O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +26…+29 darajagacha isishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.
Metropolitenning Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan 2 ta bekatida qurilish ishlari tugatiladi. Yangi bekatlarni eskisiga bog‘lash ishlari sabab 3−5-noyabr kunlari “Tolariq”, “Xonobod” va “Quruvchilar” bekatlari yopiladi. Uning o‘rniga bepul avtobuslar harakatlanadi.
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Elchixona 2022-yilda ochilgan edi.
O‘zbekiston prezidenti tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida hokimlar almashtirildi.
Qidiruvga berilgan “biznes-trener” Islom Ibrohimov, jarimaga tortilgan 16 ta bank, Samarqandda ochilgan UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi, O‘zbekistonga keladigan Fransiya prezidenti, 6 ta mashina ishtirokidagi ayanchli YTH va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bir necha oy ichida Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda hujjat loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va tashkilot hududida soddalashtirilgan oziq-ovqat harakatini ta’minlash bo‘yicha yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1 va 2-noyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif dasturidan iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport infratuzilmasi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qilish o‘rin olgan.
Markaziy bank kelgusi yillarda pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirishda imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish va bozor tamoyillari asosida shakllanuvchi foiz stavkalariga o‘tish borasida choralarni davom ettirishini bildirdi.
O‘zbekiston Markaziy banki 16 ta bankni mijozlarga kredit va omonatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor etmagani uchun jarimaga tortdi.
Senatning 46-yalpi majlisi 27-oktabr kuni o‘tkaziladi. Unda “Probatsiya to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Markaziy bank bir nechta omilni inobatga olib, 2 ta ssenariy asosida keyingi yillarda makroiqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri asosiy ssenariyda 2025-yilning ikkinchi yarmiga, muqobil ssenariyda 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Dunyo miqyosida mojarolar, ta’qiblar va inson huquqlari buzilishi tufayli uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganlar soni 114 millionga yetdi. BMT asosiy sabablar sifatida Ukrainadagi urush, bir qator Afrika mamlakatlaridagi mojarolar va Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni ko‘rsatdi.
Senat qo‘mitasida kiberjinoyatlar, xususan, dipfeykka qarshi javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilindi. Noqonuniy mayning faoliyati uchun ham jazo kuchaytiriladi.
Samarqand shahrida turizm tashkilotlari va ekspertlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi UNWTO tematik ofisi hamda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Muassasa Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasi asosida ishlab chiqilgan.
Doim o‘zgarib turuvchi go‘zal Dubay tilga olgandan ko‘ra ko‘proq faol ko‘ngilochar hordiqlarni taklif etadi. Visit Dubai ushbu ajoyib kurortda nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni tuzdi. U sayyohlarga shaharga takror borganinlarida ham asqotishi mumkin.
Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchi sifatida ishlagan.
Humo Air loukosteri 2024-yil boshiga qadar to‘rtta Airbus 320/321 layneriga ega bo‘ladi. Aviakompaniya Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va Termizga kunlik muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Kelgusi yilda xalqaro yo‘nalishlarda muntazam reyslarni amalga oshirish rejasi ham bor.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting