MB 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi — YAIM o‘sishi yiliga 5−5,5% darajasida kutilmoqda, aprel oyida prognoz 3,5−4,5%ni tashkil etdi. Inflyatsiya 12−14% koridorining quyi chegarasi yaqinida prognoz qilinmoqda. Regulyator asosiy stavkani pasaytirish qarorini tushuntirdi.
Senat Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘onada aholi bandligini ta’minlashga doir ishlarni tanqid qildi. Xususan, Buxoroda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bir vaqtda boshqa sohada ham qayd etilib, hisobotda raqamlar orttirib ko‘rsatilgan. O‘tgan yilgi investloyiha ma’lumotlari esa joriy yilda qayta kiritilgan.
Amerika banklari 13 holatda O‘zbekistondagi kompaniyalarning to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi yoki musodara qildi. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zaxidov qaysi hollarda kompaniyalarda tranzaksiyalar bilan muammolar yuzaga kelganini so‘zlab berdi.
MB raisi Mamarizo Nurmuratov o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning o‘rtacha daromadini statistika yordamida aniqlash mezoni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali norasmiy daromad topayotgan shaxslarga kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,15 so‘mga arzonlab, 10 899,85 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi va rubl kurslari ham pasaydi.
Toshkent shahri va viloyatining ko‘plab hududlarida elektr ta’minotida nosozliklar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi bu anomal issiq tufayli transformatorlarga yuklama ortishi oqibatida yuz berayotganini ma’lum qildi. Bloger Shahnoza Soatova esa yuklamalarga yangi qurilgan uylar sabab bo‘layotganini aytmoqda.
Mashhur sa’natkor Otabek Mahkamov o‘zining YouTube kanalidagi lavhasida uch yil ichida Toshkentda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistondagi sammitda Markaziy Osiyo tinchligi va barqarorligi o‘zaro hamjihatlik, mintaqa umumiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligiga bog‘liqligini ta’kidladi. Prezident iqtisodiy, ekologik va gumanitar sohalarda qator tashabbuslarni ham ilgari surdi.
Chust tumanidagi “Abdumalik” masjidi Madaniy meros inspeksiyasidan hokimiyat balansiga o‘kazilib, tadbirkorga 61 mln so‘mga sotilgani aniqlandi. Tuman hokimi qaroriga ko‘ra, obyekt tusi o‘zgartirilgan va unga 806,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Hokimiyat mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston hukumati 15 iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 15 foizga tushirdi.
Adliya vaziri haydovchilik guvohnomasini almashtirishni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur xizmatni ko‘rsatish uchun guvohnomadagi haydovchi imzosini olib tashlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Kechasi Toshkent-O‘sh yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketdi. Natijada yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida ikki transport vositasidagi to‘rt kishi vafot etgan. Yong‘in vaqtida ham halok bo‘lganlar bo‘lishi mumkin (yangilandi).
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi oldidan Shavkat Mirziyoyev, Qasim-Jomart Tokayev va Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bir yil ichida yoshga doir pensiyani murojaatsiz tayinlash tizimi yaratilishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda sudlarda pensiyaga doir juda ko‘plab nizolar mavjud. «Har qanday noaniqliklar pensiya oluvchining foydasiga talqin qilinishi kerak», — dedi u.
Chorshanba kuni kechqurun parlament prezidentning Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat tartibini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ketma-ket ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi hal qiluvchi bahsda Eron ayollar MTJsini 1:0 hisobida mag‘lub etdi — foto, video.
Qoraqalpog‘istonda tugatilgan favqulodda holat, oltin-valyuta zaxiralari oshgan O‘zbekiston, chet tilidan ijodiy imtihon sanalari, daraxtga osilgan holda topilgan ohangaronlik erkak, psixotrop moddalarni ko‘p iste’mol qilayotgan yoshlar, Nukusdagi o‘lik itlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21 iyuldan tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting