Yirik YTH sababli Toshkentdagi Nukus ko‘chasi vaqtincha yopildi
26 sentabr 2022, 19:05

Yirik YTH sababli Toshkentdagi Nukus ko‘chasi vaqtincha yopildi

Poytaxtning Nukus ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashishi natijasida ulardan biri ag‘darilib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan. Ko‘cha transport harakati uchun vaqtincha yopildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi
26 sentabr 2022, 18:25

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi

Hukumat qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 1,99 trln so‘m (davlat budjetidan atigi 10,6 mlrd so‘m) yo‘naltiriladi. Ishlar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Yangiyo‘lda sex uchun ajratilgan yerni noqonuniy sotishda gumonlangan fuqaroga jinoyat ishi ochildi
26 sentabr 2022, 17:04

Yangiyo‘lda sex uchun ajratilgan yerni noqonuniy sotishda gumonlangan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Yangiyo‘l tumani hokimligi fuqaroga «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun 2 gektar yer bergan. Boshqa fuqaro sheriklari bilan uning 1 gektarini $400 mingga sotib olishga kelishib, 30 ming dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan. Hozir holat bo‘ycha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda Tashkent Dance Fest 2022 bo‘lib o‘tadi
26 sentabr 2022, 17:00

Toshkentda Tashkent Dance Fest 2022 bo‘lib o‘tadi

26 sentabrdan 2 oktabrgacha Tashkent Dance Fest doirasida shaharning 60 ta lokatsiyasida flesh-moblar va raqs jamoalari musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishmada 13 kishi halok bo‘ldi
26 sentabr 2022, 16:31

Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishmada 13 kishi halok bo‘ldi

Noma’lum shaxs Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda otishma uyishtirdi. Unda 13 kishi, jumladan 7 bola halok bo‘ldi, 21 kishi esa yaralandi. Gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qildi. Udmurtiyada to‘rt kunlik motam e’lon qilindi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor ko‘tarilmoqda
26 sentabr 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor ko‘tarilmoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,15 so‘mga qimmatlab, 11 048,28 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi esa yana pasaydi, rubl ko‘tarildi.

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi
26 sentabr 2022, 15:52

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi

29−30 sentabr kunlari Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Festivaldan maqsad hudud gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, madaniy hamda ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish va bu orqali turistlar sonini yanada ko‘paytirish ekani qayd etilgan.

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi
26 sentabr 2022, 15:13

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi

Dushanba kuni erta tongda 38 yoshli ayol «Xo‘jadavlat-Buxoro-1» yo‘nalishidagi poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U o‘z joniga qasd qilishga uringani aytilmoqda.

Toshkentda yirik biznesni raqamlashtirish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tadi
26 sentabr 2022, 15:00

Toshkentda yirik biznesni raqamlashtirish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tadi

6 oktyabr kuni Toshkentda yirik biznesning raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda qatnashish bepul.

Qozog‘iston Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar haqida: «Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga tayanamiz»
26 sentabr 2022, 14:04

Qozog‘iston Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar haqida: «Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga tayanamiz»

Qozog‘iston TIV Donbass, Zaporoje va Xersondagi Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumlarga izoh berdi: «Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashash tamoyillariga tayanadi».

26 sentabrda tijorat banklari dollarning yangi kursini e’lon qildi
26 sentabr 2022, 12:52

26 sentabrda tijorat banklari dollarning yangi kursini e’lon qildi

Markaziy bank 26 sentabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 030,13 so‘m etib belgilaganidan so‘ng, tijorat banklari ham mijozlar uchun o‘z taklifini yangiladi.

Hafta oxirigacha respublikada havo sovuq bo‘ladi − O‘zgidromet
26 sentabr 2022, 12:11

Hafta oxirigacha respublikada havo sovuq bo‘ladi − O‘zgidromet

27 sentabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq havo massalari tarqaladi, kunduzgi harorat +22…+27 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi
26 sentabr 2022, 11:53

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Unga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlar rahbarlik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi
26 sentabr 2022, 11:30

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi

Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, davlat rahbari dushanba kuni elektrotexnika sanoatida vazifalar yuzasidan mas’ullarning hisobotini tinglaydi. Hafta davomida Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Daniya O‘zbekistonda faxriy konsullik ochadi
26 sentabr 2022, 11:04

Daniya O‘zbekistonda faxriy konsullik ochadi

Daniya hukumati O‘zbekistonda faxriy konsullik ochishga qaror qildi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining muzokaralarida ma’lum qilindi.

Samarqandda yuk mashinasi urib yuborgan 10 yoshli bola halok bo‘ldi
26 sentabr 2022, 10:43

Samarqandda yuk mashinasi urib yuborgan 10 yoshli bola halok bo‘ldi

Bulung‘ur tumanida yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 10 yoshli bolani urib yubordi. YTH oqibatida bola voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida bojxona sohasida professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi
26 sentabr 2022, 10:34

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida bojxona sohasida professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Gruziyada amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Unda ikki davlat o‘rtasida bojxona sohasida professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Hamkorlik memorandumi hamda Axborotlarni oldindan almashish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
26 sentabr 2022, 10:06

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘onada joriy yil yakunigacha elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqaradi va 40 foizini eksportga yo‘naltiradi. Qolaversa, qator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi
26 sentabr 2022, 10:01

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi

Parkent tumanining Obisher ko‘chasida bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan tasvirlarga tuman hokimligi munosabat bildirib, hashar yo‘li bilan qurilgan yo‘lga bahordagi yog‘ingarchilik jiddiy zarar yetgazganini aytdi. Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi.

Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
26 sentabr 2022, 09:34

Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

28 sentabrdan «Andijon — Xiva — Andijon», 29 sentabrdan esa «Andijon — Urganch — Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avvalroq prezident vodiy viloyatlaridan boshqa viloyatlar markazlariga temir yo‘llar soni va sifati talab darajasida emasligini ta’kidlagandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting