Andijon shahrining sobiq hokimi va 43 nafar shaxs ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda
7 sentabr 2022, 22:13

Andijon shahrining sobiq hokimi va 43 nafar shaxs ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda

63 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanayotgan Andijonning sobiq hokimi, viloyat XTBning sobiq rahbari, prokuratura xodimi va boshqalardan iborat 44 kishilik guruh ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Sud majlisi haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

7 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 sentabr 2022, 22:00

7 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Darsliklardagi xatolarga izoh, Deniyel Rozenblyumni qabul qilgan prezident, «super-kontrakt»ning yangi tartibi, budjet taqchilligi chegarasiga moslasholmayotgan hukumat, Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni ortgani, blogerlarning taniqli himoyachisining vafoti va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

O‘zbekiston prezidenti missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini qabul qildi
7 sentabr 2022, 20:34

O‘zbekiston prezidenti missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi. Prezident Deniyel Rozenblyumning O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini qayd etdi.

Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in chiqdi
7 sentabr 2022, 19:49

Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in chiqdi

Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oshxona qismidan boshlangan. Alanga tezda o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Super-kontraktda o‘qish bo‘yicha yangi tartib belgilandi
7 sentabr 2022, 18:32

Super-kontraktda o‘qish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Xususan, beshala yo‘nalishga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar birinchi yo‘nalishni tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni ikki barobarga ko‘paydi
7 sentabr 2022, 18:22

Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni ikki barobarga ko‘paydi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni 420 mingga yaqinni tashkil qildi. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,07 baravar ko‘p. Migratsiya tufayli Rossiyaning doimiy aholi soni 96 737 kishiga kamaygan.

Qozog‘istonda Birinchi prezident kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarish rejalashtirilmoqda
7 sentabr 2022, 17:53

Qozog‘istonda Birinchi prezident kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarish rejalashtirilmoqda

Qozog‘iston deputatlari mamlakatning Birinchi prezidenti kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash uchun ovoz berdi.

Yangi A-Pay to‘lov xizmati yangicha pul to‘lash, yig‘ish va o‘tkazish usulini taqdim etadi
7 sentabr 2022, 17:00

Yangi A-Pay to‘lov xizmati yangicha pul to‘lash, yig‘ish va o‘tkazish usulini taqdim etadi

A-Pay servisida O‘zbekiston bo‘ylab 30 ming nafar savdo nuqtasining har birida barcha to‘lovlar uchun 2 foizdan boshlanadigan keshbek, kundalik harakatlar uchun bonuslar va komissiyasiz o‘tkazmalar mavjud.

Toshkentda mast erkak o‘zi bilan birga ishlagan ayol tomonidan pichoqlandi
7 sentabr 2022, 16:54

Toshkentda mast erkak o‘zi bilan birga ishlagan ayol tomonidan pichoqlandi

Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyida ishlovchi ayol o‘zaro janjal oqibatida mast holatdagi hamkasbini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
7 sentabr 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 26,39 so‘mga qimmatlab, 10 997,61 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi
7 sentabr 2022, 15:27

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi

Senatning 32-yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi, pensiya ta’minoti, elektron tijoratga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjetining birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan VM hisoboti hamda tashqi ishlar vazirining axboroti eshitiladi.

Surxondaryo hokimligi To‘ra Bobolovning navbatdagi audiosiga munosabat bildirdi
7 sentabr 2022, 15:16

Surxondaryo hokimligi To‘ra Bobolovning navbatdagi audiosiga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster vakilini qo‘pol ravishda haqorat qilayotgani aks etgan navbatdagi audiosi tarqaldi. Hokimlik audioning ayrim joylari montaj qilinganini aytib, muloqot tafsilotlarini ochiqladi.

Toshkent viloyatida fuqaro va bank xodimlari 2 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda
7 sentabr 2022, 14:53

Toshkent viloyatida fuqaro va bank xodimlari 2 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida xususiy korxonalarni norasmiy boshqarib kelgan shaxs va tijorat banki xodimlari 2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan ikkita modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qanday oladi?
7 sentabr 2022, 14:50

O‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qanday oladi?

Toshkent shahar transport boshqarmasi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qayerdan va qay tartibda olishlari borasida ma’lumot berdi. Buning uchun Davlat soliq inspeksiya hududiy bo‘limlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Taksi haydovchisi yiliga jami 600 ming so‘m sarflaydi.

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarni aholiga ochiqlash tartibi tasdiqlandi
7 sentabr 2022, 14:14

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarni aholiga ochiqlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning «Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risida»gi nizomi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.

Sirdaryoda «Lacetti» va «Nexia 2» to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi vafot etdi
7 sentabr 2022, 12:48

Sirdaryoda «Lacetti» va «Nexia 2» to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi vafot etdi

«Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi qismida «Lacetti» va «Nexia 2» mashinalari to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida «Nexia 2» haydovchisi va uch yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana bir kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Avariyaga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmadi.

«Ta’lim sifatining aks-sadosi desak ham bo‘ladi». XTV vakili darsliklardagi xatolar haqida
7 sentabr 2022, 12:40

«Ta’lim sifatining aks-sadosi desak ham bo‘ladi». XTV vakili darsliklardagi xatolar haqida

XTV rahbarining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev maktab darsliklarida uchrayotgan xatolarni «ta’lim sifatining aks-sadosi» deya atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xatolar bugun paydo bo‘lib qolmagan, ular 5−10 yil oldingi kitoblarda ham bor. Xatolar borligi tasdiqlansa ma’sullarga chora ko‘rilishi aytildi.

O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi
7 sentabr 2022, 12:20

O‘zbekistonda elektron pullar tizimi soni 15 taga yetdi

Markaziy bank tomonidan «ExMoney», «AIST» hamda «PAYNET WALLET» elektron pullar tizimlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu orqali O‘zbekistondagi elektron pul tizimlari soni 15 taga yetdi.

O‘zbekiston sanoat mulkini muhofaza qilishda Ozarbayjon bilan hamkorlik qiladi
7 sentabr 2022, 11:31

O‘zbekiston sanoat mulkini muhofaza qilishda Ozarbayjon bilan hamkorlik qiladi

Prezident tomonidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘trasida sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha bitim imzolandi. Ikki davlat rahbarlari bu bo‘yicha 21 iyun kuni Toshkentda deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolagandi.

Ijtimoiy soha obyektlarida 19 mingga yaqin zamonaviy chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi
7 sentabr 2022, 11:00

Ijtimoiy soha obyektlarida 19 mingga yaqin zamonaviy chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi

O‘zbekistonda 2023−2024 yillarda ijtimoiy soha obyektlarida 19 mingga yaqin zamonaviy ko‘rinishdagi chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi. Bunda jihozlash ishlari mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va vazirliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting