BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida «Yashil Makon» tashabbusi doirasida Orolbo‘yi va Surxondaryoni o‘rmonzorlashtirish, ularning qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish hamda O‘zbekiston shaharlarini ko‘kalamzorlashtirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasi boshlandi.
Rossiya Davlat Dumasi RF armiyasida shartnoma bo‘yicha xizmat qiladigan chet elliklar mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkinligi to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Moskvadagi «Saxarova» migratsiya markazida xorijliklarni harbiy xizmatga qabul qilish uchun infratuzilma yaratiladi.
Onlayn maktab shahodatnomasi, Toshkent xalqaro aeroportida ishga tushgan MIB bo‘limi, tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni ikki davlat prezidentlari bilan muhokama qilgan Shavkat Mirziyoyev, AQSh kelishuv evaziga O‘zbekistonga afg‘on samolyotlarini berishi mumkinligi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmatga qarshi jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Unga ko‘ra, xizmat davri safarbarlik yoki harbiy holat hisoblanib, bunda buyruqlarni bajarmaganlik, dezertirlik va xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Toshkentdagi «Aziz ota» jome masjidi imom noibi ijtimoiy tarmoq orqali «samosud»ni yoqlab chiqish qilgani uchun ishdan olindi. Musulmonlar idorasi amaldagi qonunlarga zid ravishda zo‘ravonlikka chaqiruvchi bu kabi chiqishlarni qoraladi.
Turkiya prezidenti Pbs nashriga bergan intervyusi SHHT sammiti doirasida RF rahbari bilan bo‘lgan suhbatning taassurotlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi holat muammoli tus olayotgani, o‘zaro manfaatli kelishuv doirasida urushga tezroq barham berish kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Ular Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi va ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini olqishladi.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Nyu-Yorkda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi. Guterrish O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari va iqlim kabi sohalarda ishonchli hamkor ekanini qayd etdi.
Sirdaryoda ikki shaxs fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Irrigatsiya institutining Qarshi filialini tugatganlik to‘g‘risida diplom olib berishiga ishontirgan. Buxoroda ham turizm va madaniy meros texnikumiga o‘qishga kiritish evaziga fuqarolardan pul olgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar uchun hujjat dublikatini masofadan turib olish xizmati yaratildi. Buning uchun yagona portalga (my.gov.uz) ariza yuboriladi. Dublikat elektron shaklda berilgach, maktabdan berilgan attestat o‘z kuchini yo‘qotadi.
Emomali Rahmon telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyevga tojik-qirg‘iz chegarasidagi voqealar rivoji haqida ma’lumot berdi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 28,83 so‘mga arzonlab, 10 950,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.
Shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan 297 ta olis va chekka hudud ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning maoshiga 2 mln so‘m ustama belgilanadi va ipoteka asosida uy-joy sotib olishda 50 foizigacha, biroq BHMning 500 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.
24 sentabr kuni Food City savdo majmuasi ulgurji bozor ochilishiga taklif qiladi. Ushbu bozorda savdo ertalabki soatlarda amalga oshiriladi.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan yuk mashinasi yangi qurilgan ko‘prikning chetiga ag‘darildi. Haydovchi qo‘lidan jarohat oldi. Hozirda ushbu yo‘lning bir qismi ta’mirlash uchun yopilgan.
AQSh hukumati O‘zbekiston va Tojikistonga «chegara xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash sohasida munosabatlarni chuqurlashtirish» bo‘yicha norasmiy kelishuv evaziga afg‘on samolyotlarining bir qismini berishi mumkin, deb yozadi Politico nashri.
Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga mas’ul bo‘lgan yana 29 kishiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Ularning 3 nafari 5 yildan 10 yilgacha qamaldi, qolgan 26 nafari esa jarimaga tortildi. Ularga shuningdek, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash taqiqlandi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Indoneziya ta’lim universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari uchun qabul boshlandi. Qabul 21 sentabrgacha davom etadi.
«Davlat fuqarolik xizmati sohasida monitoring o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom loyihasi muhokama uchun portalga qo‘yildi. Nizom bilan davlat fuqarolik xizmati tizimida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunga rioya etilishini ta’minlash maqsadida monitoring o‘tkazish tartibi belgilanishi kutilmoqda.
Parkent tumanidagi xonadonlarning birida XVI-XVII asrlarga oid mis tangalar topildi. Ularning soni 939 ta ekanligi aniqlanib, o‘rganish va davlatga topshirish uchun uy egalaridan olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting