Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ikkita uyali aloqa operatorining internet va aloqalarida muammolar yuzaga keldi. Mobiuz va Ucell kompaniyalari uzilishlarni magistralda sodir bo‘lgan avariya bilan izohladi.
Flydubai aviakompaniyasi Namanganga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Dubaydan Namanganga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston universiteti va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev universitet haqida gapirar ekan, u «nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham namunali ta’lim muassasasiga» aylanishini ta’kidladi.
O‘zbekiston madaniy meros obidalarini asrash va raqamlashtirishda Yaponiyaning JICA agentligi bilan hamkorlik qiladi. Qolaversa, yaponiyalik mutaxassislar bilan uzoq tog‘li va cho‘l hududlarda infratuzilma loyihalar amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT minbarida nutq so‘zladi. Vazir nutqi davomida iqlim o‘zgarishi, ta’lim, yashil iqtisodiyot, konstitutsiyaviy tuzatishlar va Taraqqiyot strategiyasi borasida gapirdi. O‘zbekiston Afg‘onistonga xalqaro e’tiborning pasayishidan xavotirda ekanligini bildirdi.
Poytaxtda qariyb 50 foiz avariya tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘plab davlatlarda shaharlarda tezlik chegarasi 50 km/soatni tashkil qiladi. Biroq toshkentlik deputatlar bu chora samaradorligiga shubha qilmoqda. Muhokamalarda: «70 — shusiz ham past tezlik» ekanligi, «hech narsa o‘zgarmasligi» aytildi.
Toshkent-Chirchiq-Hojikent yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Chirchiq shahriga sayohat vaqti 45 minut. Poyezd dam olish kunlari ishlaydi. Keyinchalik qatnovlar har kuni bo‘lishi mumkin.
Hukumat qarori bilan 2022−2023 yilning kuz-qish davrida respublika bo‘ylab 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, sport obyektlari mukammal ta’mirlanadi. Shuningdek, qaror bilan 400 dan ortiq olis qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
1-oktabrdan boshlab Samarqand xalqaro aeroporti “Ochiq osmon” rejimida ishlay boshlaydi. Bunda aeroportga xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimsiz ham aviaqatnovlarni amalga oshirishi mumkin.
Shokolad asosli tort, shokolad va yalpizli tort, Brauni pechenesi, «Oreo» pecheneli brauni, Qovoqchali maffinlar, shokolad pasta solib pishirilgan kranch, gaz pechida pishirilgan ponchiklar — Zira.uz mazali va noodatiy shokoladli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
22 sentabr kuni «Toshkent metropoliteni» tuzilmasi xodimi fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun undan 1000 AQSh dollari pora olayotganda ushlangan. Xodim Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olindi.
DXX ikkita holatda qiymati 34,4 mln so‘m bo‘lgan jami 1372 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi oldi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Ravshan Namozov 61 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. U «Chipradalli», «Kovushim», «Yor-yor yoron-ey», «Biyo-biyo», «Xayol», «Mana shunaqa» kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarida ishga joylashish va hayotda o‘z o‘rnini egallashda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dastur ishga tushirildi. budjeti 10 mln dollarni tashkil etuvchi dasturda qizlar va nogironligi bo‘lgan yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Internetda maktab o‘quvchilarining tashqi ko‘rinishi, jumladan soch va soqollari uchun ota-onalar jarimaga tortilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Toshkent IIB bu xabarlar «haqiqatdan yiroq» ekanligini va o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun ota-onalar javobgar emasligini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mas’ul xodimi bo‘lib ishlab kelgan Rashid Talipov O‘zbekiston milliy karate federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi kasalxonada yosh bolasini kaltaklagan ayol sud tomonidan 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda u stress holatida bo‘lgani va qilgan ishidan pushaymonligini aytdi. Qaynona esa kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni so‘radi.
O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylangan Rossiya, Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu tumandan uy berilishi, salqin ob-havo, Piskentda kesilgan daraxtlar, O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgani, tandirchilar hayoti va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Avgust-sentabr oylarida respublika bo‘ylab jami 36 nafar bog‘cha bolasi turli xil kasalliklar bilan kasalxonaga yotqizildi. MTV bu kabi holatlarning barchasini tegishli xulosasiz ovqatdan zaxarlanish deb bo‘lmasligini qayd etdi. Vazirlik jurnalist va blogerlardan to‘g‘ri axborot taqdim etishni so‘ramoqda.
Toshkent shahrida 89 kv metrli uyni 480 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi, tergov harakatlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting