YUNISEF o‘smirlarning ruhiy salomatligini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi ilk tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarning katta qismi (15,4%) o‘rtacha va o‘ta og‘ir bezovtalik va depressiyadan (9,8%) aziyat chekmoqda. Tadqiqot xulosasi va tavsiyalari — «Gazeta.uz» materialida.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida -102 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Adhamjon Ergashev terma jamoa hisobiga 3 ta oltin medal keltirgandi.
Uchko‘prik tuman hokimligi binosida bir vaqtning o‘zida 16 nafar fermer o‘z yerlaridan «ixtiyoriy» voz kechish uchun ariza rasmiylashtirgani ma’lum bo‘ldi. Buning uchun notarius ham hokimlikka chaqirilgan. Adliya vazirligi buni prezident farmoniga zid deb topdi va arizalarni bekor qilish bo‘yicha choralarni boshladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani tayyorlaydi. Tomonlar dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalasi sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.
O‘zbekiston prezidenti Turkiya shimolidagi shaxtada yuzaga kelgan portlashda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘ldi.
YeTTB hamda SmartGov konsalting byurosi hamkorlikda O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturini ishga tushirdi. Unda tajribali tadbirkorlar biznesga endi kirib kelayotgan xotin-qizlarga ko‘maklashadi. Loyiha ayollar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, dedi Aziza Umarova.
Tanzila Narbayeva «Better Cotton Initiative» (BCI) nodavlat notijorat tashkiloti menejeri Reychel Bekket bilan uchrashdi. Unda BCI`ning Toshkentdagi vakolatxonasini tez kunlarda ta’sis etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yakshanba kuni «Business Run» marafoni o‘tkazilishi sabab Islom Karimov, Afrosiyob hamda Sharof Rashidov ko‘chalari soat 06:00 dan soat 11:00 gacha yopiladi.
Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ko‘pkurash bahslarida Nodir Norboyev, balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva oltin medal oldi. Avvalroq, 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrash bahsida oltin medalga ega chiqqandi.
Toshkent viloyatida 3 nafar harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga uringani xabar qilingandi. Mudofaa vazirligi qo‘lga olinganlar vazirlikka aloqasi yo‘qligini, ular IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ekanini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Hujjat pensiya bilan bog‘liq barcha yuridik masalalarni tartibga soladi.
«Namangan-Nanay» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Cobalt avtomobili to‘xtatilganda, salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Fuqaro pullarni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Jeymi Oliver retseptidagi kish, sabzavotli, tovuq va pomidorli kish, pishloq-qo‘ziqorinli usti ochiq pirog, tunets balig‘i va ismaloq solib pishirilgan kish va boshqalar — Zira.uz noodatiy taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun mazali ochiq piroglar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MDH sammitida RF rahbari Vladimir Putinga uning mamlakati Rossiya manfaatlariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani hamda o‘zaro hurmatni xohlashini aytdi. U RFdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga sobiq Ittifoq vaqtida bo‘lganidek munosabat qilmasligini so‘radi.
Sho‘rchi tumanida 14 yoshli voyaga yetmagan fuqaro Nexia avtomashinasi bilan YTH sodir etdi. Oqibatda mashinadagi 2008 yilda tug‘ilgan o‘smir halok bo‘ldi.
Davlatobod tumanidagi 58-maktabda «Geografiya» fani o‘qituvchisi o‘zi rahbarlik qilayotgan 5-«v» sinfdagi o‘quvchini xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, kaltakladi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan har qanday holatda og‘ir va vazminlik saqlashni so‘radi.
MDH davlatlarini savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirgan O‘zbekiston, narxi oshgan turar-joylar, Volkswagen urib yuborishi natijasida vafot etgan 64 yoshli ayol, ajralishlar soni ko‘paygani, bir nechta elektron raqamli imzoga ega bo‘lish imkoniyati va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Yangi tahrirdagi Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron imzoga ega bo‘lishi mumkin, faqat u 2 yilga beriladi. Har bir kalitning sertifikati alohida ro‘yxatga olinadi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilalari bag‘riga qaytarildi. Ular Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlik kafolatlari asosida hibsxonadan chiqarildi. Avvalroq 34 nafar gumondor ham ozodlikka chiqarilgandi.
Samarqandda Volkswagen piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi. Haydovchi esa piyodani ko‘rmay qolganini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting