‘tkazildi
26 oktabr 2022, 18:26

O‘zbekiston shimolida mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha taktik o‘quv o‘tkazildi

O‘zbekiston harbiylari va kuch tuzilmalari shimolda mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha majmuaviy taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Ularda jangovar navbatchilik o‘tkazayotgan chegarachilarga shartli terrorchilar hujumini qaytarish, garovga olinganlarni ozod etish va boshqalar bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

Toshkent bosh rejasini ishlab chiquvchilar zamonaviy mahallani qanday ko‘rmoqda?
26 oktabr 2022, 18:20

Toshkent bosh rejasini ishlab chiquvchilar zamonaviy mahallani qanday ko‘rmoqda?

Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi mualliflari ayrim ko‘chalarga avtomobil katnovini cheklashni, velosiped yo‘laklari hisobiga yo‘l qismini toraytirib, ko‘p qavatli uylar joylashgan mavzelarni mahalla tamoyili asosida ko‘kalamzorlashtirishni taklif qilmoqda.

O‘zbekiston termasi ilk bor o‘q otish sporti bo‘yicha JCHda kumush medalini qo‘lga kiritdi
26 oktabr 2022, 18:09

O‘zbekiston termasi ilk bor o‘q otish sporti bo‘yicha JCHda kumush medalini qo‘lga kiritdi

Qohirada (Misr) bo‘lib o‘tgan o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

UNICEF barcha davlatlarni bolalarga global isish sharoitida yashashni o‘rgatishga chaqirdi
26 oktabr 2022, 17:55

UNICEF barcha davlatlarni bolalarga global isish sharoitida yashashni o‘rgatishga chaqirdi

UNICEF haddan tashqari issiq harorat bolalar yashash sharoitiga, xavfsizligiga, ovqatlanishiga va suvdan foydalanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashkilotning ma’lum qilishicha, hozirda taxminan 559 mln bola o‘ta issiq iqlim sharoitida yashaydi.

G‘afur G‘ulom bog‘i nomi o‘zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi
26 oktabr 2022, 16:58

G‘afur G‘ulom bog‘i nomi o‘zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i «Dream Park» nomi bilan qayta ochilganidan so‘ng, uning nomlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman hokimi maslahatchisi Botir Rasulov bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinishi va G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qolishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Turkiya chegaralarda axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlik qiladi
26 oktabr 2022, 16:31

O‘zbekiston va Turkiya chegaralarda axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlik qiladi

Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston hamda Turkiya hukumatlari o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.

O‘zbekiston poytaxtini boshqa hududga ko‘chirish rejalashtirilmayapti. Nega?
26 oktabr 2022, 15:53

O‘zbekiston poytaxtini boshqa hududga ko‘chirish rejalashtirilmayapti. Nega?

Toshkentning 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi loyihasida poytaxtni boshqa hududga ko‘chirish ko‘zda tutilmagan. Biroq, «ToshkentboshplanLITI»ga ko‘ra, ma’muriy markaz qisman «Yangi Toshkent»ga ko‘chadi. Institut mutaxassislarining qayd etishicha, shoshilinch ko‘chish muammolar keltirib chiqarishi ham mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting