Muntazam xorijiy aviaqatnovlar iyulda tiklanishi mumkin
24 iyun 2020, 12:01

Muntazam xorijiy aviaqatnovlar iyulda tiklanishi mumkin

Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA, Rossiya va Qozog‘iston davlatlari bilan muntazam parvozlarni tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olindi
24 iyun 2020, 11:34

Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olindi

IIV Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jixod katibasi” terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Qarshida yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar qulashi oqibatida bir kishi vafot etdi
24 iyun 2020, 10:47

Qarshida yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar qulashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Qarshida yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning qulashi oqibatida bir nafar ishchi-xodim vafot etgan. Qutqaruvchilar to‘rt nafar fuqaroni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Apple onlayn anjumanida nimalar taqdim etildi
24 iyun 2020, 10:12

Apple onlayn anjumanida nimalar taqdim etildi

Ilk bor onlayn tarzda o‘tkazilgan Apple kompaniyasining WWDC anjumanida yangi iOS 14 operatsion tizimi, Mac kompyuterlarining yangi protsessorlari, Big Sur operatsion tizimi va boshqa yangiliklar taqdim etildi. Endilikda Mac kompyuterlari uchun Apple ishlab chiqargan protsessorlardan foydalanilishi va Intel protsessorlaridan voz kechilgani ma’lum qilindi.

Koronavirus bemorlari soni 6700 nafardan oshdi
24 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 6700 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 93 nafarga ortib, jami 6755 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida va 5 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

127 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 6662)
23 iyun 2020, 23:43

127 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 6662)

6 soat ichida 127 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 6662 taga yetdi. Yangi holatlarning 79 tasi karantin markazlarida aniqlangan bo‘lsa, qolganlari 9 ta hududda qayd etildi. Kunlik o‘sish — 201 ta.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi
23 iyun 2020, 21:57

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Buxoro viloyatida yil boshidan buyon 11,4 mingdan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlandi
23 iyun 2020, 20:08

Buxoro viloyatida yil boshidan buyon 11,4 mingdan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlandi

Buxoro viloyatida 11,4 mingdan ziyod yoshlar ishga joylandi, karantin davrida ishini yo‘qotgan yoki xorijdan muhojirlikdan qaytgan yana 5,4 mingdan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlanadi.

Belarusda prezident saylovlari: namoyishlar va nomzodlarning hibsga olinishi
23 iyun 2020, 19:50

Belarusda prezident saylovlari: namoyishlar va nomzodlarning hibsga olinishi

9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 1994 yildan beri mamlakat prezidenti bo‘lgan Aleksandr Lukashenko bu safar ham prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Bu yilgi saylovoldi jarayoni namoyishlar hamda Lukashenko raqobatchilarining qamoqqa olinishi bilan o‘tmoqda.

Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tashkil etiladi
23 iyun 2020, 19:08

Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tashkil etiladi

Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tashkil etiladi. OTMda World University Rankings reytingining eng yuqori 1000 ta universiteti dasturlari asosida pedagog va boshqaruvchi kadrlar tayyorlanadi.

Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus yuqtirib oldi
23 iyun 2020, 18:55

Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus yuqtirib oldi

Serbiyalik tennischi, jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Jokovich tomonidan yaqinda tashkillashtirilgan Adria Tour tennis musobaqasi boshqa tennischida koronavirus aniqlanganligi bois to‘xtatilgan edi. Ushbu musobaqada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan pianino ustasi Lola Astanova musiqiy chiqish bilan ishtirok etgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Moskvaga keldi
23 iyun 2020, 18:54

O‘zbekiston prezidenti Moskvaga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Davlat rahbarini «Vnukovo» aeroportida Rossiya hukumati rasmiy shaxslari kutib oldi.

Prezident Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyani tasdiqladi
23 iyun 2020, 18:31

Prezident Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyani tasdiqladi

Prezident farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Unda O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda TOP-50 qatoriga kirishini ta’minlash ustuvor vazifalardan etib belgilandi.

IFC “Ipoteka-banki”ni xususiylashtirish uchun O‘zbekistonga $35 mln ajratadi
23 iyun 2020, 17:20

IFC “Ipoteka-banki"ni xususiylashtirish uchun O‘zbekistonga $35 mln ajratadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) “Ipoteka-banki” ning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln dollar ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi.

Yana 35 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 6535)
23 iyun 2020, 17:08

Yana 35 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 6535)

Koronavirus holatlari 35 taga ko‘payib, jami 6535 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 74 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Almazbek Atambayev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi — video
23 iyun 2020, 16:18

Almazbek Atambayev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi — video

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sardobalik ayollar may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
23 iyun 2020, 15:27

Sardobalik ayollar may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Sardoba tumanida yashovchi ayollar Gulistonda may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

Magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi
23 iyun 2020, 14:56

Magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi

2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Dehqonlarning yerga umrbod egalik huquqini bekor qilish taklif etilmoqda
23 iyun 2020, 14:12

Dehqonlarning yerga umrbod egalik huquqini bekor qilish taklif etilmoqda

Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.

Prezident Moskvaga jo‘nab ketdi
23 iyun 2020, 13:35

Prezident Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting