Toshkentda 28 yoshli ayol salkam bir oylik chaqalog‘ini 35 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Sirdaryoda esa 29 yoshli ayol 4 yoshli farzandini 16 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Senat «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. U 2006 yildan beri amalda bo‘lgan qonunni almashtiradi. Qonun soliq maslahati xizmati turlarini kengaytirish va soliq maslahatchilariga bir qator huquqlarni berishni nazarda tutmoqda.
Vengriyada o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirda o‘zbekistonlik Shoxruh Baxtiyorov (bronza) va Rahimjon Subxonov (kumush) medallarga ega chiqdi.
O‘nlab turdagi salqin shirinliklar, tanlovlar, tomoshalar, konsertlar va sovg‘alarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli uch kunlik bayram mehmonlarni kutmoqda.
O‘zbekiston shaharlari tobora o‘sib, hududlarni egallab bormoqda. Xususiy uylarda yashovchi aholi zichligining pastligi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi hisobiga ta’minlanib, aholi farovonligiga tahdid solmoqda. O‘zbekiston shaharlari nima uchun noto‘g‘ri o‘sib borayotgani — Jahon banki hisoboti sharhida.
Oliy ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytirilishini ma’lum qildi. Vaziyat hukumat tomonidan nazoratga olingan, qabul sanasi esa tez orada SMS-xabarnoma hamda telekanallar orqali yetkaziladi.
Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘istonda namoyishchilar tomonidan to‘xtatilgan BTR maxsus texnikasi ichida bo‘lgan harbiylarning intervyusini e’lon qildi. Ular o‘shanda kaltaklangandi. Askarlar o‘sha kuni qurol ishlatish mumkin emasligi to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunishganini so‘zlab berishdi.
Xalq bilan muloqot qilinganda Nukus voqeasining oldini olish mumkin edi, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda yongan olovni o‘chirdi, namoyishlarda jabrlanganlarga yordam beriladi, O‘zbekiston tarixida o‘sha kunlar o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi — «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida qanday fikrlar bildirildi?
“MEDIAPARK” tashkil topganining yetti yilligi munosabati bilan kompaniya konkurs e’lon qildi. Ushbu konkurs orqali 15 mln so‘mgacha bo‘lgan maishiy texnika xarid qilish uchun sertifikat yutib olish mumkin.
Olxo‘ri va bezeli pirog, krambl, brauni-chizkeyk, olxo‘ri solib pishirilgan shokoladli pirog, tvorogli galeta — Zira.uz turli xil mazali olxo‘rili pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Ishdan ketgan prezident Administratsiyasi rahbari, Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan hibsga olinganlar, Sindzo Abe vafotiga hamdardlik bildirgan Shavkat Mirziyoyev, hayit kuni masjidga yetib olish uchun maxsus avtobuslar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 8 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Import qiluvchilar tomonidan yuqori oktanli avtobenzinning chetdan keltirishi kamayishi natijasida, Ai-80 rusumli avtobenzinga bo‘lgan talab ortmoqda, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz».
Nodir metallarni qazib olish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan «Yangi Kon» kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, uran qazib olish va zaxiralarini ikki baravar oshirish belgilandi. Yerosti suvlaridan samarasiz foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Chimkentda qotillik sodir etgani uchun qariyb 20 yildan beri qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14−30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin. Bunda kompensatsiya miqdori sertifikatning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kompensatsiya olish uchun arizalarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuborish kerak.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi Ilyor Xo‘jayev kasallik tufayli 45 yoshida vafot etdi. U ushbu lavozimda 2016 yildan beri ishlayotgan edi.
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston polvonlari terma jamoa hisobiga yana ikkita bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.
Prezident qaroriga ko‘ra, yil oxirigacha Qoraqalpog‘istonda uzoq masofadagi 34 mahallada tibbiyot punktlari tashkil etiladi. Respublikada 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi quriladi, Nukusda og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan xospis tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito va bosh vaziri Fumio Kisidaga mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafoti munosabati bilan hamdarlik bildirdi. Abega 8 iyul kuni Nara shahridagi chiqishi vaqtida suiqasd qilinib, keyinroq u shifoxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting