O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Ta’til 9 noyabrgacha davom etib, darslar 10 noyabrdan boshlanadi.
Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.
Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Nurobod tumanida xususiy korxona rahbari $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Namangan va Andijonda esa jami 5,8 mlrd so‘m kredit mablag‘i boshqa maqsadlarga sarflab yuborilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyevga Maxtamquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. «O‘zbekistonda, Turkmanistonda bo‘lgani kabi, ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda», — deya ta’kidladi prezident oliygohga tashrifi davomidagi nutqida.
Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat O‘zbekistonga bug‘doy, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Olot tumanida mashinadagi qurol o‘z-o‘zidan otilib ketishi oqibatida ayol oyog‘idan jarohat oldi.
Prezident qarori bilan 1 yanvardan Kadastr agentligining o‘zi hududiy tuzilmalar faoliyatini tashkil etadi. Hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar aralashishi yoki ta’sir o‘tkazishi qat’iy taqiqlanadi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbariga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi.
O‘zgidrometning xabar berishicha, shanba kuni havo iliq, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Yakshanbadan ob-havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
22 oktabr soat 12:00 dan 23 oktabr soat 24:00 gacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasayadi va vaqtincha ta’minotdan uziladi. Mahallalar ro‘yxati.
Diplomat University xususiy oliygohi 2022−2023 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish muddatini 28 oktabrgacha uzaytirdi.
Prezident qarori bilan bir qator amaldorlar ogohlantirildi. Ularning orasida suv xo‘jaligi vaziri, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi ham bor.
BAAning yirik port operatorlaridan biri O‘zbekistonda transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda. Kompaniya Toshkent viloyatida logistika markazi qurishga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, ikki mamlakat o‘rtasida elektr eneregetikasi, bojxona ishi, veterinariya va chorvachilik, kinematografiya va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Markaziy bank 21-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 136,41 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari dollar kursining yangi qiymatini e’lon qildi.
Senat raisi ayollar va bolalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida amaldagi qonunlar yangilanishi mumkinligini ta’kidladi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade bu borada nafaqat hokimiyat, balki jamiyatning o‘zi ham ishtirok etishi muhimligini qayd etdi.
22−26 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr — davlat tili bayrami bilan o‘zbek xalqini tabrikladi. Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o‘zbekchalashtirish, o‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at hamda so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifadir, deya ta’kidladi prezident.
Toshkentda xavfli harakatlangan avtomobil Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarining o‘rinbosariga biriktirilgan, deya ma’lum qildi SES matbuot xizmati. Haydovchi oila a’zolaridan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli qoidabuzgani aytilmoqda. U bilan “tushuntirish-targ‘ibot ishlari” olib borildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting