1 oktabrdan yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish boshlanadi
13 avgust 2022, 22:21

1 oktabrdan yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish boshlanadi

1 oktabrdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ta’lim kreditlari MBning asosiy stavkasida BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi.

Andijonda fuqaroni $10 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
13 avgust 2022, 20:43

Andijonda fuqaroni $10 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda fuqaroni 10 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Toshkentda esa Tojikistondan o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan gumonlanuvchi 3 ming dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Nima tayyorlaymiz: Tvorogli pishiriqlar
13 avgust 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Tvorogli pishiriqlar

Olcha va shtreyzelli tvorogli pirog, o‘rik qo‘shilgan tvorogli pirog, tvorogli krendellar, tvorogli bulochka «Vengerkalar», tvorog va malinali pirog, tvorogli ponchiklar va bulochkalar, tvorog hamda kokosli pechene va boshqalar — Zira.uz turli xil shirin tvorogli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Magic City bog‘ hududida pichoqbozlik sodir bo‘lganini rad etdi
13 avgust 2022, 00:08

Magic City bog‘ hududida pichoqbozlik sodir bo‘lganini rad etdi

Magic City ma’muriyati bog‘ hududida pichoqbozlik sodir bo‘lganini inkor qildi. Milliy gvardiya esa o‘z xabarini yangiladi.

Reuters: Qozog‘iston neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib tashish niyatida
12 avgust 2022, 23:44

Reuters: Qozog‘iston neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib tashish niyatida

Qozog‘iston o‘z neftining bir qismini Rossiya o‘z quvurlarini yopib qo‘yish bilan tahdid qilgani bois muqobil yo‘llar orqali sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Reuters. Buning uchun Ozarbayjonning eng yirik neft quvuridan foydalanishni ham ko‘zlamoqda.

90-moddaga o‘zgartirishlar kiritishni kim taklif qildi? BBC deputat Odiljon Tojiyevdan bu haqda so‘radi
12 avgust 2022, 23:05

90-moddaga o‘zgartirishlar kiritishni kim taklif qildi? BBC deputat Odiljon Tojiyevdan bu haqda so‘radi

Deputat Odiljon Tojiyev BBC O‘zbek xizmatiga Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan maqsad prezident muddatini yangilash ekanligini inkor qildi. U bu haqdagi o‘zgartirish muallifini oshkor qilmadi, biroq minglab fuqarolar hozirgi davlat rahbari islohotlarni davom ettirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

12 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 avgust 2022, 22:37

12 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga borgan Shavkat Mirziyoyev, Westminister`ga o‘qishga kiritish uchun $10,2 ming, Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medal, telekanal efirlaridagi rejali uzilishlar, ishsizlik darajasi, yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘lishi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

«Maroqand neft bazasi»ning filiallarida qariyb 74 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi
12 avgust 2022, 20:45

«Maroqand neft bazasi»ning filiallarida qariyb 74 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi

«Maroqand neft bazasi»ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73,7 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi. Mazkur holatlarga huquqiy baho berish va kamomadlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi.

Vestminster universitetiga $10,2 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12 avgust 2022, 19:50

Vestminster universitetiga $10,2 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

DXX tomonidan 10,2 ming dollar evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Gumonlanuvchi oldindan 5 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ixtirochilik bo‘yicha tanlov g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi
12 avgust 2022, 18:00

Ixtirochilik bo‘yicha tanlov g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga 60 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha pul mukofoti beriladi. Shuningdek, g‘oliblar magistraturaga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medalga sazovor bo‘ldi
12 avgust 2022, 17:24

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medalga sazovor bo‘ldi

Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida yana 14 ta — 5 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ellikqal’a tumanidagi YTHda haydovchi vafot etdi
12 avgust 2022, 17:12

Ellikqal’a tumanidagi YTHda haydovchi vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Lacetti va YPXning Nexia 3 avtomobili to‘qnashib ketdi. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda «Oriyonbank» vakolatxonasi ish boshlaydi
12 avgust 2022, 17:02

O‘zbekistonda «Oriyonbank» vakolatxonasi ish boshlaydi

Markaziy bank O‘zbekistonda «Oriyonbank»ning (Tojikiston) vakolatxonasi akkreditatsiya qilinganligi haqida xabar berdi.

O‘zbekistonda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari mavjud
12 avgust 2022, 16:21

O‘zbekistonda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari mavjud

Prezident metallga ketadigan xarajatlar ulushi uy-joy qurilishida 15 foiz, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilayotgani, qolaversa, jahon bozorida metall narxi oshayotganini ta’kidladi. Bosh vazir maslahatchisi Bobir Islomov mamlakatda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga bordi
12 avgust 2022, 15:58

Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga bordi

Prezident Bekoboddagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatidagi qiymati 672 mln yevrolik quyuv prokat majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Uni 2024 yilda ishga tushirish, yiliga 1 mln tonna po‘lat listlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Davlat rahbari korxonani tezroq ishga tushirishni buyurdi.

O‘zbekiston telekanallari efirlarida rejali uzilishlar bo‘ladi
12 avgust 2022, 14:31

O‘zbekiston telekanallari efirlarida rejali uzilishlar bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘ylab profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli 18−25 avgust kunlari asosan tungi vaqtlarda telekanallar efirlarida uzilishlar kuzatiladi. Bu vaqtda abonentlardan tyuner va televizor sozlamalariga tegmaslik so‘ralmoqda.

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi
12 avgust 2022, 13:07

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Tojikistondan umumiy qiymati 17,3 mln dollar bo‘lgan 6,6 ming tonna paxta import qildi. Paxta importi hajmi sement hamda elektr energiyasidan ham ortib ketdi.

Yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘ladi
12 avgust 2022, 12:12

Yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘ladi

Bir necha salqin kechalar va o‘rtacha issiq kunlardan so‘ng, yakshanba kuni harorat yana ko‘tariladi, +39 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Faqat juma kuni kechasi Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi va sel kelishi mumkin.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi
12 avgust 2022, 11:54

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi

1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishiga yetdi. Shuni 2 mln nafardan ortig‘i xorijdagi mehnat migrantlari hisoblanadi. Mamlakatda ishga muhtojlar soni yil boshidagi 1,4 mln kishidan (9,6%) iyunga kelib 1,3 mln kishigacha (8,8%) kamaydi.

Chinoz NQIZ xususiylashtiriladi
12 avgust 2022, 11:10

Chinoz NQIZ xususiylashtiriladi

Davaktiv agentligi “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” hususiylashtirilishi yuzasidan konsultant kompaniyalar uchun tanlov e’lon qildi. Zavodning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi sotiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting