Oila kodeksida yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash taklif etilmoqda. 2021 yilning ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha jami 1210 ta yaqin qarindoshlar (529 ta — xolavachcha, 307 ta — tog‘avachcha, 178 ta — amakivachcha, 196 ta — ammavachcha) o‘rtasida nikoh holatlari qayd qilingan.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Budapeshtga yetib bordi. Oliy martabali mehmonlarni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad kutib oldi. O‘zbekiston — Vengriya sammitning asosiy tadbirlari seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Seshanba tongida Chirchiq shahridagi «Maxam Chirchiq» kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda yong‘in yuzaga keldi va portlash sodir bo‘ldi. Viloyat hokimligi ayni vaqtda FVV va huquq-tartibot idoralari yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda har yili 1000 ga yaqin ayolning o‘limiga sabab bo‘ladigan bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda odam papilloma virusi testini o‘tkazish bo‘yicha sinov loyihasi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bunday skriningni doimiy o‘tkazish dasturi kasallanish va o‘lim darajasini pasaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Dushanba kuni Markaziy bank, O‘zRVB va boshqa mutasaddi vakillar ishtirokida yangi fyuchers platformasi va mobil ilovaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Namoyishda shuningdek, likvidlik provayderlari, konrtagent faoliyat hamda risk defolt menejmenti kabi mavzularga ham e’tibor qaratildi.
Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti, Vengriyaga ketgan prezident, Chirchiq daryosidan topilgan IIV xodimining jasadi, o‘z onasini o‘ldirgan erkak, paxta tashuvchi traktorga urilgan Cobalt, NASAning xalqaro tanlovida ishtirok etadigan o‘zbeklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi oilaviy shifokorlik punkti feldsheri ko‘rikka kelgan 2-guruh nogironining bank kartasidan 5 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan viloyatida Cobalt avtomashinasi va paxta tashuvchi traktorning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Traktor haydovchilari o‘rtasida tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda, deyilgan YHXB xabarida.
Toshkentda o‘tkazilgan xakatonda uchta jamoa — «SpaceY», «Astrea» va «AvacadOS» g‘olib bo‘ldi. Ular O‘zbekiston nomidan NASAning xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 29 yoshli fuqaro onasidan yashash uyiga begona erkaklarni olib kelmaslikni so‘rab, u bilan janjallashib qolgan. Oqibatda u onasini oshxona pichog‘i bilan jarohatlab, o‘ldirib qo‘ydi. Prokuratura voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Nukus va Mo‘ynoqda Ahmad Yassaviyning shogirdi, Zangi otaning ustozi — Sulaymon Boqirg‘oniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Avstraliya, Afg‘oniston, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Turkiy kengash o‘rniga qayta tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Vengriya tomonining taklifiga binoan, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida Vengriya prezidenti va bosh vaziri bilan bir qatorda mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaziy bank 3 oktabrda amalda bo‘ladigan AQSh dollarining rasmiy kursini 9,07 so‘mga pastlab, 11 004,94 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng, tijorat banklari ham sotish va sotib olish bo‘yicha o‘z taklifini yangiladi.
Hafta davomida O‘zbekistonda nisbatan sovuq ob-havo kuzatiladi. Kunduzi harorat +26 darajaga yetadi, kechalari +8…+13 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Ikki shaxs Ichki ishlar vazirligida ishlagan boshqarma tezkor xodimi bilan kelisholmay qolib, uni qasddan o‘ldirgani va jasadini daryoga oqizib yuborgani aytilmoqda. Tekshiruv natijasida uning jasadi Chirchiq daryosidan topildi. Gumonlanuvchilar hibsga olindi.
Andijon viloyati Izboskan tumanida erkak xotini, qaynonasi va qaynukasini pichoqladi. Oqibatda turmush o‘rtog‘i va qaynonasi hodisa joyida, qaynukasi esa shifoxonada vafot etdi. Voqeaga oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtoulovga taqiq borligi yoki mavjud emasligini elektron shaklda aniqlash imkoniyati yaratildi. Xizmat ko‘rsatish bepul. Avtoulovni ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydi.
Poytaxtning Navoiy ko‘chasida sinov tariqasida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash uchun intellektual foto va videoni qayd etish kameralari o‘rnatildi. Ushbu aqlli radarlar Avstriyaning «Glans Gresselchaft Tashkent» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, shahar hokimiyati ko‘chani raqamlashtirish taklifini o‘rganmoqda.
28 sentabr kuni NKMKga qarashli konda 31 yoshli haydovchining «Belaz» rusumli avtosomasvali yonib ketdi. Natijada haydovchi kuyib jarohatlandi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay fuqaro shifoxonada vafot etdi. Hozir IIB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting