Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.
Soliq tizimi axborot tizimlarini yagona platformaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish jarayoni 5−7 barobargacha yengillashib, inson omili aralashuvi 60 foizga qisqartiradi, shuningdek, qog‘oz shaklidagi hujjat ishlari ham keskin kamayadi.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.
O‘zbekistonda yana 52 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4404 taga yetdi. Jumladan, “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilari, “Ravnaq bank"ning Shayxontoxur filiali xodimida infeksiya tasdiqlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov koronavirus pandemiyasi paytida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi qariyb 2 million kishiga yetganini ma’lum qildi. Chegaralar yopilgani tufayli 550 mingga yaqin mehnat muhojirlari boshqa davlatlarga ishlash uchun keta olishmagan.
O‘rta Chirchiq tumani maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlab kelgan, tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasida koronavirus aniqlandi. Tug‘ruq uyi karantinga yopildi.
Andijon viloyatida musiqa va san’at maktabi direktorining xizmat xonasida maosh tufayli janjal kelib chiqdi. Rahbar pichoq bilan o‘z xodimiga yengil tan jarohatlari yetkazdi.
Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashganini ma’lum qilib, kun davomida aholi orasida 217 ta yangi COVID-19 holati aniqlanganiga munosabat bildirdi.
AQSH hukumati O‘zbekistonga 15 mingta koronavirus testini o‘tkazishga mo‘ljallangan reagentlaridan iborat yordamning birinchi qismini yetkazib berdi. Yana 10 mingta test reagentlari bir necha hafta ichida O‘zbekistonga olib kelinadi.
Dushanba kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda va shamol tezligi soniyasiga 18−23 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta oxiriga borib esa xarorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.
Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan oxirgi bemor ham tuzalgani va so‘nggi 17 kun ichida infeksiya bilan bog‘liq holat kuzatilmagani e’lon qilindi. Mamlakatda chegara nazoratidan tashqari barcha karantin cheklovlari olib tashlandi.
Qozog‘istonning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning asosiy talablari davlat tomonidan kredit bo‘yicha amnistiya e’lon qilinishi, chet el fuqarolariga yer sotish amaliyotni taqiqlash va siyosiy faollarni ozod etish bo‘ldi. 100 nafardan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 5 so‘mga qimmatladi va 10 153 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uchinchi hafta davomida o‘sishi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 7 milliondan oshdi. Bunda, 3,1 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 402 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
Uzbekistan Airways xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida 8 iyundan 21 iyun kuniga qadar amalga oshiriladigan charter qatnovlarining navbatdagi jadvalini e’lon qildi.
Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga ortib, jami 4352 kishini tashkil etmoqda. Yangi aniqlangan holatlardan 8 nafari aholi orasida qayd etildi (Toshkent viloyatida — 3, Navoiy viloyatida — 5). Respublika bo‘ylab COVID-19 dan davolanayotganlarning 6 kishining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.
“Yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi. Jamoat namozlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda o‘qilmoqda.
BAA bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Qoraqalpog‘istonda 200 gektar maydonda dala lageri qurishni rejalashtirmoqda. Hukumatning yer ajratish to‘g‘risidagi farmoyishi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Xorazm viloyatida qidirilayotgan erkakning murdasi Shovot kanalidan topilgan mashina ichida zanjir bilan bog‘langan holda topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting