PMTI tadqiqoti: piyodalar kiyimining rangi YTHlarni oldini olishda qanday ahamiyatga ega?
23 sentabr 2022, 17:00

PMTI tadqiqoti: piyodalar kiyimining rangi YTHlarni oldini olishda qanday ahamiyatga ega?

PMTI mutaxassislari piyodalar kiyimining rangi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda qanday ahamiyatga ega ekanini tahlil qildi. Unga ko‘ra, yorqin rangdagi kiyimlar va yorug‘likni qaytaruvchi elementlar 130 metr uzoqlikdan ko‘ringani bois avtomobillarning o‘z vaqtida to‘xtashiga imkon beradi.

O‘zbekistonliklar uchun Rossiya-Ukraina urushida qatnashish harom hisoblanadi — fatvo
23 sentabr 2022, 15:46

O‘zbekistonliklar uchun Rossiya-Ukraina urushida qatnashish harom hisoblanadi — fatvo

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiya-Ukraina urushiga targ‘ibotlar ortidan terroristik tashkilotlar jihodni da’vo qilayotganiga munosabat bildirdi. «Ushbu urushga „jihod“ nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas», — deyiladi bayonotda. Idora bunday fitnalarga aralashish shar’an harom ekanligini qayd etdi.

Avgustda uy-joy savdosi 30 foizga oshdi — ITIM sharhi
23 sentabr 2022, 15:43

Avgustda uy-joy savdosi 30 foizga oshdi — ITIM sharhi

O‘zbekistonda avgust oyida ko‘chmas mulk bozoridagi savdo hajmi 30% ga, yil boshidan beri esa 8,5% ga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar 8 oy davomida 7% ga, poytaxtda 13% ga ko‘tarildi. Ekspertlarning fikricha, bu — talab va chet el fuqarolarining kelishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning baland tog‘larida hafta boshida qor yog‘ishi mumkin
23 sentabr 2022, 15:35

O‘zbekistonning baland tog‘larida hafta boshida qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston hududiga 25−27 sentabr kunlari Volga bo‘yidan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Shu kunlarda shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Balandligi 2500 metrdan yuqori tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Moskvada o‘zbekistonlik yigit ikki nafar ayolni yong‘indan qutqarib qoldi
23 sentabr 2022, 15:16

Moskvada o‘zbekistonlik yigit ikki nafar ayolni yong‘indan qutqarib qoldi

Moskva shahrida svetofor montajchisi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Oybek Eshtemirov ko‘p qavatli turar-joyda sodir bo‘lgan yong‘in paytida ikki nafar ayolni qutqarib qoldi.

23-sentabr kuni tijorat banklarida sotilayotgan dollar kursi
23 sentabr 2022, 12:45

23-sentabr kuni tijorat banklarida sotilayotgan dollar kursi

Markaziy bank 23-sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 010,33 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Iliq dam olish kunlaridan so‘ng havo soviy boshlaydi
23 sentabr 2022, 12:44

Iliq dam olish kunlaridan so‘ng havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi. Biroq yakshanba kuni shimoliy hududlarga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kela boshlaydi, unga kuchli shamol va yomg‘ir, ayrim joylarda esa momaqaldiroq hamrohlik qiladi. Keyingi haftadan sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi
23 sentabr 2022, 12:21

Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi

Toshkent shahri Bektemir tumanida Lacetti va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida Cobalt haydovchisi voqea joyida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida
23 sentabr 2022, 11:58

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida

Toshkent viloyatining Piskent tumanida daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar berildi. Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, 93 tup tol qayta tiklash va sog‘lomlashtirish uchun kesilgan. Ushbu amaliyot natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishini ma’lum qilingan.

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatildi
23 sentabr 2022, 11:54

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatildi

23 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda Mir kartalariga xizmat ko‘rsatish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Banklar veb-saytlaridan esa Uzcard — «Mir» kobeyjing kartalari haqidagi bo‘limlar olib tashlandi.

Toshkentda yuzlab konditsionerlar arxitektura yodgorliklarini “bezamoqda”
23 sentabr 2022, 11:23

Toshkentda yuzlab konditsionerlar arxitektura yodgorliklarini “bezamoqda”

Bosh prokuratura Toshkent shahridagi 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetganini aniqladi. Tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan binoga havo sovutgich, soyabon va bannerlar o‘rnatib olgan. 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi.

Farg‘onada 23 sotix yerni $15 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
23 sentabr 2022, 10:59

Farg‘onada 23 sotix yerni $15 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onaning Yozyovon tumanida xususiy firma rahbari boshqa bir korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 23 sotix yerni $15 000 evaziga sotishga kelishgan. Gumonlanuvchi pulning $10 ming va 55 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

7 ta vazirlikning kapital qurilish bilan shug‘ullanadigan buyurtmachi xizmatlari tugatiladi
23 sentabr 2022, 10:17

7 ta vazirlikning kapital qurilish bilan shug‘ullanadigan buyurtmachi xizmatlari tugatiladi

Prezident qarori bilan 7 ta vazirlikning buyurtmachi xizmatlari tugatilib, ularning amaldagi buyurtmalari mahalliy hokimliklarning injiniring kompaniyalariga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Ipoteka imtiyozlari kengaydi, oilalar yiliga 9 mln so‘mgacha pul tejashlari mumkin
23 sentabr 2022, 10:04

Ipoteka imtiyozlari kengaydi, oilalar yiliga 9 mln so‘mgacha pul tejashlari mumkin

Prezident qarori bilan fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan soliqqa tortilmaydigan daromadlari hajmi yiliga 5 barobarga — 73,6 mln so‘mgacha oshirildi. Yangi xonadonlarni ta’mirsiz sotib olish uchun esa ipoteka va subsidiyalar beriladi.

Prezident mamlakat gaz eksport qilmayotganini aytdi. Statistikada esa sotuvlar o‘sib bormoqda
23 sentabr 2022, 09:44

Prezident mamlakat gaz eksport qilmayotganini aytdi. Statistikada esa sotuvlar o‘sib bormoqda

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun gaz va paxtani eksport qilmayotganini bildirdi. O‘z navbatida, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oyda xorijga gaz yetkazib berish qiymat jihatdan 60,9 foizga — 645,9 mln dollarga oshgan.

Toshkentda Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi
23 sentabr 2022, 09:00

Toshkentda Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi

12−13 oktabrda Toshkentda O‘zbekistonning chakana savdo korxonalari va iste’mol mollari ishlab chiqaruvchilar uchun Retail Days Uzbekistan xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.

Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalari shu yerda qoldiriladi — tuman hokimi
23 sentabr 2022, 08:36

Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalari shu yerda qoldiriladi — tuman hokimi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu yerning o‘zidan yangi uy beriladi, dedi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Bunga 3341 nafar mulkdor kompensatsiya evaziga rozi bo‘lgan, 685 nafari esa norozi, yana 160 ta uy egasi topilmagan. Hozircha buzishga ko‘p yillik daraxtlar xalaqit bermoqda.

Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylandi
23 sentabr 2022, 08:31

Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylandi

Rossiya iyulda O‘zbekiston eksport yo‘nalishlari tuzilmasida Xitoyni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu davlatlar bilan savdo aylanmasi jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir paytda Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya bilan tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada sustlashdi.

22 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 sentabr 2022, 22:00

22 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan Zoyir Mirzayev, uning prezidentga kiritgan takliflari, ishdan olingan 4 nafar tuman bosh imomi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni da’vatlarga berilmaslikka chaqirgani, Jizzaxdagi YTH va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Eronda talaba qiz o‘limidan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda insonlar halok bo‘ldi
22 sentabr 2022, 18:13

Eronda talaba qiz o‘limidan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda insonlar halok bo‘ldi

Eronda hijob tufayli politsiya tomonidan hibsga olingan qizning o‘limi sabab tartibsizliklar bo‘ldi. Unda kamida 8 kishi, jumladan, 2 huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi. Ayrim hududlarda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanish cheklangan. Ayollar norozilik sifatida hijoblarini yoqib, sochlarini kesmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting