Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirishda ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga hayfsan berdi. Shuningdek, 14 ta tuman hokimini bugun ishdan olib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati berilishini aytdi.
Dushanba kuni «Qamchiq» dovonida sigareta chekib harakatlangan Volvo yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa urilishi oqibatida mashina ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Andijonda IIB bilan hamkorlikda 994 dona «Lirika» hamda umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari, Farg‘onada esa DXX tomonidan 240 dona «Tropikamid» psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,60 so‘mga qimmatlab, 10 979,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Poytaxtning Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida yashovchilar hududdagi ko‘p qavatli uy qurilishidan norozi ekanliklarini bildirdi. Avvaliga 2 qavatli bo‘lishi aytilgan bino keyinchalik 12 qavatli uy ekani ma’lum bo‘lgan. Aholi bino mahalla infratuzilmasiga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda. Hozirda qurilish to‘xtatilgan.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2022 yilgi uchinchi stipendiya tanlovini e’lon qildi. 226 nomzodga mo‘ljallangan tanlovning 34 o‘rni bakalavriat uchun, 95 o‘rni magistratura uchun, 97 o‘rni esa doktorantura uchun ajratiladi. Hujjatlar 20 sentabrdan 20 oktabrga qadar qadar qabul qilinadi.
Tadbir Shell kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik yetkazib beruvchi va rasmiy distribyutori — OilGroup tomonidan tashkil etildi. Konferensiyada moylash materiallarining asosiy iste’molchilari ishtirok etdi.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi.
Qirg‘iziston prezidenti qirg‘iz-tojik cheragasidagi to‘qnashuvlar ortidan xalqqa murojaat yo‘lladi. U O‘zbekiston bilan barchasi hal qilinganligi, ammo Tojikiston bilan chegara hududlar muammoli ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident kelishmovchiliklarni faqatgina tinch yo‘l bilan hal etishga da’vat etdi.
Tarmoqlarda Yangibozor tumanida 24 yoshli ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat SSBga ko‘ra, ayol tug‘ruq jarayonidagi operatsiyadan keyin viloyat tez tibbiy yordam markaziga o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘sha yerda vafot etgan.
Odam savdosi uchun Interpol qidiruviga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelindi. U o‘zgartirilgan ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan.
Markaziy bank 19 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 962,69 so‘m etib belgiladi. Shunga ko‘ra, tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining reytingini tuzdi. Kuchli uchlikka Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari kirdi. Indeks 2015—2021 yillar uchun hisoblangan.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror bilan poytaxtda 2023−2027 yillarda yillik 7 mln dona mavsumiy gullar va 75 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, 2024 yilga kelib, yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.
Andijonda Cobalt haydovchisi YPH xodimini mashina kapotida sudrab ketdi. Xodim yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlaridan jarohat oldi. Aybdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Samarqanddagi Registon yaratuvchisi — Bahodir Yalangto‘sh haqida tarixiy film suratga olish boshlandi. Tasvirga olish ishlari «O‘zbekfilm» kinokonsernining yangilangan panoramali pavilonida o‘tkazilmoqda. Unga Jahongir Axmedov rejissyorlik qiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BAAning nufuzli CROWN PLAZA Dubai Marina mehmonxonalar guruhi boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Universitetning Turizm fakulteti talabalaridan 10 nafari har yili Dubayning besh yulduzli mehmonxonalarida amaliyot o‘taydi.
O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo sokin, yog‘ingarchiliklarsiz, biroz issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari janub viloyatlarida harorat +35 darajagacha ko‘tariladi.
BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga istisno tariqasida videomurojaat orqali bo‘lajak sessiyada nutq so‘zlash imkonini berdi. Bu qarorni 101 davlat, jumladan Qozog‘iston qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekiston ovoz berishda betaraf qoldi.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlari soni 84 nafarga yetdi. Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi. Tojikiston qirg‘iz tomonini «qurolli tajovuzda» aybladi, Qirg‘iziston esa «mamlakat hududiy yaxlitligiga tajovuz» deb e’lon qildi. RF prezidenti davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting